Yoshlar psixologiyasi


"Dahshatga soluvchi" fikrlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə23/41
tarix20.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#162831
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
yangi psixologik konsultatsiya (1)

"Dahshatga soluvchi" fikrlarbiror hodisa, odam, narsa o'ylaganidan ko'ra boshqacha bo'lib chiqsa, go'yo falokat bo'ladigandek idrok etiladigan fikrlar. Masalan, "U kelgunicha hamma joyni


tozalamasam, juda yomon bo'ladi".

  1. "Kerak" va "lozim". Agar dunyo shaxs o’zi istaganiday bo'lib chiqmasa, buni hazm qilolmaslikka doir fikrlar. Masalan, "Yigit kishining sochi kalta bo'lishi lozim". Bu birinchi guruhga o'xshab ketadi.

"Tanbehlar". Odam o'zi yoki boshqa birov qilinishi kerak va lozim bo'lgan ishni qilmasa, yuzaga keladigan kamsituvchi fikrlar. "U vaqtida

kelmaydi. Yaxshi odam emas".

Irratsional fikrlar nomidan ko'rinib turibdiki, ratsional emas — ya'ni haqiqatga, sog'lom aqlga to'g'ri kelmaydi. Irratsional fikrlar kishida qancha ko'p bo'lsa, olamga moslashishi, odamlar bilan munosabatda bo'lishi qiyinlashadi. Bu esa nevrozga olib borishi mumkin. Nevrozdan uzoq turish uchun — hayot, odamlar haqida qat'iy fikrga ega bo'lmaslik, butun dunyoni o'ziga moslashtirishga intilmaslik lozim. Aynan shu irratsional fikrlar shaxsning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Albert Ellis shunday irratsional ishonchlardan qutulish sxemasini ishlab chiqdi. Ushbu sxema quyida havola etilmoqda.

lbert Ellis fikriga ko’ra irratsional fikrlardan xalos bo’lish uchun ularni parchalash lozim ekan. Ana shunda inson o’zida kutilgan xulq-atvorni shakllantira olar ekan. O’rinli savol tug’ilishi tabiiy. Irratsional fikrlarni qanday qilib parchalash mumkin?! buning uchun shaxs o’zidagi irratsional fikrlarni ratsional ishonchlarga aylantirishi lozim. masalan, hamma meni yaxshi ko’rishi lozim, bo’lmasa men noqulay ahvolga tushaman qabilida emas hamma meni yaxshi ko’rmasa ham o’zimni yaxshi his qilaveraman yo’sinida fikrlashga odatlanishi lozim.


Sotsial psixoologik treninglarda qatnashayotgan turli yoshdagi a’zolar ham tafakkur tarzida mavjud bo’lgan shu kabi irratsional ishonchlar sabab turli psixologik muammolar bilan to’qnashadilar. Shuning uchun ham bugungi kunda psixologik treninglarda trener tomonidan ratsional emotiv terapiya g’oyalaridan samarali foydalanilmoqda. Natijada, trening ishtirokchilarida shaxsda shakllanib qolgan irratsional fikrlarni ratsionaliga almashtirish malakasi shakllanmoqda.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin