Yoshga qarab basketbol o‘yiniga o‘rgatish uslubiyatining xususiyatlari


O‘rta yoshdagi basketbolchilar bilan ishlash uslubiyatlari



Yüklə 133 Kb.
səhifə3/3
tarix28.09.2023
ölçüsü133 Kb.
#150349
1   2   3
Yoshga qarab basketbol o‘yiniga o‘rgatish uslubiyatining xususiyatlari

Orta yoshdagi basketbolchilar bilan ishlash uslubiyatlari
13-14 yoshliklar. Asosiy vazifa – bolalarni sport faoliyatiga jalb etish. Bo‘lajak mohir sportchini tayyorlashning bu davri juda muhim davr hisoblanadi. Chunki bu yoshda kichik basketbolchilarning yosh – jins xususiyatlari va ularning rivojlanishi o‘quvchilarda harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish. Ularda qobiliyat va mayllarni namoyon etish bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zlagan holda ish olib borish uchun g‘oyat katta imkoniyat yaratib beradi.
Tayyorgarlik vazifalari:
A) sport texnikasini, ilgari o‘rganilgan mashqlarni mustahkamlash va kengaytirish hamda zamonaviy texnikani egallash;

B) guruh bo‘lib va butun jamoa bilan o‘ynaganda o‘zaro kelishib harakat qilish qoidalarini egallash, muayyan taktik tizimlar va ularning murakkab harakatlaridan foydalanish vaqtida qo‘llanilgan o‘zaro harakatlarga ushbu qoidalarni tatbiq etish.


D) umumiy jismoniy tayyorgarlikni yanada takomillashtirib borish, aniq o‘yin faoliyatida foydalaniladigan maxsus sifat va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun mashqlar hajmini asta sekin oshirib borish;
E) jamoada ehtimol tutilgan o‘yin funktsiyalarini belgilab olish uchun yakka mayllar va qobiliyatlarini aniqlash.
O‘rta yosh – bu jinsiy yetilish davridir. Bu davrda yoshlar gavdasi bo‘yiga tez o‘sadi, mushak tizimlari kattalashadi, asab tizimi jadal ravishda rivojlanadi. Bu davr shunisi bilan qimmatliki, bolaning organizmi jismoniy mashqlarning tarbiyaviy ta‘siriga va sog‘lomlashtiruvchi ta'siriga ko‘proq darajada beriluvchan bo‘ladi. Organizmning rivojlanishi barcha bolalarda to‘lqinsimon tarzda rivojlanadi hamda bir hilda kechmaydi. O‘sish sur'atlari nihiyatda yakka holda bo‘ladi, bu esa pedagogik ishlar olib borish uchun juda muhimdir.
Bilim saviyasi kengayib borgani sari yangi-yangi hissiyotlar vujudga keladi. Bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘aluvchanlik hamda asab tizimi umumiy tashqi ta'sirchanlik ortib borishi psixikada inikos etadi. U beqaror bo‘lib qoladi. Bu yoshdagi yigit-qizlar, ko‘pincha, o‘jar, sal narsaga ham xafa bo‘ladigan, haddan tashqari ta'sirchan bo‘lib qoladilar. Ular biroz cho‘ziladigan zo‘riqishlarni, uzoq davom etadigan musobaqalarni yomon ko’radigan, mashg‘ulotlardan qattiq iztirob chekadigan, mashg’ulot yuklamalarining jadalligini ko‘tara olmaydigan, mashqlardagi bir xillikdan zerikadigan bo‘lib qoladilar. O‘z kuchiga haddan tashqari ortiqcha baho berish hollari ham tez-tez uchrab turadi.
Bu yillar ichida harakat bilan bog‘liq har xil funksiyalarning rivojlanishi, ayniqsa, yuksak darajaga ko‘tariladi. Bu yoshdagi yigit-qizlar o‘ta egiluvchanlik, bukiluvchanlik bajaradilar. Yangi murakkab harakat muvofiqligini, katta tezlik, aniqlik, rivojlangan mushak hissi, yaxshi mo‘ljal ola bilish va yaxshi xotira talab qilinadigan murakkab harakatlarni o‘rganib olishga qodir bo‘ladilar.
Ayni vaqtda umumiy jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish ustida olib oriladigan ishlar davom ettiriladi. Asta sekin maxsus jismoniy sifatlarni va, ayniqsa, tezlik-kuch sifatlarini takomillashtirish bo‘yicha bajariladigan mashqlar tobora ko‘proq ahamiyat kasb eta boshlaydi.
Sport texnikasi ustida ish olib borayotgan vaqtda ancha usullardan foydalaniladi. Texnika ustida ishlaganda u qo‘llanayotgan sharoitni murakkablashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak. Raqib bilan mashq qilib bir-biriga qarshi qilinayotgan harakatlar kuchayib borayotgan sharoitda o‘zaro, ta'sir ko‘rsatib bajariladigan majmua tavsifdagi mashqlar kattagina hajmini tashkil etadi. Mashg‘ulot ishida texnikani takomillashtirish va jismoniy sifatlarni o‘stirishga qaratilgan mashqlarni bir-biriga qo‘shib bajarish kerak.
To‘p tashlash texnikasini ustida ish olib borilayotgan vaqtda asosiy e'tibor aniqlikni rivojlantirishga qaratiladi. Bolalarni to‘p tashlashga, uni qo‘ldan tegishli tezlik asosida chiqarish mahoratiga va to‘pni nishonga tekkizishga o‘rgatiladi. To‘p tezligi uni tegishli yo‘nalishda uchib borishi bilan qo‘shib amalga oshirilishi kerak.
Bu davrda taktik tafakkur va xulq atvor malakalarini hamda mahoratini shakllantirish bo‘yicha bajariladigan ishlar katta o‘rin tutadi. Bunda ishni ikki va uch o‘yinchi o‘zaro kelishib harakat qilish yo‘llari, o‘yin o‘tkazishning asosiy tizimlari o‘rnatiladi.
O‘yinga tayyorgarlik ishlari, asosan, jamoani shakllantirishga, o‘yinning o‘yin ko‘rsata olish qobiliyatini oshirishga qaratiladi. Bunda har bir o‘yinchi o‘z o‘rnini va vazifalarini yaxshi bilib olishi kerak. Lekin bu bilan birga, har bir yigit va qiz turli joylarda o‘ynay olishga o‘rganishi zarur. Bu kelajakda sport sohasida ixtisoslashish uchun, taktik bilim doirasini hamda taktik xulq-atvor ko‘nikmalarini kengaytirib borish uchun sportchining yakka qobiliyatlarini to‘laroq ochilishiga yordam beradi.
Trenirovka mashg‘ulotlariga ko‘proq ikki hil yuklama qo‘llaniladi: ya'ni nisbatan uzoq davom etadigan yuklamalar hamda mo‘tadil jadallik bilan o’tadigan yuklamalar, mashqlar o’rtasidagi oraliqlarda dam olishga imkon beradigan yuklamalar.
15 – 18 yoshdagi basketbolchilarni tayyorlashni o’ziga xos xususiyatlari.
15-18 yoshlilar. Bu yoshdagi basketbolchilarni tayyorlashda texnika, taktika va o‘yin mahoratini to‘xtovsiz takomillashtirishga intilish kerak. Buni qo‘llanilayotgan usullarni ko‘paytirish, ularning bajarilish sifatini yaxshilash, o‘zaro raqobatni kuchaytirishga bo‘lgan talablarni yuksaltirish hisobiga amalga oshirish mumkin. Ushbu davrda aniq masalalar hal etiladi:
A) jismoniy tayyorgarlik vositalarini keng qo‘llash va basketbolchi uchun zarur bo‘lgan maxsus jismoniy sifatlarni takomillashtirish hisobiga sportchilarning harakatli tayyorgarligini ko‘paytirish;
B) yangi texnikani egallash, turli usullarni erkin ravishda aralash qo‘llash, sportchining yakka xususiyatlariga texnikani moslashtirish, muayyan taktik masalalariga texnikani bo‘ysundirish hisobiga texnikani takomillashtirish;
D) o‘yin funktsiyalarini mustahkamlash va muayyan vazifalarini eng yaxshi bajarilishini ta'minlovchi ko‘nikmalarini har tomonlama takomillashtirish;
F) turli miqyosdagi musobaqalarda muntazam ishtirok etish yo‘li bilan o‘yin tajribasini egallash;
G) texnikaning samaradorligini yuksaltirish va taktik o‘zaro ta‘siri yaxshilash.
15-18 yoshda birinchi navbatda qizlarda jinsiy yetilish davri tugaydi. Bu jarayon ro‘y berishining yakka sur'atlari shunga olib keladiki, pasportda ko‘rastilgan yosh organizmning amaldagi imkoniyatlari bilan mos kelmaydi.
Jismoniy rivojlanishning bir qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha yigitlar qizlardan oldindan boradi. Masalan, 17 yoshdan yigitlar bo‘yiga ko‘ra qizlardan o‘rta hisobda 10 smga baland bo‘ladi, vazni ko‘ra – 5 kg ga, o‘pkaning hayotiy sig‘imiga ko‘ra 1000 kubga ko‘proq bo‘ladi. Qizlarning gavdasi bo‘yiga o‘sib boradi, umumiy og‘irlik markazi pastroqda joylashadi. Belining yassiligi ortib boradi. Ko‘proq yog‘ to‘plana boradi.
Yigit va qizlarda fe‘l-atvori ham o‘zgaradi. Asab faoliyatining tipologik xususiyatlari yanada aniqroq namayon bo‘ladi. Bu yoshdagi yigit va qizlar har doim ham o‘zini qo‘lga ola bilmaydi. Shu bilan birga, bu davrda iroda mustahkamlanadi, musobaqalar va g‘alabaga intilish, yorqin namoyon bo‘ladi.
Basketbolchilarni jismoniy tayyorgarligida jismoniy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan mashqlar bilan bir qator maxsus sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning hissasi tobora ortib boramoqda. Epchillik, tezkorlik ustidagi ishlar davom etmoqda. Kuch va chidamlilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunga erishishning yo’llarini tanlashda tezlik-kuch tavsiflaridagi mashqlarga kattaroq o‘rin beriladi. Chidamlilik oshirishga qaratilgan mashqlar uyin faoliyatiga o‘xshash tavsifga ega bo‘lib qoladi. Bunday mashqlarning jadalligi juda tez ortib boradi, lekin ular qisqa muddatli bo‘ladi va kuchni tanlab olish uchun yetarli bo‘lgan dam olish daqiqalariga ega bo‘ladi. Shu maqsadda texnik va taktik harakatlarda barcha mashqlarni qo‘llash mumkin, lekin ularni imkon bo‘lgan eng katta tezlikda, joydan-joyga tez ko‘chish va aks ta'sirlar sharoitida bajarish kerak.
Texnikani takomillashtirish uchun juda ko‘p vosita va uslublar ishlatida, xususan:
A) usul va usullar majmuasini aynan bir xil sharoitlarda ko’p marotaba takrorlab bajarish;
B) har bir mashqdan keyin dam olish oraliqlari bo‘lgan o‘zgarib turadigan sharoitlarda (bunda holat yoki sharoitning oldindan usullar majmuasini bajarish);
D) o‘shaning o’zi, lekin sharoit keskin o‘zgarib turadi;
E) ko’payib boruvchi qarshi harakatlar sharoitida usullar bajarish.
Taktik tayyorgarlik kichik guruhlarda umuman, butun jamoada o‘zaro kelishib bajariladigan barcha taktik harakatlarni egallab olishga asoslangan. Umumiy o‘yin rejasi zaminida taktik tashabbusni rivojlantirishga asosiy e'tibori qaratiladi. Sheriklar va raqiblar harakatini tahlil qilish juda muhimdir.
O‘quv-mashg‘ulot ishlarida jamoadagi funktsiyalar buyicha har bir sportchi malakasini yakka tarzda takomillashtirishga hamda bo‘g’inlar va jamolarning o‘zaro kelishib harakat qilishiga katta e'tibor beriladi.
Mashg‘ulotlarga ajratiladigan vaqt haftasiga 12-14 soatga qadar oshirib boriladi. Guruhdagi kishilar soni 12-15 kishidan oshmasligi kerak. Jamoa bo‘lib bajariladigan mashqlarga ham, yakka mashqlarga ham samarali rejalar tuzishdan iborat ish shakli qo‘llaniladi. Musobaqalar salmog‘i ancha katta: bir yil mobaynida kamida 30-40 musobaqa o‘tkaziladi.
Yuksak sport mahoratiga erishi vazifasini hal qilishga qaratilgan vositalar va uslublarning ancha katta bo‘lishiga qaramasdan, bu yerda pedagogik yo‘nalishga rioya etilishi shart.
Bolalar va o‘smirlar guruhlari bilan ishlash xususiyatlari. Yosh baskеtbolchilarni tayyorlashda, avvalambor, o‘sayotgan organizmning fiziologik xususiyatlariga va tayyorlash vazifalarining ish xususiyatlariga mos kеlishiga asoslanishi kеrak. To‘g‘ri va o‘z vaqtida qo‘yilgan jismoniy va funksional tayyorgarlik asoslari asosiy malaka va mahoratlarni shakllantirish jarayoni bilan birgalikda kеlgusida yuqori sport natijalariga erishish uchun yordam bеradigan ishni olib borishga imkoniyat tug‘diradi.
Quyidagi vaziyatlarni hisobga olish zarur:
1)yosh o‘zgarishi bilan birga, bolaning organizmi ham o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar nafaqat son jihatdan (bo‘y, vazn), balki sifat jihatdan ham egadirlar. Shuning uchun kattalarga qo‘yiladigan talablarni, bolaning yoshiga mutanosib ravishda yuzaki tarzda kamaytirib, bolalarga qo‘yish mumkin emas;
2)bola organizmining rivojlanishi uzluksiz, ammo notеkis holda kеtadi (kеchadi). Ma'lum bir davrlarda muhim o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi (bo‘ynning mushak massasining o‘sishi, organ va tizimlarining rivojlanishi har xil yoshga qarab bo‘lingan davrlarda sur'at jihatdan ham, mеtobolik jarayonlar xaraktеri jihatdan ham turlichadir). Masalan, qizlarning jinsiy yеtilishi davri o‘g‘il bolalarnikiga qaraganda ancha ertadir, qizlar 11-13 yoshda bo‘y va vazn jihatidan o‘g‘il bolalardan o‘zib kеtishadi, o‘g‘il bolalarda mushak kuchi 13-14 yoshda, ayniqsa, jadal ravishda o‘sadi, qiz bolalarda esa 11-12 yoshda;
3)bolalarning jismoniy sifatlarning va boshqa qobiliyatlarning rivojlanish sur'atlari ma'lum bir davrlarga to‘g‘ri kеladi. Natija ma'lum bir jismoniy sifatlarni va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qulayroq shart-sharoitlar yaratiladi. Masalan, sеzuvchanlik tеzligi 15 yoshgacha rivojlanadi, yuqori tеzlikning o‘sishi 13-14 yoshlarga, ayniqsa, jadal ravishda bo‘lib o‘tadi. O‘g‘il bolalarda yuqoriga sakrash natijalarining eng yuqori o‘sishi 9-13 yoshda kuzatiladi, kеyinchalik bu jarayon barqarorlashadi, qizlar esa ba'zan 15 yoshdan kеyin vaqtinchalik yomonlashadi ham.
4)harakatning har xil turlarida qizlarning va o‘g‘il bolalarning ko‘rsatkichlari yoshiga qarab bo’lingan guruhlarga qarab turlicha bo‘ladi. Shuning uchun yosh o‘sishi natijasida vujudga kеladigan shart-sharoitlarni hisobga olish kеrak;
5)har bir organizmning yakka tarzda rivojlantirishini yodda tutish zarur. Kalеndar, pasport yoshidan tashqari, jismoniy rivojlanish saviyasini, harakatlantiruvchi imkoniyatlarini, jinsiy yеtilish va h.k. tasniflaydigan biologik yoshni ham hisobga olish tavsiya etiladi. Kalеndar yoshi biologik yoshga to‘g‘ri kеlmasligi ham mumkin.
BO‘SMning baskеtbol bo‘limiga o‘quvchi tanlash.
Zamonaviy talablar darajasida yuqori sport natijalariga erishish har bir xohlovchining qo‘lidan kеlavеrmaydi. Shuning uchun BO‘SM da ishlashda muvaffaqiyat bir qator omillarga bog‘loiqdir. Eng muhim omillardan esa o‘quvchilarni tanlashdir. BO‘SM ga bolalar 11-12 yoshida qabul qilinadi. Kеyingi yillarda o‘quvchining boshlanishi va yuksak sport mahoratiga erishishning yosh chеgaralari kеskin pasayganligi tufayli BO‘SM ga bolalarning 8 yoshdan qabul qiluvchi tayyorgarlik guruhlari tashkil etilmoqda. Bu guruhlarning asosiy vazifasi-shug‘ullanuvchilarning salomatligini mustahkamlash va o‘yinning asosiy ko‘nikmalari hamda mahoratini shakllantirishdir. Baskеtbol mashg‘ulotlariga moyillagini aniqlash imkonini bеruvchi bolalar qobiliyatining rivojlanishi dinamikasini o‘rganib borish, ayniqsa, muhimdir.
Baskеtbolda sport jihatidan yanada takomillashuvi istiqbolli bo‘lgan bolalarni, iloji boricha, ertaroq va to‘g‘ri aniqlash o’quvchilar tanlashning birinchi navbatdagi muammosidir.
Yosh baskеtbolchilarni tanlab olishda bir qator aniqlovchi tavsifnomalar ajralib turadi: a) bo‘yining ko‘satkichlari; b) jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi; d) tеxnik tayyorgarlik va harakatlarni tеz o‘rgatib olish qobiliyati; g) taktik fikrlash va mahoratni rivojlantiruvchi qobiliyatlar; e) ruhiy barqarorlik.
Bu qobiliyatga baho bеrish BO‘SM ga qabul qilish uchun tayyorlangan nazorat mashqlar va mеzonlarga asos qilib olingan.
O‘quvchilar tanlash muvaffaqiyati oldindan, yaxshi tashkil etilgan ish bilan aniqlanadi. Uning asosiy mazmuni – bu BO‘SM murabbiylarining umumiy ta'lim maktablari va ularning o‘qituvchilari bilan uchrashuvlari, o‘quvchilarni yig‘ish, axborotlar, umumiy ta'lim maktablari nеgizida tayyorgarlik guruhlarini tashkil etish, musobaqalar va boshqa ommaviy tadbirlarga borib turishdadir.
O‘qitish natijalarini oldindan aytib bеrish ancha qiyin bo‘lganligi uchun tanlov ikki bosqichga ajratiladi.
Birinchi bosqichning maqsadi saralash tanlovining nomzodlarini aniqlash. Shuning uchun murabbiy maktabdagi jismoniy tarbiya darslariga, bayramlarga, musobaqalarga va boshqa tadbirlarga qatnab, oldindan katta miqdordagi bolalarni ko‘rib chiqadi.
O‘quvchilarni tanlashdagi birlamchi mеzonlar quyidagilardir: sog‘ligida nuqsonlarning yo‘qligi, harakatlarning muvofiqligi, umumiy harakatchanlik, o‘yinlar faoliyatiga moyilligi.
Birlamchi ko‘rikda tanlab olingan bolalar saralash tanloviga qo‘yiladi. U ismoniy sifatlar rivojlanishning boshlang‘ich darajasi va maxsus qobiliyatlarini tavsiflovchi nazorat mashqlarning majmuasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Bular tayyorlov guruhlarning o‘quv mashg’ulot ishlari jarayonida murabbiyning bundan kеyingi kuzatuvlari uchun boshlang‘ich ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi bosqich bolalarni o‘rganishda, ularning o‘qib-o‘rganish jarayoni va rivojlanishini kuzatishga qaratilgan. Bu davrda baskеtbol talablariga yakka qobiliyatlarining mos kеlishi tеkshiriladi. Bunda bolaning o‘zini tutishi, mustaqillik va jamoachilik hislarning namoyon bo‘lishi, faolligi, dovyurakligi, maqsadga yiqilishi va sport-tеxnika ko‘nikmalarini tеz o‘rnashiga bo‘lgan qobiliyati o‘rganiladi.
O‘quvchilarni tanlash uslubiyati turli tеstlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Ular qiziqtirayotgan omillar bo‘yicha xolisona tavsifnomalar olish imkonini bеradi: jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi, maxsus muvofiqlik, o‘yinga qobiliyatlar oliy asab faoliyatining xususiyatlari, ruhiy holatlari va shifokor ko‘rsatmalari.
XULOSA
Jismoniy sifatlarga baho bеrish uchun nazorat mashqlar ishlatiladi. Ular birinchi galda tеzlik-kuch sifatlarining rivojlanganlik darajasi haqida bilish imkonini bеradi. Ushbu sifatlarning rivojlanganlik darajasi ko‘p narsani oldindan aytib bеrishi mumkin. Bir vaqtda maxsus muvofiqlashuvlar ham o‘rganib boriladi.
Nazorat mеzonlar majmuasiga quyidagilar kiradi: baland startdan 20 mеtr masofaga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, sakrash balandligi, 1,5 mеtr masofadan to‘pni tеz uzatish, jarima to‘pini tanlash sathini aylanib chiqish, to‘p o‘ynab tеzlikka yugurish 40 m, baland startdan 60 va 30 m ga yugurish. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir yoshi uchun alohida mеzonlar o‘rnatilgan.
O‘yin qobiliyatlarini aniqlash quyidagi harakatchan o‘yinlarda bolalarning o‘zini tuta bilishiga qarab amalga oshiriladi: «Choparlar», «ovchilar», «to‘p uchun kurash», «tеzda qalqonga». Har bir o‘yinda o‘yin qobiliyatlarining turli tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majmuasi qayd etiladi.
Oliy asab faoliyati va ruhiy holatlarning xususiyatlariga baho bеrish uchun o‘quvchilarni tanlashda ularning psixofiziologik tavsiflari hisobga olinadi. Chunki ular o‘yin faoliyati jarayonida nafaqat yorqin namayon bo‘ladi, balki ular mutaassib ham. Sportcha takomillashuv jarayonida yo‘naltirilgan o‘zgarishlar ham kam ta'sir qiladi. Bunda ularning natijalarini oldindan aytib borish juda qimmatlidir, chunki o‘yin sifati yosh ulg‘aygan sari o‘zgarmasa, dеmak, yuksak rivojlanish darajasi bir qayd etilsa, undan ham kattaroq yoshda yana ham yuksakroq natijalarga erishishi mumkinligiga kafolat bеrish mumkin.
Adabiyotlar
1.Qasimov A.Sh., Rasulev O.T, Ismatullaev X.A. Basketbol. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 1986-y.
2.Rasulyev O.T. Basketbol. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. Toshkent, 1998-y.
3.Rasulev O.T, Sokolova, N.D, Ismatullaev X.A. Basketbol. Ixtisos qursi bo‘yicha dastur, Toshkent, 1993.
4.Sokolova N.D. G’aniyeva F.V. Ismatullayev X.A. Basketbol. Ma‘ruzalar to‘plami, Toshket, 2001.
5.V.P.Kovalev. Sportivno`e igro. Moskva, 1988
Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin