Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə79/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

Jigar sirrozi - jigarning surunkali rivojlanib boradigan kasalligi; bunda jigar to‘qimasi yallig‘lanib, uning bir qismi biriktiruvchi to‘qima bilan almashinadi. Jigarning o‘tkir yallig‘lanishi - gepatitda, uning B, C, D shakllarida, o‘tkir gepatit surunkali gepatitga aylanayotganda, bezgak, sil, zaxm, brutsellyoz kabi yuqumli kasalliklarda, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarining surunkali yallig‘lanishida, turli kimyoviy moddalardan muntazam zaharlanishda, shuningdek, alkogolizmda va b. sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi.
Jigar sirrozi — sekin rivojlanadigan surunkali kasallik. U turlicha namoyon bo‘ladi, bu esa xastalikning qaysi shaklida kechishi hamda davriga bog‘liq;
Jigar tekshirilganda uning qattiqlashgani va funksiyasining buzilganligi aniqlansa ham bemor uzoq vaqt hech qanday xastalik alomatini sezmay yurishi mumkin. Kasallik zo‘rayganda darmonsizlik, ozish, ishtahaning yo’qolishi, kekirish, ko‘ngli aynishi, ba'zan qusish, ichi ketishi yoki qotishi, qorni dam bo‘lishi, tana haroratining ko‘tarilishi, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planib ko‘tarilishi (istisqo), burni qonashi mumkin.
Bundan tashqari bemor badani qichishadi, ba'zan sarg‘ayadi, kamqonlik avjiga chiqadi, jigari va ayniqsa talog‘i kattalashadi va qattiqlashadi.
Davolovchi vrach tavsiyasi bilan uzoq vaqt davolanadi, kasallik zo‘rayganda bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak. Parhyezga qat'iy rioya qilishning ahamiyati katta. Bemorga, asosan, yengil hazm bo‘ladigan, qand, oqsil va vitaminlar (ayniqsa, B guruh va C vitamin) ga boy sutli va o‘simlik ovqatlar beriladi.
Tvorog (oson hazm bo‘ladigan oqsillarga ega), yog‘siz go‘sht, baliq, shuningdek, ozgina sariyog‘ bilan qaymoq yoki smetana iste'mol qilish mumkin; spirtli ichimliklar ichish qatiy taqiqlanadi.
Jigar sirrozining avj olishiga yo‘l qo‘ymaydigan dorilar buyuriladi. Jigar sirrozini davolashda avvalo unga sabab bo‘ladigan omillarni bartaraf etish lozim. Jigar sirroziga olib kelgan infeksiya aniqlansa, uni tugatish choralari ko‘riladi. Jigar sirrozining oldini olish uchun mehnat va turmush sharoitini sog‘lomlashtirish, alkogolizmga qarshi kurash olib borish kerak.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin