Yoshlar-inavatsiyon g`oyalar tashabuskori



Yüklə 8,91 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü8,91 Kb.
#191416
  1   2
Yoshlar-inavatsiyon g`oyalar tashabuskori

Yoshlar-inavatsiyon g`oyalar tashabuskori

1K 2 student:Orazimbetov Aslanbek

  • Bundan bir necha yil oldin “innovatsiya” so'zi ko'pchilik uchun notanish tushuncha edi. Xorijdan kirib kelib, qulog'imizga tez-tez chalina boshlagan bu atamani ahyon-ahyonda qo'llay boshladik. Ammo ko'p o'tmay — Yangi O'zbekiston islohotlari avvalida rivojlana boshlagan zamonaviy texologiyalar va bilimlar sabab bugun “innovatsiya” til lug'atimizdagi asosiy so'zlardan biriga aylandi.
  • Hozirgi dunyoda innovatsion taraqqiyot modellarini joriy etish, ilg'or g'oyalar, “nou-xau” va “aqlli” texnologiyalarni eksport qilish hisobidan tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar soni tobora ortib boryapti. Tan olishimiz kerak, ma'lum muddat mamlakatimizda bu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar qoniqarli bo'lmadi. SHu bois, davlatimiz rahbari o'z lavozimiga kirishgan dastlabki yillardanoq bu yo'ldagi dolzarb muammolarni hal etishga qat'iy chog'landi.
  • Prezidentimiz ta'kidlaganidek, “Innovatsiya — bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion g'oyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo'liga o'tishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”.
  • Bu so'zlar amalda ham o'z isbotini topa boshladi. Harakatlar strategiyasida aynan innovatsiyalar masalasiga alohida urg'u berildi. Xususan, unda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi.
  • G'oyalar amalga oshadi!
  • Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligida 3 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelyapman. Bu yerda biz ishni avvalo, innovatsiya o'zi nima ekanini odamlarga tushuntirish, u bizga qanday imkoniyatlar bera olishidan xabardor qilishdan boshladik. Bugunga kelib, innovatsiya — foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o'rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o'rnatishdagi yangi tashkiliy uslub ekanidan ko'pchilik xabardor.
  • Vazirlikda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni ta'kidlash uchun birgina mening talabalik davrimdagi va hozirgi talabalarga berilayotgan imkoniyatlarni taqqoslashning o'zi kifoya. Men oliy o'quv yurtida tahsil olgan kezlarim grantlarni qo'lga kiritish juda qiyin edi. Hatto, grantlarning turlari ham kam bo'lgan. Qizig'i, grant olish uchun qanday turdagi loyihalarni shakllantirish yoki taqdim etishni bilmasdik. Bu borada bizga yordam beradigan xizmat turlari ham yo'q edi. Shu bois, grant olishga loyiha topshirish men uchun katta orzudek tuyulardi.
  • Oxirgi 3-4 yil ichida yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Bu mubolag'a emas, aksincha, shu kunlarni orzu qilgan bir yigit tilidan chiqayotgan shukronalik so'zlari, xolos. Axir, qachon o'z g'oyasi, loyihasiga ega yigit-qizlar vazirlik darajasida qo'llab-quvvatlangan, ular uchun turli tanlovlar tashkil etilgan? Bugun bu ishlar odatiy holga aylandi. Yoshlar “Start up”, “TexnoWays” singari yirik texnologik rivojlanish marafonlarida o'z iqtidor va imkoniyatlarini namoyon etyapti. Grantlar g'olibiga aylanib, ishlanmalarini foydali qurilmalarga aylantiryapti...
  • Ana shunday yigit-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida birinchilardan bo'lib “Yoshlar akademiyasi” tashkil etildi. Tuzilma qisqa vaqtda innovatsion loyihalar va g'oyalarga ega iqtidorli yoshlar, talabalar hamda 40 yoshgacha bo'lgan olimlar va tadbirkorlarni birlashtiradigan, ularni har tomonlama rag'batlantiradigan maydonga aylandi.
  • Akademiyaga o'z jamoasi, ilmiy ishlanmasi, g'oya yoki startap loyihalariga ega 40 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar qabul qilinadi. Yosh ixtirochilar bu yerda “G'oyalar generatorlari”, “Startaplar”, “Biznes vakillari” hamda “Bo'lajak akademiklar” kabi 4 ta platformadan birida faoliyat yuritishi mumkin.
  • Ayni paytda Yoshlar akademiyasining 2 mingga yaqin a'zosi bor. Ular geologiya, matematika, fizika, qishloq xo'jaligi, kimyo sanoati, sog'liqni saqlash, ta'lim, sun'iy intellekt, robototexnika va mexatronika, dasturlash, 3D modellashtirish va boshqa yo'nalishlarda o'z loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. A'zolar orasida innovatsion va amaliy ishlanmalarini hayotga tatbiq etib, muayyan soha rivojiga hissa qo'shayotgan faol va tashabbuskor jamoalar ko'pchilikni tashkil etadi.
  • Bugun ular tomonidan ishlab chiqilgan ko'plab loyihalar hayotimizga keng joriy etilmoqda. Xususan, ayni paytda turli sohalarda foydalanilayotgan, tug'ma qo'lsiz va hayoti davomida qo'li amputatsiyaga uchragan nogironlar uchun bionik protezlar, o'pkani sun'iy shamollatish apparatlari uchun maxsus oksigenatsiya niqoblari, kiyimlar, bolalar o'yinchoqlari va boshqa uy-ro'zg'or buyumlaridagi bakteriya va hidlarni bartaraf etishga mo'ljallangan “CleanBox” qurilmasi, avtomobillar xavfsizligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Carwon smart security system” mobil ilovasi, maishiy chiqindilar asosida sun'iy uglerodlashtirilgan material olish qurilmasi, rangli metall buyumlar quyish uchun vakuum asosida ishlaydigan “Humo S1” uskunasi, “Sky project” virtual parashyut simulyatori va boshqa bir qancha ixtirolar o'zbek yigit-qizlari, xususan, “Yoshlar akademiyasi” a'zolari tomonidan yaratilgani bizni quvontiradi.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin