Himoya reflekslari, ya’ni tashqi muhitning noqulay omillaridan himoya qiluvchi reflekslar. Masalan, qo’lini olovdan tortib olish refleksi, sovuqdan titrash refleksi, kuchli yorug’da ko’zni yumish refleksi va boshqalar.
Chamalash reflekslari: har qanday noma’lum ta’sirlovchiga nisbatan bo’ladigan reflekslardir. Yangi va kutilmagan ta’sirlovchi har kimning diqqatini o’ziga jalb qiladi. Notanish odamni ko’rganda bolada ehtiyotkorona harakatlar paydo bo’ladi. I.P. Pavlov fikricha, bu refleks tashqi dunyoni bilishda ham katta ahamiyatga ega. Bu reflekslar tashqi muxitga moslanishni osonlashtiradi.
O’yin reflekslaribolalarda juda yaxshi ifodalangan va moslashuv ahamiyatiga ega. O’yin reflekslari yosh bolalarda, ular 3- 6 oylik bo’lishi bilan paydo bo’la boshlaydi. Pedagog va tarbiyachilar o’yin reflekslari asosida juda ko’p shartli reflekslar va foydali malakalarni shakllantirishlari mumkin. Yuqorida ko’rib o’tilganlardan tashqari jinsiy, tananing fazoda siljishini, muvozanatini ta’minlovchi hamda gomeostaz shartsiz reflekslari ham mavjud bo’lib, ular hayotchanlikni saqlashda alohida ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda shartsiz reflekslarni harakatlarning murakkabligiga qarab quyidagilarga ajratish tavsiya qilinadi:
a) elementar shartsiz reflekslar, bularga eng oddiy spinal reflekslar kiradi;
b) koordinatsiyalovchi shartsiz reflekslar oyoq- qo’lda ish bajarishdagi avtomatik reflekslar, masalan, yurish, suzish, velosiped minish kabi harakatlarni o’z ichiga oladi,
d) integrative shartsiz reflekslar tana harakatini vegetativ a’zolarning faoliyatiga muvofiqlashtiruvchi reflekslardir, masalan, yugurganda yurak urishi, yurakning sistolik va daqiqalik hajmlari, nafas olishning o’zgarishi, o’pka ventilyatsiyasi va boshqa fiziologik ko’rsatkichlarning funksional kelishilgan holda o’zgarishi;
e) mo’ljal shartsiz reflekslar, ya’ni yangi sharoitda harakat natijasida hosil bo’luvchi harakatlar. I.P.Pavlov bu reflekslarni «bu nima» refleksi deb, uning mohiyati yangi narsa va hodisalarni anglashga qaratilgan deb izoh bergan edi.
Retseptorlarning joylashuviga qarab eksteroretseptiv, iiteroretseptiv va proprioretseptiv shartsiz reflekslar farqlanadi. Eksteroretseptiv reflekslarning retseptorlari tananing sathida, iiteroretseptiv reflekslarning retseptorlari ichki a’zolarda va proprioretseptiv reflekslarning retseptorlari muskul va paylarda joylashgan.
Undan tashqari, shartsiz reflekslar o’zining fiziologik tasnifiga qarab