YoSh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘Shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Yüklə 18,88 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü18,88 Kb.
#163351
1   2
Yosh oila

Oldingi tahrirga qarang.
Respublika “Mahalla” jamg‘armasi bilan kelishgan holda “Mehribonlik” uylarining 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta nikohga kirayotgan barcha bitiruvchilariga yosh oila tashkil etilishi munosabati bilan to‘y sovg‘asini — mahalliy budjetlar va xayr-ehson qiluvchilarning mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan, mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarilgan yotoqxona mebeli to‘plamini doimiy asosda bersinlar.
(3-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 94-modda)
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachilar etib belgilansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
kvartiralar umumiy qiymatining 75 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordagi ipoteka kreditlari ehtiyojmand yosh oilalarga hududiy komissiyalarning tavsiyalari asosida uy-joy qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal ariza beruvchilar tomonidan maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgandan keyin 15 yil muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi;
imtiyozli davr mobaynida boshlang‘ich badalning 25 foizini, ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni to‘lash, shuningdek oila a’zolaridan biri “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanib chiqqan va birkitilgan turar joyga ega bo‘lmagan yosh oilalar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yotoqxona mebeli to‘plamini sotib olish, belgilangan tartibda, maqsadli transfertlar ajratish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
yosh oilalarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni, shu jumladan mebellar, maishiy texnika va uzoq muddat foydalaniladigan boshqa hayotiy muhim tovarlarni sotib olish uchun kreditlar 3 yilgacha bo‘lgan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha hajmda, 2020-yil 31-dekabrgacha — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
bir oy muddatda — uy-joylar qurish sohasida loyihalashtirish tajribasiga ega bo‘lgan, tanlab olingan loyihalash institutlari bilan birgalikda 2 va 3 xonali kvartiralardan iborat bo‘ladigan ko‘p kvartirali ekonom-klass uy-joylarning namunaviy loyihalari, shuningdek qurilishi tugallanmagan va foydalanilmayotgan uy-joy obyektlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha kam chiqimli loyihalar ishlab chiqilishini;
loyihalar taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda — ushbu qarorda nazarda tutilgan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini;
keyinchalik qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik hamda sanitariya norma va qoidalariga, tasdiqlangan bosh rejalarga va hududlarning arxitektura-rejalashtirilishini tashkil etish loyihalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. Shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachilar:
ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda tanlov savdolari o‘tkazilishini hamda qurilishi yangidan boshlanayotgan uy-joylar va qurilishi tugallanmagan obyektlarni 2012-2013-yillarda rekonstruksiya qilish bo‘yicha pudratchilar aniqlanishini qurilishlarning titul ro‘yxatlarini belgilangan tartibda tasdiqlagan holda ta’minlasinlar;
tanlov savdolari o‘tkazilgandan keyin o‘n kun muddatda qurilishlarning manzilli uzil-kesil ro‘yxatlarini kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Kvars” ochiq aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq yosh oilalarga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun pudrat tashkilotlariga birja kotirovkalarining o‘rtacha hisoblangan narxlari bo‘yicha, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga binoan zarur miqdorda metall prokati, sement va qurilish oynasi ajratsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qaroriga muvofiq tuzilgan Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga uy-joy qurilishi obyektlarining o‘z vaqtida topshirilishini hamda kelgusida ularning ipoteka krediti berish shartlarida yosh oilalarga taqdim etilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari takliflariga ko‘ra Dasturga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholi, ayniqsa yosh oilalar o‘rtasida ushbu qarorning maqsadi va vazifalari muntazam ravishda va keng tushuntirilishini ta’minlasinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Yüklə 18,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin