O‘quv stol-stul (parta)lariga gigiyenik talab. O`quv stol va stul (parta)lari quyidagi 3 ta gigiyenik talabga javob berishi zarur:
1.O‘quvchining bo‘yiga mos bo‘lsin.
2.O‘quvchining o‘quv-yozuv mashg‘ulotlarini bajarishi uchun qulay bo‘lsin.
3.O‘quvchi organizmining normal o‘sishi va rivojlanishiga zarar yetkazmasin.
Stol va stullarning kerakli guruhini aniqlash qulay bo‘lishi uchun, ularga rangli bo‘yoqlar bilan belgi qo‘yiladi (markirovka qilinadi).Buning uchun stolning ikkala yon tomoniga va o‘tirg‘ichning pastki yuzasiga 2 sm uzunlikda va kenglikda A guruh stol va stullariga sariq, B guruhga-qizil, V guruhga-havorang, G guruhga- yashil, D guruhga – oq rangli belgi qo‘yiladi.
O‘quv stol-stullarining guruhlari.
Stol-stul guruhlari
|
O`quvchining bo`yi (sm)
|
Stolning balandligi (sm)
|
Stulning balandligi (sm)
|
Rangli belgilari
(markirovka)
|
A
|
130-sm gacha
|
54 sm
|
32 sm
|
Sariq
|
B
|
131-145 sm
|
60 sm
|
36 sm
|
Qizil
|
V
|
146-160 sm
|
66 sm
|
40 sm
|
Havorang
|
G
|
161-175 sm
|
72 sm
|
44 sm
|
Yashil
|
D
|
176 va bundan baland
|
78 sm
|
48 sm
|
Oq
|
Agar maktabdagi o`quv stol-stullari va partalarining guruhlari belgilanmagan, ya`ni markirovka qilinmagan bo`lsa, jadvalda ko`rsatilgan raqamlar bo`yicha ularning balandligini santimetr lenta yordamida o`lchab, rangli belgilar qo`yish (markirovka qilish) lozim.
Sinf doskasi. Doskaning uzunligi 3 metr, kengligi 1,2 metr bo`ladi. Boshlang`ich sinflarda doskaning pastki qirrasini poldan balandligi 85 sm, o`rta va yuqori sinflarda -95 sm bo`ladi.Doska och yashil rangli, chizmachilik xonasida-qora rangli bo`yoq bilan buyaladi.
Keyingi yillarda ikki tomoni ochilib-yopiladigan, o`rtasi esa kino va diafilm ko`rsatish uchun moslashtirilgan sinf doskalari ishlab chiqarilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |