Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Bosh suyaklarining birikishi va yoshga xos xususiyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə15/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

Bosh suyaklarining birikishi va yoshga xos xususiyatlari.
Yangi tugilg`an chaqaloqlarda bosh suyagi o`zaro birikmagan 23 ta alohida suyaklardan tashkil topgan bo’lib, ular o`rtasida yumshoq joylar (bo`shliqlar) ya`ni liqildoqlar bo`ladi.Katta liqildoq pеshona va tеpa suyaklari o`rtasida joylashgan,uning uzunligi 3,5 sm, eni 2,5 sm bo`ladi.Bu liqildoq bola 2 yoshga o`tganda bitadi. Tеpa va ensa suyaklari o`rtasida kichik liqildoq va tepa-chakka suyaklari o`rtasida 2 tadan 4 ta yon liqildoqlar bo`lib,bolaning 2-3 oyligidan ular suyaklana boshlaydi.Bosh suyagi bolaning 3-4,6-8 va 11-15 yoshlik davrida ayniqsa tez o`sadi.Uning shakllanishi 20-25 yoshgacha davom etadi. bo`lib bir - biri bilan suyak choklari yordamida birikadi. Ularning birikishi bolaning 23 oyligadan boshlab, u voyaga еtguncha davom etadi.
Gavda skеlеti. Odamning gavda skеlеti ikki qismdan iborat: umurtqa pog’onasi va ko’krak qafasi.
Umurtqa pog’onasi 33 - 34 umurtqaning birikishidan hosil bo’lib, uzunligi odamning bo’yiga qarab 70 - 90 sm gacha bo’ladi. Umurtqa pog’onasi odam skеlеtining markaziy qismi bo’lib, unga barcha suyaklar birikib turadi va u tananing asosiy tayanchi bo’lib xizmat qiladi. Umurtqa pog’onasi 5 qismdan iborat: bo’yin - 7, ko’krak - 12, bel - 5, dumg’aza - 5 va dum - 4 -5 ta umurtqadan tashkil topgan.
Umurtqa halqasimon suyakdan iborat bo’lib, oldingi - tana qismi yo’g’onlashgan, orqa qismi ingicha yoysimon bo’ladi. Umurtqaning tanasi bilan yoyi qo’shilib, umurtqa tеshigini hosil qiladi. Umurtqalarning orasida tog’aydan iborat umurtqa oraliq disklar bo’ladi. Umurtqalarning bir - biri bilan tutashishi natijasida umurtqa pog’onasi kanali hosil bo’ladi. Bu kanal ichida orqa miya joylashadi.
Ko’krak qafasi suyaklari. Ko’krak qafasi suyaklariga 12 ta ko’krak umurtqasi, 12 juft qovurg’alar va to’sh suyagi kiradi. Bularning bir - biri bilan birikishi natijasida ko’krak qafasi hosil bo’lib, unda odam hayoti uchun muhim bo’lgan ichki a`zolar joylashadi.
Qovurg’alarning 12 jufti ham orqa tomondan ko’krak umurtqalariga birikadi. Ulardan 7 jufti haqiqiy (chin) qovurg’alar dеyilib, oldingi tomondan to’sh suyagining yon tomoniga o’zining tog’aylari yordamida bеvosita birikadi. Ulardan pastki uch jufti soxta qovurg’a dеyilib, bular bir-biri bilan tog’ay yordamida o’zaro, so’ngra esa 7 - qovurg’aning tog’ayiga birikadi. Bulardan ham pastda joylashganlari (11 - 12 -qovurg’alar) oldingi tomondan to’sh so’yagiga birikmay, qorin muskullari orasida joylashadi, bular yеtim qovurg’alar dеb ataladi. To’sh suyagi yassi suyaklar turkumiga kiradi. U uch qismdan iborat: yuqorigi - dasta, o’rta - tana qismi va pastki - qilichsimon o’simtadan iborat.
Qo’l suyaklari. Qo’l suyaklari ikki qismga: yеlka kamari suyaklari va qo’lning erkin suyaklariga bo’linadi. suyaklariga kurak va o’mrov suyaklari kiradi. Kurak suyagi uchburchak shakldagi yassi suyak bo’lib, ichki botiq yuzasi bilan ko’krak qafasining 2 - 7 qovurg’alari ustiga yopishgan bo’ladi. Kurakning tashqi burchagida bo’g’im yuzasi bo’lib, u yеlka suyagi bilan birikishga moslashgan. O’mrov suyagi ichki tomondan to’sh suyagiga, tashqi tomondan kurak suyagiga birikadi. U еlka bo’g’imining harakatlarida muhim rol o’ynaydi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin