Yosh voleybolchilarni tanlash va texnik taktik mahoratlarini takomillashtirish texnologiyasi



Yüklə 365,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix13.12.2022
ölçüsü365,74 Kb.
#74526
1   2   3   4   5   6
75-Текст статьи-305-1-10-20210711

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №1)
ISSN 2181-1709 (P)
88
Education and innovative research 2021 y. № 1
Bu bosqichda aksariyat musobaqa mashqlari turli o‘yin vaziyatlariga mos 
ravishda qo‘llanilishi katta ahamiyatga ega. Har bir o‘yin malakasini (to‘pni 
kiritish, uzatish, to‘siq qo‘yish, qabul qilish, zarba berish) turli usullarda ijro 
etishga o‘rgatish, masalan, zarba berishning o‘ng va chap qo‘lda nisbatan bir 
xilda bajara olish o‘yin malakalarining ijro etish doirasini kengaytiradi va 
harakat zaxirasini boyitadi. 
O‘rgatish va takomillashtirish jarayonida o‘yin malakalarini uzoq vaqt 
davomida jismoniy, texnik-taktik jihatdan tez, kuchli, chaqqon, aniq va 
vaziyatga mos samarali ijro etilishini ta’minlash uchun aksariyat hollarda 
mashqlar charchash asoratlari mavjud hollarda bajariladi. Lekin, bunday 
mashg‘ulotlar nihoyatda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi darkor. Chunki, 
me’yoridan ortiq yuklama (nagruzka) bola organizmini zo‘riqishga, jarohat 
olishga yoki patologik holatlarga duchor qilishi mumkin. 
Yosh voleybolchilarni tayyorlashda ularni psixologik sifatlarini ham 
parallel tarzda shakllantira borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, 
voleybol o‘yinida yoki o‘yinning ayrim vaziyatlarida muvaffaqiyatga 
erishish barcha sifat, mahorat va qobiliyatlarni yuqori taraqqiy etganligi bilan 
bir qatorda tez fikrlash, tahlil qilish, farqlay bilish, to‘g‘ri baholash, diqqat, 
xotira, oldindan sezish (ansipatsiya), iroda, zukkolik hamda «ayyorlik» 
xislatlarining shakllangan bo‘lishini talab qiladi. 
Iste’dodli yosh voleybolchilarni tayyorlash samaradorligi ko‘p jihatdan 
sport to‘garaklari va sport maktablariga qabul qilishda tanlov jarayonini 
maqsadga muvofiq tashkil qilishga bog‘liq bo‘ladi. 
«Tanlov» – ko‘p yillik jarayon bo‘lib, o‘z ichiga dastlabki tanlov, qayta 
tanlov (guruhdan guruhga o‘tkazishda saralash), o‘yin funksiyalari bo‘yicha 
tanlov o‘tkazish, jamoa tarkibiga tanlov asosida qabul qilish kabi bosqichlarni 
kiritadi. 
O‘quv-trenirovka jarayonida murabbiy o‘z rahbarligi ostida 
shug‘ullanayotgan turli yoshga mansub guruh a’zolari tarkibidan qobiliyatli, 
boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bolalarni tanlab olishi va ularni o‘ziga faol 
yordamchi qilib tayyorlashi nafaqat mashg‘ulotlar samaradorligini oshiradi, 
balki sport intizomi, umuman ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq 
tashkil qilishga yordam beradi. Ushbu masalaning yana bir ahamiyatli 
joyi, ya’ni yordamchi faollar joyi shundaki, yordamchi faollar ommaviy 
voleybolni tashkil qilishda, iste’dodli bolalarni izlab topish, turarjoylarda – 
mahallalardagi bolalarni voleybolga jalb qilish, musobaqalar tashkil qilish, 
me’yoriy mashq-testlarini hamda «Alpomish» va «Barchinoy» testlarini 
qabul qilishda alohida o‘rin egallaydi.
Har bir murabbiyni sport to‘garagi va sport maktablarida o‘quv-trenirovka 
jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishi uchun shug‘ullanuvchi bolani 
ta’lim olayotgan maktabi, o‘qituvchilari va ota-onalari bilan hamkorlikda 


Образование и инновационные исследования (2021 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
89
http://interscience.uz
ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, murabbiy mashg‘ulotlarni 
samarali olib borishi, shug‘ullanuvchi bolaning mashqlarni o‘zlashtirishi, 
uni mahoratini shakllanishi shu bolani maktab va uydagi ahvoli, kayfiyati, 
dunyoqarashi, qiziqishi hamda xislat va boshqa omillarga bog‘liqdir.
Ma’lumki, shug‘ullanuvchi bolani o‘quv-trenirovka jarayonida mashqlarni 
ongli tushungan holda ijro etishi, yuklamani qanday ijro etayotganligini sezishi, 
malaka va ko‘nikmalarni hamda o‘yin sirlarini mukammal o‘zlashtira olishi 
ko‘p jihatdan uning nazariy-intellektual tayyorgarligiga ham aloqadordir. 
Demak, har bir murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan bola haqida 
barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi, shu bolani nafaqat malakali sportchi qilib 
yetishtirishga yordam beradi, balki ma’naviy-madaniy jihatdan yetuk inson 
qilib tarbiyalashda muhim rol’ o‘ynaydi.
Shug‘ullanuvchi bolalarni yoshi, o‘rgatish va takomillashtirish bosqichi 
hamda guruhlarning nomiga qarab nazariy va amaliy mashg‘ulotlarga 
ajratilgan o‘quv soatlari «pastdan» «yuqoriga» qarab taqsimlanadi.
Sog‘lomlashtirish va dastlabki tayyorgarlik guruhlarida umumiy jismoniy 
tayyorgarlik eng ko‘p soatlar hajmini, maxsus jismoniy tayyorgarlik – kamroq, 
texnik – yana kamroq va eng kam soatlar hajmini taktik tayyorgarlik egallaydi. 
Keyingi guruhlarda mashg‘ulotlar hajmi borgan sari ixtisoslashuvga qarab 
yo‘naltiriladi. Ya’ni, maxsus jismoniy tayyorgarlik soatlar bo‘yicha ustun 
bo‘ladi, texnik va taktik mashqlar hajmi ortib boradi. 
Xulosa
Bolalarni voleybol sportiga yo‘naltirish va saralash tadbirlarini uslubiy 
jixatdan to‘g‘ri tashkil etish, voleybol bo‘yicha yuqori malakali sportchilar 
tayyorlash vazifalari bajariladi. Sport turlariga bolalarni yo‘niltirish va 
saralashda ularning shaxsiy qiziqishlari hamda jismoniy qobilyatlarini 
etiborga olish muxim ahamiyatga ega. 
Bolalarni voleybol sportiga 12-14 yoshdan yo‘naltirish mumkin. 
Yosh voleybolchilarni dastlabki tayyorgarlik mashg‘ulotlari ularni 
voleybolchilarga muvofiq bo‘lgan jismoniy fazilatlari tezkorlik, chaqqonlik 
sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Voleybol o‘yini texnikasi 
va taktikasining asosiy shakllari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar egallanishi 
uchun tayyorgarlik olib borilishi kerak. Asosan voleybolchining sakrash, 
yugurish, o‘tirish va tishlanish harakatlari hamda o‘yinga to‘p kiritish, to‘p 
qabul qilish, to‘p uzatish harakatlari texnikasi o‘rgatiladi. Taktik harakatlardan 
voleybol o‘yinida ishtirok etish, soxta harakatlar, fintlar bajarish bo‘yicha 
malakalar hosil qilinadi.
Yosh sportchilarning trenirovka mashg‘ulotlari davrlarga bo‘linib tashkil 
etiladi. Tayyorlov davrida yosh voleybolchilar voleybol o‘yini texnika va 
taktikasi elementlarini egallab boradilar, jismoniy fazilatlari rivojlantiriladi. 
Shu bilan birga yosh sporchilarda ma’naviy, axloqiy hamda ruhiy iroda 



Yüklə 365,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin