QUYOSH NURIDA CHINIQTIRISH, Oftobga kam olib chiqiladigan bolalarda ko`pincha raxit yoki boshqa infektsion kasalliklar uchrab turadi. XIX-XX asrlardayoq olimlarning tekshirish ishlari raxit va boshqa kasalliklarni davolashda kuyosh nurining axamiyatli eqanligini ko`rsatib berdi. Odam va hayvonlar terisida vitamin D ning hosil bo`lishida ul’trabinafsha nurlarining ahamiyati borligi ham isbot etilgan.
Quyosh nuri ta`sirida, teriga qon kelishi kuchayadi. Natijada terida pigment moddalari to`planib boradi. Teri jigar rang to`sga kirib, ul’trabinafsha nurlari birmuncha chuqurroq qatlamdagi hujayralarga o`tkazmay qo`yadi.
Quyosh vannalaridan ehtiyot bo`lib, bilgan holda foydalanish kerak. Vannalarni ovqatlangandan so`ng 40-50 minut o`tgandan sung qabul qilish lozim. O`zbekiston sharoitida Quyosh vannalarini ertalab soat 9-10 gacha soya joyda havo temperaturasi kamida 20-22 °S va ko`pi bilan 32 °S, nisbiy namligi 55-60 % bo`lishi kerak. Quyosh vannalari olinayotganda bolalar oyoqlarini kuyoshga tomon o`zatib yoyishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |