Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Oliy nerv faoliyatining neyrodinamik tiplari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə38/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

Oliy nerv faoliyatining neyrodinamik tiplari. Oliy nerv faoliyati tiplari haqidagi ta’limot ta’lim va tarbiya nazariy masalalarini shakllantirish uchun alohida ahamiyatga ega. Bolalardagi nerv tizimi xususiyatlari uning oliy nerv faoliyati asosidir. Nerv tizimining individual xossalari irsiyat va hayot tajr'ibasiga bog’liq. Bir xil sharoitda bolalarning shartli reflektor faoliyati odatda har xil bo’ladi.
I.P. Pavlov hayvonlardagi ko’p yillik tajribalar asosida shartli reflektor faoliyatini kuzatib nerv faoliyatining uydagi neyrodinamik tiplarini ajratdi. Bunday ajratish markaziy nerv tizimidagi ikkita jarayon: qo’zg’alish va tormozlanishlarning xususiyatlari asosida bo’ldi.
Nerv tizimidagi qo’zg’alish va tormozlanish o’rtasidagi uchta asosiy belgilari:
1) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi;
2) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati;
3) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining harakatchanligi oliy nerv faoliyati tipini shakllantirishida yetakchi rolini o’ynadi.
Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi nerv hujayralarining ish qobiliyatiga bog’liq. Kuchsiz nerv jarayonlari kuchli va davomli nerv yuklamalarga chidamli emas. Bunda hujayralarning ish qobiliyati yuqori emasdir. Kuchli nerv hujayralarining ish qobiliyati juda ham katta.
Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati ularning nisbati bilan belgilanadi. Ba’zan ikkala jarayonlardan bittasi (qo’zg’alish yoki tormozlanish) ustunroq bo’ladi. Ba’zan ular ikkalasi muvozanatlangan bo’ladi.
Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining harakatchanligi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining paydo bo’lish tezligi va qo’zg’alish holatdan tormozlanish holatiga va, aksincha, tormozlanish holatidan qo’zg’alish holatiga o’tish tezligi bilan belgilanadi. Demak, nerv jarayonlari juda ham harakatchan va inert bo’lishi mumkin.
Turli odamlarda yuqorida ko’rsatilgan xossalarning nisbati turlicha bo’ladi va ular inson oliy nerv faoliyatining tipilarni belgilaydi. Oliy nerv faoliyatining asosiy ko’rinishlari irsiy belgilar va individumning o’sish va rivojlanish sharoiti bilan bog’liq.
Shunday qilib, oliy nerv faoliyatining tipi deganda nerv tizimining xossalari, irsiy dasturi va tarbiyalanish sharoiti bilan bog’liq bo’lgan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Asosiy nerv xossalarining tasnifi asosida odamlarda oliy nerv faoliyatining xilma-xilligini ko’rishimiz mumkin. I.P.Pavlov tasniflanishi asosida oliy nerv faoliyatining quyidagi tiplarni ajratdi:
1) kuchli muvozanatlangan harakatchan (labil);
2) kuchli muvozanatlangan inert;
3) kuchli muvozanatlashmagan;
4) kuchsiz.
Kuchli muvozanatlangan harakatchan (labil) tip. Nerv hujayralarining yuqori qo’zg’aluvchanligi, ularning harakatchanligi va muvozanatlanganligi bilan izohlanadi.
Kuchli muvozanatlangan inert tip. Nerv jarayonlarining kuchli bo’lishi va ularning harakatchanligi uncha yuqori emasligi bilan ta’riflanadi.
Kuchli muvozanatlashmagan tip. Nerv jarayonlarining kuchli bo’lishi bilan va qo’zg’alish tormozlanishdan ustun bo’lishi (ularning muvozanatlashmaganligi) bilan tasniflanadi.
Kuchsiz tip nerv hujayralarining sust ish qobiliyati va, demak, nerv jarayonlarining kuchsizligi bilan tasniflanadi,
Aytib o’tilgan oliy nerv faoliyatining tasniflanishi nisbiydir, chunki ko’pincha turli tiplar birgalikda bo’ladi va ulardan bitta- ikkitasi ustunroq bo’lishi mumkin. Oliy nerv faoliyati tiplarini belgilash hozirgi zamon fiziologiyasida 30 dan ortiq bo’lgan ko’rsatkichlar asosida amalga oshadi.
I.P. Pavlov ko’rsatib o’tgan to’rtta tipi yunon olimi Gippokrat tomonidan aniqlagan to’rtta temperamentga mos keladi. Gippokrat organizmdagi turli biologik suyuqliklarning miqdori turlicha bo’lganligi uchun odam temperamentini 4 ta guruhga bo’lish mumkinligini ko’rsatdi. Gippokratni fikricha:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin