Psixologik tadqiqotlar natijalarini matematik- statistik qayta ishlash metodlari
Tadqiqotdan olingan ma’lumotlarni (miqdoriy) tahlil qilish va tavsiflashga kirishishdan avval ularni umumlashtirish, bir tizimga solish va ixcham shaklga keltirish zarur. Buning uchun esa matematik statistika tushunchalarini albatta bilish va ular bilan ishlay olish talab qilinadi.
Odatda o‘lchov natijalarini aks ettiruvchi sonlar statistikada variantlar deb ataladi va bilan belgilanadi. Barcha o‘lchovlar, ya’ni o‘sib borish yoki kamayish tartibida joylashgan o‘lchovlar variatsion qatorni tashkil qiladi. Variatsion qator tarkibida takrorlanadigan o‘lchovlar soni chastota deyiladi.
1.4. Psixologik tadqiqotni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar
1. Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo‘llaniladigan metod va metodikalarni tanlash hamda sinab ko‘rishni (pilotaj tekshiruv) o‘z ichiga oladi. Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi.
Tadqiqot metodi – bu tadqiqotchini qiziqtirgan ma’lumotni qo‘lga kiritish yo‘li, vositasi.
Tadqiqot metodikasi – bu psixik jarayonlar va ularning xususiyatlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun ishlatiladigan qonkret usul va vositalar majmui.
2. Tadqiqot o‘tkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bo‘lishi, shu bilan birga sanitariya- gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak.
3. Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga mos tushishi kerak.
4. Sinaluvchilarni sifat jihatidan bir xil qilib tanlash zarur.
5. Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning barcha bosqichlarini o‘tkazishga ta’sir etadi (rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha).
6. Yo‘riqnoma yoki ko‘rsatma tadqiqot boshlanishidan oldin, tayyorgarlik bosqichida tuziladi. U aniq, qisqa va bir ma’noli bo‘lishi lozim.
7. Tadqiqot natijalari bayonnomalarda qayd etilib, u bir vaqtning o‘zida ham to‘la, ham maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak.
8. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar sifat va miqdor jihatdan analiz, sintez qilinishi, ya’ni qayta ishlanishi zarur.
Psixodiagnostik metodikalarga qo‘yiladigan talablar:
Psixodiagnostik metodikalar qo‘llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko‘rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur.Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin.
Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligi – psixodiagnostik metodikaning sifati bo‘lib, u ushbu metodika yordamida etarlicha barqaror natijalarga erishish imkoniyati bilan belgilanadi.
Metodikaning ishonchliligi – natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko‘rsatuvchi mezon. A.Anastazi agar bola hafta boshida intellekt testi bo‘yicha 110 ga teng ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, hafta oxirida bu ko‘rsatkich 80 ga teng bo‘lsa, bunday metodikaga ishonch bilan qarash mumkin emasligi haqida yozgan. Ishonchli metodikalarni qayta o‘tkazish o‘xshash natijani ko‘rsatishi kerak. Ozgina o‘zgarish bo‘lishi mumkin, lekin ular unchalik ahamiyatli bo‘lmasligi kerak.
Metodikalar ishonchlilik darajasi bir qancha sabablarga bog‘liq. Tadqiqot natijalari aniqligini pasaytiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- diagnoz qilinayotgan sifatning stabil, barqaror emasligi;
- diagnostik metodikalarning takomillashmagani (ko‘rsatma xato tuzilgan, topshiriqlar xarakteri jihatidan har turdaligi, tekshiriluvchiga metodikani taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatmalarning noaniqligi);
- tadqiqot vaziyatining o‘zgarishi (kunning har xil vaqtida tekshiruv o‘tkazilishi, xonaning turlicha yoritilishi, begona shovqinlarning bor yoki yo‘qligi);
- eksperimentator xulq-atvori, gapirish ohangining o‘zgarishi (bir tajribada boshqacha ko‘rsatma, boshqasida uni o‘zgartirib berishi; topshiriqning bajarilishini turlicha stimullashtirishi);
- tekshiruvchi funksional holatidagi o‘zgarishlar (o‘zini his qilishi yaxshi bir eksperimentda, boshqasida charchash holatida bo‘lishi);
- natijalarni sharhlash va baholashda sub’ektivlik.
Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligini tekshirish yo‘llaridan biri standartlashtirish, metodika o‘tkazish muolajasini va uning natijalarini baholashning yagona talablarini ishlab chiqish.
Metodikani baholashning yana bir muhim mezoni validlik hisoblanadi. Ishonchlilik aniqlangach, metodikaning validligi masalasi ko‘rib chiqiladi. Chunki ishonchli bo‘lmagan metodika validligi yuqori metodika bo‘la olmaydi.
Metodika validligi – metodika yordamida olingan ma’lumotlarning nimani aniqlashga qaratilganligi, ya’ni metodika mohiyati bilan mosligi.
Validlik – metodikaning samaradorligi, amaliy foydasini ko‘rsatuvchi mezon.
Reprezentativlik – tanlanmaning sinaluvchilar bosh majmui xarakteristikalarini ko‘rsatuvchi xususiyati.
Shuningdek, Akimova M.K., Gurevich E.M. bo‘yicha hozirgi zamon psixologiyasida mavjud bo‘lgan vositalarni sifat darajasiga ko‘ra 2 guruhga bo‘lish mumkin:
formallashgan metodikalar
kam formallashgan metodikalar
1 – guruh metodikalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- testlar;
- so‘rovnomalar;
- proektiv texnika metodikalari;
- psixofiziologik metodikalar;
Ular uchun xarakterli jihatlar:
aniq reglamentatsiya;
tadqiqot yoki tekshiruv jarayonining ob’ektivizatsiyasi (ko‘rsatmaga to‘g‘ri amal qilish, stimul materialini namoyish qilishning qat’iy usullari. Sinaluvchi faoliyatiga tadqiqotchining aralashmasligi);
standartizatsiya (ya’ni diagnostik eksperiment natijalarini qayta ishlash va taqdim etishning qabul qilingan tartibi joriy etilishi);
ishonchlilik;
validlik
Ushbu metodikalar nisbatan qisqa vaqt ichida diagnostik axborotni qo‘lga kiritish hamda individlarni o‘zaro miqdor va sifat jihatidan taqqoslash imkoniga ega.
Kam formallashgan metodikalarga :
- kuzatish;
- suhbat;
- faoliyat mahsulini tahlil qilishni kiritish mumkin.
Ushbu metodikalar sinaluvchi haqida qimmatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Ayniqsa, buni tadqiqot predmeti ob’ektivlashtirish mumkin bo‘lgan psixologik jarayonlar va holatlar bo‘lganida yaqqol sezish mumkin (masalan, yaxshi anglanilmaydigan sub’ektiv kechinmalar yoki mazmun jihatidan juda o‘zgaruvchan psixik jarayon va holatlar – maqsad, kayfiyat, holatlar diagnostikasi). SHuni ta’kidlash va inobatga olish zarurki, kam formallashgan metodikalarni o‘tkazish katta mehnatni talab etadi (masalan, sinaluvchini kuzatish ba’zida oylab davom etishi mumkin) va ko‘p jihatdan tadqiqotchining psixologik tayyorgarligi va professional tajribasiga asoslanadi. Psixodiagnostik suhbat, kuzatuvlarning yuksak madaniy darajasida o‘tkazilishi tekshiruv natijalariga tasodifiy omillar ta’siridan saqlash mumkin.
Kam formallashgan diagnostik metodikalarni formallashgan metodikalarga qarshi qo‘yish mumkin emas. Odatda ular o‘zaro bir-birini to‘ldiradi. To‘laqonli diagnostik tadqiqotda ikkala turdagi metodikalarni garmonik, uyg‘unlashgan holda qo‘llash zarur. Masalan, test yordamida ma’lumot to‘plashdan avval sinaluvchi bilan tanishish (tarjimai holi, moyilliklari, faoliyat motivatsiyasi haqidagi axborot) bosqichi o‘tkaziladi. Bunda intervyu, suhbat, kuzatishdan foydalaniladi.
Kam formallashgan metodikalar – qo‘llashning qat’iy, aniq qoidalariga ega bo‘lmagn metodikalar. Ular ko‘proq psixodiagnostikaning psixologik intuitsiyasi va nisbiy tajribasiga bog‘liq.
Formallashgan metodikalar – aniq shakldagi qoidalarga qat’iy amal qilishni talab qiladigan metodikalardir.
Bolalarning psixik jihatdan o‘sishida ta’lim va tarbiya g‘oyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi XIX asrlarning o‘rtalaridan tobora ko‘p ta’kidlana boshlandi. Bolalar psixikasining o‘sishi bilan ta’lim va tarbiyaning o‘zaro munosabati haqidagi masalalarni hal etishga urinayotgan nazariyalar hozir ko‘p topiladi. Hozirgi pedagogika va psixologiyada shu masalaga doir uch xil nazariya bor. Ulardan birida ta’lim-tarbiya va taraqqiyot jarayonlari bir- biridan mustaqil mavjuddir, degan g‘oya olg‘a suriladi. Ikkinchi nazariyada ta’lim- tarbiya ayni vaqtda taraqqiyotdir, ya’ni ta’lim bilan taraqqiyotning o‘rtasida asos e’tibori bilan sezilarli tafovut yo‘qdir, deb da’vo qilinadi. Nihoyat, uchinchi xil nazariya bo‘yicha ta’lim-tarbiya va taraqqiyot jarayonlari, garchi boshqa-boshqa jarayonlar bo‘lsa ham, bir-biriga mos kelar va bir- biriga ta’sir o‘tkazar ekan.
Ta’lim va psixik o‘sish bir-biridan mustaqildir, degan nazariyaning namoyandalari ta’lim va psixik o‘sishni bir-biriga duch kelmaydigan ikkita parallel jarayon deb hisoblaydilar. Bu nazariyaning namoyandalari aqliy qobiliyatni aniqlash uchun dastlabki testlarni vujudga keltirgan edilar (Bine va Simon). Bu namoyandalar va ularning hozirgi izdoshlari aqliy qobiliyat “tug‘ma” bo‘lib, unga ta’lim ham, muhit ham ta’sir etmaydi, degan fikrga asoslanadilar. Ta’lim va psixik taraqqiyot bir- biridan mustaqil, degan nazariya amalda ta’lim-tarbiya ishlarining hammasini bolalarning Yosh xususiyatlarini hisobga olmasdan tuzishga olib keldi.
Ta’lim va psixik o‘sish bir-biriga mos keladigan nazariyaning namoyandalari (amerikalik psixologlar Djeyms, Torndayk va ingliz psixologi Makdugall) ning da’vo qilishicha :
ikkala jarayon bir-biriga yaqin va parallel holda boradi – ta’lim- tarbiya bilan psixik o‘sish qadam- baqadam boradi;
ta’lim va psixik o‘sish bir vaqtda amalga oshadi. Bu nazariya ikki jarayonni aralashtirib, bir-biriga tenglashtirib qo‘yadi. Bu ta’lim jarayoni o‘rganilsa, psixik o‘sish jarayoni ham o‘rganilgan bo‘ladi, degan xulosaga olib keladi. Bu nazariya bir tomonlama nazariya bo‘lib, butun e’tiborni bilish faoliyatiga qaratadi-yu, bola shaxsining hissiyoti va irodasini e’tiborga olmaydi. Odam ongining roli, inson shaxsini tarkib toptiruvchi ijtimoiy hayot va amaliyotning roli kamsitiladi yoki inkor qilinadi.
Ta’lim-tarbiya va psixik rivojlanish garchi har xil jarayon bo‘lsa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladigan jarayonlardir, degan uchinchi nazariyaning namoyandasi – Koffkadir. Bu nazariya dastlabki ikki nazariyani birlashtirishga urinadi, nerv sistemasining etilishi va o‘qitish jarayonlarining o‘zaro bog‘lanishini va bir-biriga ta’sir etishini aniqlamoqchi bo‘ladi. Nerv sistemasining etilish jarayoni bolani o‘qishga tayyorlaydi va o‘qiy oladigan qilib qo‘yadi, deb e’tirof etadi. O‘qitish esa, o‘z navbatida, nerv sistemasining etilish jarayonini kuchaytiradi va oldinga suradi, deydi. Bu nazariya ikki jarayonning bir qadar o‘zaro bog‘langanligini ta’kidlashi bilan oldinga qarab bir qadam qo‘yadi. Ammo bu o‘zaro bog‘lanishni abstrakt ravishda, ijtimoiy tarixiy hayot sharoitining ta’siridan tashqari, bolalarga ta’lim-tarbiya berish ta’siridan tashqarida tan oladi.
Bu nazariyalarning hammasi bolalar kamolotining hal qiluvchi tomonini ko‘rmaydi, ya’ni bolalar psixikasining tarbiya va aktiv faoliyat jarayonida tarkib topishini payqaydi.
Demak, psixologiyadagi muhim masalalardan biri taraqqiyot bilan ta’limning o‘zaro munosabati haqidagi, ya’ni ta’lim o‘z orqasidan rivojlanishni ergashtirib boradimi yoki aksincha, rivojlanishga moslashib, sust ravishda uning orqasidan boradimi? degan masaladir.
Ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro munosabati qanday baholanishiga qarab, bu masalada 2 nuqtai - nazarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Nemis psixologi V.SHtern ta’lim psixik taraqqiyotning orqasidan boradi va unga moslashadi, degan fikrni ilgari suradi. Uning ta’kidlashicha, bola tomonidan narsalar bilan tanishish va ularni bilib olish o‘z-o‘zidan amalga oshadi, ta’lim esa mustaqil, avtonom ravishda amalga oshadigan taraqqiyotga moslashadi (“Personalistik psixologiya” qonsepsiyasini yaratgan, ya’ni shaxsning yaxlitligi, psixik va fizik birliklarga bo‘linmasligi to‘g‘risidagi nazariya).
Bunga qarama - qarshi fikrni rus psixologi L.S.Vigotskiy bildiradi. U bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning etakchi roli haqidagi qoidani birinchi bo‘lib ilgari surdi. Uning fikricha, ta’lim taraqqiyotdan oldinda boradi va uni o‘z orqasidan ergashtiradi.
Birinchi fikrga binoan, ta’lim uchun imkoniyat etguncha, aqliy jihatdan etilish jarayoni kelguncha, passiv ravishda kutib turish lozim.
Ta’lim etakchilik rolini bajaradi. Ikkala jarayon bir-biri bilan bog‘liq: rivojlanish va ta’lim parallel tarzda sodir bo‘ladigan ikki jarayon emas, ular bir butun jarayondir, deb ta’kidlaydilar. Ta’limsiz to‘la aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim rivojlanishga stimul - turtki beradi, rivojlanishni o‘z orqasidan ergashtirib boradi. Lekin rivojlanishga stimul bo‘lish bilan bir vaqtda ta’lim o‘zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan taraqqiyot darajasining xususiyatlarini hisobga oladi.
Shuningdek. L.S. Vigotskiyning taraqqiyotning ikki zonasi haqidagi g‘oyasi ham rivojlanish jarayonini boshqarish uchun katta ahamiyat kasb etadi. L.S. Vigotskiy bola taraqqiyotining ikki zonasini ajratib ko‘rsatadi:
Aktual taraqqiyot zonasi.
YAqin kelajak taraqqiyot zonasi.
Agar bola biror ishni kattalar yordami bilan bajara olsa, bu uning yaqin rivojlanish darajasi, zonasidan dalolat beradi. YAqin kelajak zonasi bizga bolaning ertangi kunini, rivojlanishining dinamik holatini aniqlashga yordam beradi.
Agar bola topshiriqni mustaqil ravishda bajara olsa, bu uning aktual taraqqiyot zonasini ko‘rsatadi. SHu bilan birga L.S.Vigotskiy ta’lim-tarbiya jarayonida bir tomondan, bolaga kuchi etmaydigan, uning aktual rivojlanish darajasi va yaqin imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan talablar qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlaydi. Boshqa tomondan esa, o‘qituvchi bugun bola kattalar yordami bilan, ertaga esa mustaqil tarzda bajara olishini bilsa, bola taraqqiyotini jamiyat talablariga mos ravishda, maqsadga muvofiq tarzda takomillashtirib borishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |