Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 57,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix18.12.2023
ölçüsü57,91 Kb.
#184081
  1   2   3   4   5
Yosh olimlar 0503



YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
13 
HADIS ILMINING PAYDO BOʻLISH TARIXI, RIVOJLANISHI VA IMOM 
BUXORIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI 
Adhamova Muxtasarxon Alisher qizi 
Qoʻqon davlat pedagogika instituti,
Pedagogika yoʻnalishi talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7980421
 
 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada hadis ilmining paydo boʻlish tarixi, uning rivojlanishi keng 
tarqalishi haqida maʼlumotlar keltirilgan. Hadis ilmini rivojlanishiga bizning bobokalonlarimiz 
ulkan hissa qoʻshganlar. Ulardan Imom Al-Buxoriy alohida oʻrin tutadi. Shunday ulugʻ zotning 
bosib oʻtgan hayot yoʻllarini, ezgu amallarini, qoldirgan meroslarini oʻrganish, hadislarini 
hayotimizga tatbiq etish biz uchun burch va sharafli ishdir. 
Kalit soʻzlar:
Islom dini, hadis, ilm, sahih, nosahih, Imom Buxoriy, pedagogik g‘oya, tarbiya, 
barkamol avlod, ta’lim, farzand tarbiyasi. 
Hadis - islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, Muhammad 
alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga 
oladi.Hadis” soʻzi arabchadan kelib chiqqan boʻlib, “soʻz”, “kalom”, “paygʻambar soʻzi”, 
“hikoya”, “naql” degan maʼnolarni anglatadi. Diniy-ilmiy kitoblarda “hadis” deyilganda, 
Muhammad paygʻambarning aytgan gap-soʻzlari, qilgan ishlari nazarda tutiladi. Demak, “hadis 
ilmi” deganda Muhammad paygʻambar gap-soʻzlari va feʼlini oʻrganish, jamlash, tasniflash va 
sharhlash bilan bogʻliq faoliyat turi tushuniladi. Muhammad payg‘ambar biror gap aytgan
biror ish qilib ko‘rsatgan yoki boshqalar qilgan biron-bir ishni ко’rib turib, uni man etmagan 
bo‘lsa, ana shu uch holat sunnat hisoblanadi. Ana shunday xatti-harakatlar yoki ko‘rsatmalar 
hadis deb yuritiladi. 
Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilan birgalikda insoniy fazilatlar ham keng 
tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘ tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi. Ya’ni, 
hadislarda o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-
huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo‘lish targ‘ib qilingan. Razolat, 
kibr-u havo, ado vat, hasad, xiyonat, yolg‘onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nafrat 
tuyg‘ulari ifodalangan. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va sanad. Hadis 2 turga — hadisi 
qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va hadisi 
nabaviyga boʻlinadi. 
Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida „musnad“, „sahih“, „sunan“ deb atalmish turli 
yoʻnalishlar vujudga keldi. „Musnad“ yoʻnalishida tasnif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi 
hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan 
vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging hadis 
kitoblari shu yoʻnalishga mansub. „Sahih“ yoʻnalishiga to‘gʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu 
yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. „Sunan“ yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli 
hadislar bilan bir qatorda „zaif“ hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso Termiziy, Nasoiy, 
Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishga mansubdir. 
Ana shunday buyuk siymolar qatorida hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriyni alohida 
e'tirof etish joizdir. 
Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy 810- 
870-yillar) islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi deb yuritiladi.Otasi Ismoil 
o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, 



Yüklə 57,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin