Yosh ijodkor va tilshunoslar


BAYONNОMASI 24-may 2023-yil Urganch shahri Qatnashdilar



Yüklə 33,31 Mb.
səhifə13/17
tarix14.12.2023
ölçüsü33,31 Mb.
#178270
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
to\'garak bayonnomalar

BAYONNОMASI

24-may 2023-yil Urganch shahri


Qatnashdilar: to‘garak rahbari M. Matquliyeva, kafedra o‘qituvchisi N.Yakubova 1- kurs talabalari (jami 25 nafar).
KUN TARTIBI:
Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asarga annotatsiya tayyorlash
ESHITILDI:
Umumiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Yakubova so‘zga chiqdi va sohaga oid ixtiyoriy ilmiy mavzuda ilmiy asarga annotatsiya tayyorlash yo‘-yo‘riqlari xususida gapirdi. N.Yakubova dastlab talabalarga annotatsiya qanday yozilishi haqida ma’lumot berdi. Jumladan, Annotatsiya (lotincha: annotatio – „qayd“) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy tasavvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir. Аnnоtаtsiya – bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqахаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi.
Annotasiyani tuzishga qo'yiladigan asosiy talablar:
1. Kompozitsiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya tusiga bog’liq bo’ladi.
3. Tili lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertatiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. O’rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.
Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi.
Shuningdek, N.Yakubova o‘z so‘zida annotatsiya yozish o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni ongli qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yarata olishini, muhimi, keltirilgan fakt va dalillarning o‘rinli qo‘llanishida ekanligini uqtirdi. Mashg‘ulot yakunida talabalar tomonidan yozilgan badiiy asar annotatsiyalarga o‘z tavsiyalarini berdi.

Yüklə 33,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin