Xotira. Ko’rilgan, eshitilgan va o’qilgan narsa - hodisalarni idrok qilish, esda saqlash va kerak paytda esga olish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarning hammasiga xotira deyiladi. Axborotning yig’ilishi miyada bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Eslab qolish muddati bo’yicha xotira, asosan, ikki xil-qisqa va uzoq muddatli xotiralarga bo’ladi. Esdan chiqish-xotiraga qarama-qarshi, fiziologik jihatdan juda muhim jarayondir. Chunki hamma kurgan narsani eslab qolish maqsadga muvofiq emas. Albatta, esdan chiqarish ba’zida ijobiy rol o’ynaydi (masalan har xil janjallarni, kelishmovchiliklarni esdan chiqarish) ba’zida esa salbiy (ishning ma’lum bir tafsilotlarini, qarindoshlarning tug’ilgan kunlarini, yodlagan qoidalarni esdan chiqarish).
Qisqa muddatli xotira.Qisqa muddatli xotira bizning ish holatdagi xotiramiz, u bevosita ishlayotgan paytda atrofimizdagi axborotni qabul qilishda ishtirok etadi. Misol uchun telefon raqamini terayotganda, masalalarni yechayotganda sonlarni esda saqlash, o’qituvchilarda daftar tekshirish vaqtidagi xatolarni esda saqlash. Qisqa muddatli xotira-bir zumga diqqatni o’ziga tortib olish bilan bog’liq bo’lgan jarayon.
Agar qisqa muddatli xotiradagi axborot uzoq muddatli xotira mexanizmlarga uzatilmasa u tez o’chadi.
Qisqa muddatli xotira sensor va operativ xotiradan iborat. Sensor xotira bir necha soniya davomida saqlanib turadi xolos. Sensor xotira sezgi tizimlaridan- analizatorlardan miyaga yetib borgan axborotni ushlab turishdan hosil bo’ladi. Masalan, bir daqiqa davomida to’qqizta harf ko’rsatilsa, odamlar o’sha paytda ulardan to’qqiztasini aytib berishlari mumkin. Biror narsani ko’rsak, uni o’sha paytda umumiy ko’rinishda tasavvur etishimiz mumkin. Xotiraning shunday xili ikonik yoki fotografik xotira deb ataladi. Hozir eshitilgan narsani qaytarish exoik xotiraga misoldir.
Mavzu bo`yicha savollar:
1.Oliy nerv faoliyati asab tizimining qaysi qismi bilan bog`liq?
2. Oliy nerv faoliyatining qanday turlari bor?
3. Xotiraning qanday turlari bor?
4. Nutq va unung rivojlanishida qanday omillar muhim ahamiyatga ega?
5. Birinchi va ikkinch signal tizimlari deganda nimani tushunasiz?
6. Uyqu va uning mexanizmini ta`riflang.
7. Uyqu gigiyenasida yoshga xos xususiyatlarni izohlang.