Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


O’smirlarning biologik o’sishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

O’smirlarning biologik o’sishi
 
O’smirlik insonning balog’atga yetish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati 
bilan kamolotning boshqa pog’onalaridan keskin farqlanadi. O’smirda ro’y 
beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish 
nuqtasi vujudga keladi. Balog’at davriga 11 (12) –15 yoshli qizlar va o’g’il bolalar 


89 
kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o’sish va jinsiy yetilish amalga 
oshadi.
Bolaning bo’yi 11–12 yoshida 6 –7 sm, hatto 10 sm gacha o’sishi mumkin. 
Biroq bu bosqichda qizlar o’g’il bolalarga qaraganda tezroq o’sadilar. O’smir 13–
14 yoshga to’lganda har ikkala jins o’rtasida bo’yning o’sishi qariyb 
baravarlashadi. O’n besh yoshga qadam qo’yganda esa o’g’il bolalar qizlarni ortda 
qoldirib ketadilar. Shundan keyin to umrning oxirigacha o’sishda o’g’il bolalar 
ustunlik qiladilar. 
O’smirlik davrida bo’y bilan tana nomutanosib ravishda o’sadi, natijada 
bolalar oriq, nimjon va uzun bo’yli bo’lib ko’rinadilar.
O’smirlarda yurakning hajmi va tiriklik sig’imi har yili 25 foiz kattalashib 
boradi. Bo’yning jadal o’sishi va tana og’irligining ortishi bilan qon hamda 
kislorodga ehtiyoj ham ortadi, bu ehtiyoj yurak hajmining kengayishi va funksional 
faoliyati ko’rsatkichlarining boyishi evaziga ta’minlanadi. Mazkur davrda tananing 
umumiy hajmidan 7–8 foizini qon tashkil qiladi, qon bosimi birmuncha oshadi, 
simob ustunining 110–115 mm darajasida bo’ladi. Yurak qisqarishining chastotasi 
bir qadar sekinlashadi, masalan, 11 yoshda dakiqada 85–90 marta urgan bo’lsa, 
14–15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi. 
Yurak kengayishi bilan birga qon tomirlari ham yo’g’onlashadi. Qon 
aylanishi tizimining qayta qurilishi, vegetativ, nerv sistemasidagi beqarorlik qon 
aylanishini buzadi va o’smirda ba’zan qon bosimining ortishi ro’y beradi. Qon 
aylanishining o’zgarishi qizlarda og’irroq kechadi, chunki ularda yurak vaznining 
ortishi oldinroq boshlanib, oldinroq yakunlanadi. 
O’smirlik davrida nafas olish organlari jadal rivojlanadi. O’pkaning tiriklik 
sig’imi quyidagicha bo’ladi: 
o’g’il bolalarda –11 yoshda 1900–2000 ml; 15 yoshda 2600–2700 mm.
qizlarda–11 yoshda 1800–1900 ml; 15 yoshda 2500–2600 ml. Shuning 
uchun nafas olish har daqiqada 2 marta kamayadi. O’g’il bolalar qorin bilan, qizlar 
esa ko’krak bilan nafas ola boshlaydidar. Ko’krak qafasi, nafas olish muskullari tez 
o’sa boradi va jinsiy yetilishni kuchaytiradi. 
11–12 yoshdagi o’smirning ichki sekresiya bezlari qayta quriladi. 
Gipofizning old qismi ishlab chiqaradigan gormonlar gavdaning o’sishini 
ta’minlaydi. Gipofizning o’rta qismi kuchayishi sababli pigmentlar almashinishi 
o’zgaradi, natijada soch qorayishi, yuzlarning oqarishi namoyon bo’ladi. Gipofiz 
bilan bir qatorda qalqonsimon bezning funksiyasi ham ko’chayadi. Qalqonsimon 
bez ishlab chiqaradigan tiroksin gormoni organizmda modda almashinuvi va 
energiya sarfini keskin orttiradi. Markaziy nerv sistemasida qo’zg’aluvchanlik 
o’zgaradi natijada yaqqol his-tuyg’ular tug’ila boshlaydi. Qalqonsimon bez 
faoliyatining kuchayishi ko’zg’aluvchanlik, asabiylashish va toliqishni keltirib 


90 
chiqaradi. Bosh miya qobig’ida tormozlanish jarayonining susayishi shiddatli 
emosional 
kechinmalarni 
vujudga 
keltiradi, 
hulq-atvorda 
parokandalik, 
g’ayritabiiylik paydo bo’ladi. Qalqonsimon bez funksiyasining o’zgarishi va 
modda almashinuvining buzishi sababli o’smirda semirish ro’y beradi.
Mazkur yosh davrida jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. Balog’atga 
yetishning birlamchi va ikkilamchi alomatlari
 
o’sa boshlaydi: o’g’il bolalarda ovoz 
o’zgaradi,
 
yo’g’onlashadi, mo’ylov va soqol paydo bo’ladi, qizlarda esa ko’krak 
bezlari rivojlanadi va hokazo. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, orzu, xohish, 
nozik tuyg’u, sog’inch, iztirob kabi kechinmalar paydo bo’ladi. 
O’smirlar jinsiy yetilish sirlarining 17 foizini ota–onadan, 9 foizini 
o’qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachidan va qolgan yashirin jihatlari, holatlari
to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’cha-ko’ydan, o’rtoqlari va dugonalaridan eshitib 
bilib oladilar. Kutilmagan
 
holatlar va ma’lumotlar ularning xatti-harakatini 
chigallashtiradi, yakkalik olamiga berilish boshlanadi, fe’l-atvorda ayrim illatlar 
paydo bo’ladi

Goho o’smirlar orasida axloqan tubanlashuv hollari ro’y berishi 
mumkin. Ularni bunday qiliqlardan nopok guruh va to’dalardan xalos etish 
maqsadga muvofiqdir. 
Ijtimoiy hayotda yaramas odatlarni keltirib chiqaruvchi
 
anchagina manbalar 
bor: birinchidan, kino zallari va
 
televideniyeda o’smirlarga to’g’ri kelmaydigan 
filmlarga ruxsat qilinishi; ikkinchidan, jamoat joylarida va ko’cha-ko’yda 
kattalarning nojoiz qiliqlar ko’rsatishlari; uchinchidan ta’limda biologik o’sish 
to’g’risida yetarli bilimlar berilmasligi; to’rtinchidan, vrachlarning bu sohada keng 
ko’lamda ish olib bormasligi; beshinchidan, ota-onalarda fiziologik va psixologik 
bilimlar yetishmasligi; oltinchidan, o’smir bolalar va qizlarga mo’ljallangan 
materiallarning kamligi va hokazolar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin