Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə36/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

Ichki (shartli) tormozlanish shartli reflekslarning fiziologik asoslari o’zgarishi natijasida paydo bo’ladi. Buni ishlab chiqarish uchun ma’lum vaqt zarur. Bu tormozlanish organizmning hayotiy faoliyati davrida paydo bo’ladi. SHu tufayli shartli reflekslarning tormozlanishi vaqtinchalik hayot uchun zarur paytlardagina ishlatiladi yoki to’xtatib turiladi.
Ichki shartli tormozlanish quyidagilarga: so’nuvchi tormozlanish, differentsiyalashgan tormozlanish, shartli va kechikuvchi tormozlanishlarga bo’linadi.
So’nuvchi tormozlanish. Bu tormozlanish itda shartli refleksdagi mustahkamlovchi omil qo’llanilmaganligi tufayli kelib chiqadi. So’lak ajralish reflekslarini hosil qilgandan keyin uni mahkamlaydigan omilni (go’shtni) bermaslik tufayli asta- sekinlik bilan so’lak ajralish refleksining tormozlanishi sodir bo’ladi. Bu paytda refleks tag-tubi bilan yo’qolib ketmaydi, u so’nadi va tegishli sharoit yaratilganda, refleksii qayta tiklash mumkin. Qiziqarli dare o’tadigan o’qituvchi darega tayyorgarliksiz kela boshlasa, bolalarda qiziqish yo’qola boradi. «Esdan chiqish» fenomenining asosida ham, ko’pchilik fiziologlar fikricha, so’nuvchi tormozlanish jarayonlari yotadi.
Differentsiyalashgan tormozlanish (farqlash). Odam uchun tormozlanishning bu xili ayniqsa katta ahamiyatga ega, chunki u o’qitish va tarbiyalash asosida yotadi. Bolada turli tovushlarni, so’zlarni anglash, qarindoshlarni ajratish va, umuman, turli signallarni farqlash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat differentsiyalashgan tormozlanish bilan bog’liqdir.
Farqlash bilan bog’liq bo’lgan tormozlanishning xillari bola va o’smirlarning o’qish imkoniyatlarini belgilaydi. Itlarning har xil hidlarni bir- biridan farqlashi ushbu tormozlanish tufayli ro’y beradi. Hayvonlarda ellipeni doiradan, uchburchakni to’rtburchakdan farqlash reflekslarini hosil qilish mumkin.
Shartli tormoz. Bu tormozlanish mohiyati jihatdan differentsiyalashgan tormozlanishga yaqin. Bu refleks mustahkamlanuvchi ta’sirga indiferent bo’lgan boshqa bir ta’sirning qo’shilib ketib, mustahkamlanmasligidan vujudga keladi. Masalan, darelar qiziqarsiz bo’lib, hech qanday ko’rgazma qurollarsiz, bir xil qolipda o’tilsa, hatto o’qishga qiziqadigan bolalarda ham bunday darelarga nisbatan qiziqish so’nadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin