Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №1)
ISSN 2181-1709 (P)
86
Education and innovative research 2021 y. № 1
narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo‘nalishda
samarali foydalanishdan iboratdir.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavdaning muvozanatini saqlash
maqsadida so‘nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol dinamik
o‘yin bo‘lganligi sababli voleybolchi turli texnik usullarni egallashi, o‘yin
vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi
lozim. Bu esa voleybolchining texnik mahoratini belgilaydi.
Voleybol rivojlanishining har xil davrlarida texnik harakatlarni bajari
usullari, talablari shakli, mazmuni o‘zgardi va takomillashib bordi.
Texnik o‘yin qoidalarini o‘zgarishi, taktik harakatlarni takomillashuvi,
o‘yinchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasining o‘sishi asosiy sabab
bo‘ldi.
Voleybol o‘yining texnikasining tasniflasak u quyidagi 2 ta katta bo‘limga
bo‘linadi:
1. hujum texnikasi. 2. himoya texnikasi.
Hujum zarbasini berish va to‘siq qo‘yishda ¬– baland, o‘yinga kiritilgan
to‘pni qabul qilishda o‘rta, hujum zarbasini yoki to‘siqdan pastlab qaytgan
to‘pni qabul qilishda past holatlar egallanadi. Bunda umumiy og‘irlik
markazining holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Voleybol o‘yinida o‘yinchilar to‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat
qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu uyin sharoitida o‘yinchi to‘p bilan
o‘ynashi uchun yuqori tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli
harakat usullarini bajarish uchun turlicha harakatni egallashi kerak.
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashqil qilishda, to‘p baland
berilganda yoki to‘pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to‘p
uzatitish usulidan foydalaniladi. Bu holatda qo‘llar bosh ustidan bir oz baland
ko‘tariladi va qo‘llarni faol ishlashi xisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan
to‘p uzatiladi. Xuddi shu xolatda qisqa to‘p uzatishda asosiy harakat qo‘l
barmoqlarining faol ishlashi xisobiga amalga oshiriladi.
Voleybol to‘garagida 12 yoshdan o‘g‘il bolalar, 13 yoshdan qiz bolalar
shug‘ullanishlari mumkin. Voleybolchilarni trenirovka mashg‘ulotlarini
tashkil etishda ularni texnik, taktik tayyorgarliklarini amalga oshirish bilan bir
qatorda jismoniy tayyorgarlik qolaversa chaqqonlik va tezkorlik fazilatlarini
takomillashtirishga katta e’tibor berish kerak.
Ko‘p yillik sport trenirovkasi uzoq muddatli pedagogik jarayon bo‘lib,
muayyan yosh guruhlarida o‘ziga xos dastur asosida mashg‘ulotlar o‘tkazish
bilan ifodalanadi.
Ushbu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- sog‘lomlashtirish guruhi – 7-8 yosh;
- dastlabki tayyorgarlik guruhi – 9-10 va 11-12 yosh;
- o‘quv-mashg‘ulot guruhi – 13-14; 14-15; 15-16; 16-17 yosh;
Образование и инновационные исследования (2021 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
87
http://interscience.uz
- takomillashuv guruhi – 17-18; 18-19; 19-20 yosh;
- yuqori sport mahorati guruhi – 17 va undan katta yosh.
Shug‘ullanuvchi bolalarning nasliy va hayot davomida jismoniy,
psixologik va morfofunksional imkoniyatlariga qarab, ular kichik yosh
guruhidan katta yosh guruhiga o‘tkazilishi mumkin.
Bolalarni guruhlarga qabul qilish va ularni bir guruhdan ikkinchi guruhga
ko‘chirish me’yoriy test sinovlari natijalari asosida amalga oshiriladi.
Barcha guruhlarda o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot jarayoni quyidagi
vazifalarni hal etishga qaratilishi darkor:
- sog‘liqni mustahkamlash, chiniqtirish, jismoniy, psixologik va
morfofunksional imkoniyatlarni shakllantirish;
- hayotiy zarur harakat ko‘nikmalarini (o‘tirish-turish, yurish-yugurish;
sakrash, siljish-to‘xtash; tortilish va hokazo) takomillashtirish;
- jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamliylik,
egiluvchanlik) taraqqiy ettirish;
- voleybolga oid maxsus sifatlarni (sakrovchanlik, sakrovchanlik
chidamkorligi, tezlik-kuch, o‘yin chidamkorligi, diqqat, xotira, iroda,
zukkolik va hokazo) shakllantirish;
- texnik va taktik malakalarga o‘rgatish va takomillashtirish;
- o‘yin mahoratini o‘quv o‘yini va musobaqalarda oshira borish.
O‘quv-trenirovka jarayonida va akademik darslarda beriladigan jismoniy
va texnik (voleybol) mashqlar o‘z hajmi, shiddati, murakkabligi va qaytarilish
soni jihatlaridan turli yoshdagi va jinsdagi bolalarning funksional hamda
jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda me’yorlanishi kerak.
O‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan jismoniy va texnik-taktik
mashqlarning to‘g‘ri taqsimlanishi malakali voleybolchilar tayyorlash
samarasini belgilaydi.
Boshlang‘ich o‘rgatish jarayonida mashqlarning aksariyat foizi
bolalarning jismoniy va funksional tayyorgarligini shakllantirishga qaratilgan
bo‘lishi kerak, qolgan qismi esa texnik-taktik malakalarini o‘zlashtirishga
mo‘ljallangan bo‘lishi muhim shartlardan biridir. Bu bosqichda turli harakatli
o‘yinlar, shu jumladan voleybol o‘yiniga ixtisoslashtirilgan harakatli
o‘yinlarni qo‘llash tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil qilishga yordam
beradi. Bunday harakatli o‘yinlar o‘rgatish va takomillashtirish jarayonining
barcha bosqichlarida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Takomillashtirish bosqichida asta-sekin umumiy jismoniy mashqlar foizi
qisqartiriladi, maxsus jismoniy mashqlar va texnik-taktik mashqlar foizi esa
ancha ortadi. Mashqlarning hajmi biroz kamaytirilib, shiddati va qaytarilish
soni oshirilib boriladi.
Ko‘nikmalarni mukammallashtirish (mustahkamlash) bosqi-chida
mashqlarni ijro etish shiddati musobaqa darajasiga yetkazilishi lozim.
|