Stafilokokklardan zaharlanish. Terisiga yara chiqqan, angina, bilan og`rigan kishilar infektsiya tashuvchi bo`ladilar. Odamning tomog`ida, burun shilliq qavatida, terida, ichagida kasallik mikroblari bo`ladi. Bu mikroblar sut, baliq, mahsulotlarida, sabzavotlarda bo`ladi. Bunda odam qo`sadi, qorinda og`riq paydo bo`ladi, harorat ko`tariladi.
Dizentiriya, dizentiriya tayokchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo`l orqali o`tadi va nihoyatda yuqumli hisoblanadi. Bola tez suv yo`qotadi, harorat ko`tariladi, ich ketadi va ba`zida qon aralash bo`ladi. Bakteriyasiz zaharlanishga qo`ziqorindan, qo`rg`oshindan, bodom, o`rik, olxo`ri, shaftoli danagidan zaharlanish kiradi.
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun maxsulotlarni to`g`ri saqlash, sanitariya-gigiena, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: |