YOSH OILALARNING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK
MUOMMOLARI
Munarova Ra’no O’sarovna, katta o’qituvchi
Valieva Charos Vali qizi, 2 bosqich magistri
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oila, nikoh munosabatlari, yosh oila
munosabatlarida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolar, ularning
kelib chiqish sabablari va masalalari yoritilgan. Asosiy e‘tibor yosh oiladagi
muammolarni yechimini topish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash
qonunchilikda yosh oilalarga koʻmak berish huquqiy bazasini kengaytirish
zarurligiga e`tibor qaratildi.
Kalit soʻzlar:
Oila, nikoh munosabatlari, yosh oila, oilaviy muhit, jamiyat,
oilaviy muammolar, davlat, ijtimoiy siyosat.
Oila muammosi azaldan insoniyatning diqqat markazida bo’lib kelgan.
Chunki oila mustahkamligi jamiyat faravonligining asosiy negizidir. Shu sababli
Respublikamiz rahbariyati har bir xonadonning tinchligini, oilalarda farzandlarning
baxtli, barkamol o’sishini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga
oshirmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoyev aytganlaridek ―Oila
kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch boʻladi
1
.
Darhaqiqat jamiyatning kuch-qudratini ta‘minlaydigan eng oliy qadriyat
oilaning tinchligi va mustahkamligidir. Bizga ma‘lumki yurtimizda oila, nikoh
masalalari azal azaldan qadrlanib kelinadi. Bu muqaddas qadriyatlar hozirgi
davrgacha ham oʻz qadr-qimmatini yoʻqotgani yoʻq.Oilalarning jamiyat hayotida
tutgan oʻrni va roʻli beqiyos, chunki har bir shaxs tarbiyasi avvalo kichik bir vatan
oiladan boshlanadi.
Hozirgi rivojlanayotgan jamiyatga har tomonlama sogʻlom, barkamol, yetuk shaxslar
kerak. Bunda jamiyatda oilaning rolini oshirish uni yanada mustahkamlash, oiladagi
sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, yosh oilalardagi muammolar yuzasidan
tadqiqot olib boorish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Shu oʻrinda aytishimiz
kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstititsiyasining 63-moddasida oila jamiyatning
ajralmas boʻgʻini ekanligi e‘tirof etilgan: Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda
jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega.
2
Yosh avlodni yetuk shaxs qilib tarbiyalash ularni hayotda oʻz oʻrnini topishlari
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun albatta, jamiyatdagi endi tarkib topayotgan
yosh oilaga e‘tibor qaratish lozimdir.
Оila
– inson o`z baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsadmuddaolarini
mushtarak qilgan, o`zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini suradigan
muqaddas makondir.
Oila
– ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan
kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bo`lishiga qaramay,
1
Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinchboʻladi» Xabar.uz 22.01.2018
2
Oʻzbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasi, - T. Oʻzbekiston 2014
ayniqsa, XIX va XX asrlarda ro`y bergan buyuk o`zgarishlar va islohotlarga
dosh bera olgan ushbu maskan o`z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan
majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog’ omon saqlanib qolgan
tuzilmadir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot- mamotni ular
o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan bo`lsak, uni
sof psixologik jarayonlar maskani ham deb atash mumkin.
Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muommolar yechimini o’rganish
borasida yurtimizmiz psixolog olimlari tomonidan bir qator diqqatga sazovor ilmiy
tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Jumladan, G’.B.Shoumarov,
V.M.Karimova, N.A.Sog’inov, X.K.Karimov, Sh.Sh.Jo’rayeva, F.A.Akromova,
R.M.Abdullayeva,
Yo.No’monova,
M.O.Utepbergenov,
R.A.Samarov,
T.Norimbetov kabi olimlarimiz va ularning izdoshlari tomonidan so’nggi yillar
davomida o’zbek oilasining etnopsixologik xususiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy
rollar taqsimoti, oilalardagi shaxslararo munosabatlar hamda oilaviy muammolar
kabi masalalar o’rganilgan.
Respublikamizda keyingi yillarda oila-nikoh munosabatlari o‘zgarib
bormoqda. Bu boradagi o‘zgarishlarga:
1) oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zgarib borishi;
2) oila a’zolari sonining va tug‘ilishning kamayishi, murakkab ko‘p oilali
tipdan, alohida mavjud bo‘lgan oilalar tipiga aylanib borayotganligi;
3) oilaviy munosabatlar tizimida er-xotin funksiyalarining va oilaviy rollar
haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi;
4) ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarib borayotganligi
kabilarni kiritish mumkin.
Ma’lumki, insoniyat jamiyat taraqqiy etib borgan sari odamlarning
o‘zlari ham, o‘zaro munosabatlar ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar
orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘ladigan oilaviy munosabatlar ham
takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi hozirgi zamon
fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari, qishloq
xo‘jaliklari, sanoat ishlab chiqarish, umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida
yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu
jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga
o‘ziga xos yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat
taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-
psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar o‘zaro muloqat munosabatlari
doirasining ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda
o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning ma’lum darajada buzilishiga va
oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning
yuzaga kelishiga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi
psixologik iqlimda o‘z ifodasini topadi.Maxsus adabiyotlarda yozilishicha va
o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan kuzatilishicha, so‘nggi 100 yil ichida
odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko‘ra ularning jinsiy, fiziologik
balog‘atga etishi 2-3 yil ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarni
jinsiy balog‘atga etish davri 15-16 yoshga to‘g‘ri kelgan, hozir esa bu holat
o‘rtacha 12-13 yoshlarga to‘g‘ri keladi.
Ilgarigi o‘smirlar 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga etuklik talablaridan
biri bo‘lmish jinsiy etuklikka, balog‘atga etar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu
yoshga kelib o‘sha davrlar uchun xos va lozim bo‘lgan, unchalik murakkab
bo‘lmagan de’qonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli
boxabar bo‘lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarning odatda 13-14 yoshida
shogirdlikka berishgan), o‘sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va
texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma’lumot talab qilinmagan, 2-3
yil ustoz ko‘rgan shogird 16-17 yoshida o‘zi ish yuritadigan mutaxassisga
aylangan. Mabodo u shu vaqtda oila quradigan bo‘lsa, o‘z hunari orqali me’nat
qilib o‘zini va oila a’zolarini iqtisodiy jihatdan ta’minlay olishi mumkin bo‘lgan.
Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18-20 yoshli yigitmahalla -ko‘yda, jamoatchilik
orasida ma’lum darajada ijtimoiy etuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbirlar,
marosimlarda etuk ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan, ya’ni uning
ijtimoiy jihatdan balog‘atga etganligi jamoatchilik tomonidan tan olingan.
Shaxsning oila va jamiyat oldida o‘ziga xos mas’uliyatni his qilishi esa
uning psixologik etukligi alomatlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.Endi shu
xususiyatlarning bugungi kun yoshlarida ko‘rib chiqaylik. Ular 12-13 yoshlarida
jinsiy (fiziologik) etuklikka erishadilar, biroq ular biror -bir kasb-hunar egasi
bo‘lib, mustaqil ishlab o‘zini va oilasini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan
bo‘lishi uchun avvalo maktabni bitirishi, yoki 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki
litseyda o‘qishi zarur bo‘ladi. 12 yillik barcha uchun majburiy ta’limdan so‘ng
yoshlarimizning ma’lum bir qismi o‘qishni oliy o‘quv yurtida davom ettiradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari
ularning ma’lum qismi uchun 20-21, boshqalari uchun 23-25 yoshga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari odamlarning kundalik hayoti o‘zgarib, kiyinishga, maishiy
buyumlarga moddiy farovonlik darajasiga bo‘lgan ehtiyoji ham ortib
bormoqda.Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning, oila mustahkamligining
o‘rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir
hujayraning sog‘lomligiga bog‘liq bo‘lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb
atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir.
Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi
uning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi uni inqirozga olib keluvchi kuchlarning
yuzaga kelishida oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog‘lom, noqobil va nizoli
oilalar, ajrashishlar sonining ortishi, jamiyatgaturli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon
etkazishi bilan birga bunday nosog‘lom psixologik muhitda, nizo-janjalli, o‘zaro
mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga kelgan,shakllangan bola keyinchalik nafaqat ota-
onasi, aka-ukalariga nisbatan mehr-oqibatsiz,balki atrofdagilarga, qolaversa o‘zi
yashagan jamiyatga nisbatan mehr oqibatsiz bo‘lib, shafqatsiz, zolim,xudbin
jamiyat yurt manfaatlariga zid har xil tashqi kuchlar ta’siriga oson beriluvchan
shaxs bo‘lib shakllanishi, shu asosda esa o‘z oilasi, o‘z xalqi, o‘z yurti uchun xavfli
insonlarning etishib chiqishiga ham asos bo‘lishi mumkin.
Demak, oilaning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil
hisoblanadi.Oila psixologiyasigadoir eng muhim bilimlarni berish va ular
asosida tegishli malakalar va ko‘nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy
hayotga tayyorlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Ekspertlar ta'kidlashlaricha, MDH mamlakatlarida yosh oilaning eng katta
muammo to'rtta xususiyatga ega:
1. Yosh oilalarga moddiy va ma'naviy xavfsizlikning etarlicha darajasining
yo'qligi. Shunday qilib, bugungi kunda yangi turmush qurgan juftliklar umumiy
davlatga
nisbatan
2
barobar
kamroqdir.
2.Yosh oilalarning ijtimoiy muammolari, oilaviy hayotni tashkil etish, o'z yashash
joylarini sotib olish va hokazolarni talab qilish bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy va
moddiy
ehtiyojlarning
ortishi
hisoblanadi.
3.Turmush
o'rtoqlarni
ijtimoiylashtirish
davri
(ta'lim,
ish
joyi).
5.Yosh oilada psixologik moslashish. Shunday qilib, oilalarning 18%
mutaxassislarga
psixologik
maslahat
berishga
muhtoj.
Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri – yoshlarning o’zaro
munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga ko’nikishi masalasidir.
Chunki romantik sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan o’tgan yoshlarning endi
yangi oilaviy hayot tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan kechirishiga
muayyan qiyinchiliklar bo’lishi tabiiy. Yigit-ku o’z uyida, ota-onasi yaratib bergan
sharoitda yashaydi. Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng og’iri
kelinchakning bo’yniga tushadi. U boshdan kechiradigan muammolardan biri esa –
yangi oila a’zolari bilan muomala maromlarini to’g’ri o’rnatishdir. To’g’ri,
to’ydan keyin turkona, o’zbekoana urq-odatga ko’ra qizning onasi va uning yaqin
qarindoshlari kelinchakni “yo’qlaydi”, ya’ni, pishir-kuydir qilib, qiz o’z
xonadonida suygan taomini pishirib, yangi kelin tushgan xonadonda dasturxon
yuboriladi. Albatta, bu kabi azaliy urf-odatni asosida yotgan muhim sabablar
bo’lib, birinchisi, yangi muhitga tushib qolgan qiz bu erdagi issiq-sovuqqa tez
ko’nikib ketolmasligi, taom tanavvul qilishda keskin o’zgarish bo’lmasligi uchun
to ko’nikkuncha, bir necha kun o’z xonadonidan ovqat yuborish va shu orqali uni
“yupatish” bo’lsa, ikkinchi ma’nosi – ota-ona qizini unutmaganligi, hanuz unga
mehrli munosabatda ekanliklarini izhor qilishdir. Bu kabi munosabatlarning
saqlanishi qisman bizning hozirgi sharoitimizda ham o’zini oqlaydi, lekin yo’qlov
bahonasida tog’oralarda ovqat-oziqning xadeb kuyov uyiga jo’natilishi, ortiqcha
dabdabalarga yo’l qo’yilishida umuman mantiq yo’q. Chunki hozir ko’pchilik
onalar oila yumushidan tashqari davlat va jamoat muassasalarida xizmat qiladilar.
Ular uchun bunday tashvishlar ortiqcha, ikkinchidan, qizlar ilgarigiday juda erta
turmush qurmaydigan va o’qish, ish bahonasida turli taomlarni eyishga yoshlikdan
o’rgangan sharoitda ularning oshqozonlari yangi xonadonda ham birday
ishlayveradi. Ya’ni, yosh oilaning mustahkam bo’lishiga rahna soluvchi omillardan
biri hisoblanmish ortiqcha ovoragarchiliklar, dabdabali tushliklarning ikkinchi
xonadonga yuborilishi bugshungi taraqqiyot bosqichida biroz erish tuyulishi tabiiy.
O’tkazilgan tadqiqotlardan yana shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, yosh oilaning
tinchlik-totuvchilikda yashashiga halaqit berayotgan sabablardan biri – qaynonalar
bilan yangi kelinchakning tez kirishib, til topishib keta olmayotganligi. Bu ham
oilaviy munosabatlar borasidagi muammolardir. Chunki ayniqsa, shahar sharoitida
bitta yoki ikkitagina o’g’il o’stirgan ona ko’pincha yangicha munosabatlar tizimiga
o’zi ko’nika olmaydi va kelinchakni ham tezroq ko’nikib ketishiga yordam berish
choralarini bilmaydi.
Oila hamjihatlikda yashashi o‘zaro hurmat qaror topmog‘ lozim, lekin
hozirgi paytga kelib nikoh ajrimlari soni 2021-yilda Respublikamizda 39 000 dan
ortiq oilaviy ajrimlar qayd etildi. “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi
tomonidan nikoh ajrimlarining sabablari o‘rganilganda, aksariyat holatlarda bu
birinchi o‘rinda er-xotinlarning o‘zaro kelishmovchiliklari, fe‘l-atvorning bir-biriga
mos kelmasliklari, rashk, xiyonat, kelin bilan qaynona va boshqa yaqin
qarindoshlarning chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib ketishi
(ichkilikka, giyohvand moddalarga va shu kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan
erning ishlamasligi, mustaqil oilani boshqara olmasligi), qudalarning to‘ydan keyin
o‘zaro kelishmay qolishlari, erning daraksiz ketib qolishi kabilar qayd etiladi.”
3
Xulosa qilib aytganda oilada sog‘lom psixologik muhitning yaratilishi,
sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom
psixologik muhit er va xotin o‘rtasidagi psixologik jihatdan yetilganlik hamda
ijtimoiy jihatdan tayyorlik asosida shakllanadi. Sog‘lom turmush tarzining oilaviy
muhitga ta’siri ham katta hisoblanadi. Chunki har bir oila a’zosi sog‘lom turmush
tarziga rioya qilsa, to‘g‘ri ovqalansa, sport bilan shug‘ullansa ushbu jarayonlar
ularda psixosomatik o‘zarishlarni keltirib chiqaradi. Ya’ni ularning sog‘lom
turmush tarziga rioya qilishi mental psixologik holatini yaxshilaydi. Sog‘lom
turmush tarzi oilaviy muhitning ijtimoiy psixologik jihatdan o‘zgarishiga ta’sir
o‘tkazadi. Sog‘lom munosabatlar sog‘lom turmush tarzidan boshlanadi. Ushbu
holatlar oiladagi ijtimoiy psixologik jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazadi. Oilada
sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda sog‘lom psixologik muhitning ijtimoiy
psixologik ahamiyati ushbu jarayonlarning sinxron ravishda tashkil qilnganligiga
bog‘liq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |