Pedagogik psixologiya esa ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi. O‘quvchining bilish faoliyati va ularning aqliy rivojlanishi bilishning muloqotga kirishishi va mehnatining ongli sub’ektlari sifatida shakllanib borishi pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun mazkur kurs bo‘yicha olinadigan bilimlar juda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘z faoliyatida yosh psixologiya ma’lumotlarini qo‘llay olish kerak. Yosh davr psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bu ham biologik va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlar bilan o’zviy aloqada rivojlanadi. Yosh davr va pedagogik psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga oliy nerv faoliyati qonunlariga, diferensiyaning psixofiziologiyasi qonunlariga psixologlar to‘plagan materiallarga tayanib, inson psixikasi rivojlanishi, ma’lum bir Yosh davrda uning kechishi, o‘zgarishi yo’zasidan baho yuritadi. o‘z navbatida bolaning psixik rivojlanishidagi barcha bosqichlarda o‘quv tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik psixologiya to‘laqonli javob beradi. Shaxobchalari. Yosh psixologiyasi: insonning psixik rivojlanishini davrlarga bo‘lib chiqib,qoidalariga muvofiq quyidagi shaxobchalarga ajraladi:
bolalar psixologiyasi
kichik maktabgacha Yoshdagi o‘quvchilar psixologiyasi o‘smirlar psixologiyasi
yigit qizlar psixologiyasi (o‘spirir Yoshlar psixologiyasi)
katta yoshli kishilar psixologiyasi
geronto psixologiyasi (qariyalar psixologiyasi)
Genetik metodga asoslanib o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichining bevosita bog‘liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasining barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganiladi.
Ko’zatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o‘zini o‘zi) ko’zatish turlari bor. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni ko’zatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi. 1) ko’zatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) ko’zatiladigan ob’ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining Yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) ko’zatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) ko’zatish insoning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sport) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) ko’zatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi) tayinlanadi; 8) ko’zatilganlarni qayt qilib borish vositalar (kundalik, suhbat daftari,ko’zatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi. Ko’zatish orqali turli Yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi,xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolar o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki psixik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etarli. Masalan, go‘dak bolani ko’zatishda uning xarakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-tuyg‘usi, talpinishi, mayli, hoxishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi holatini ko’zatishda esa diqqatning hususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xatti-xarakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga imkoniyat tug‘iladi. O‘spirin Yoshlarning sport faoliyatini ko’zatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining xarakatini idora qila olishi yo’zasidan materiallar yig‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini ko’zatish natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi darajasi haqida keng ma’lumotlar yig‘iladi. Keksalarning muloqot jarayonini ko’zatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, hiy-tuyg‘usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.