Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport


Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar
“Harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyаti” modulini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
Tinglovchi:
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni;
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari talablarini;
sport sohasida erishilgan yangi yutuqlar, ilmiy natijalar, yaratilgan ilmiy adabiyotlarni;
jismoniy tarbiya funksiyalari va vositalarini;
respublikamiz sportchilarining xalqaro musobaqalarda erishgan natijalarini;
soha bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni, xorijiy tildagi manbalardan foydalanishni;
noan’anaviy sport anjomlarini qo‘llash metodikasini;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining fiziologik-psixologik asoslarini;
jismoniy sifatlarni tarbiyalash asoslarini;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarni rejalashtirishni;
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’qiqlangan mashqlarni;
gimnastika nazariyasi va metodikasini;
harakatli o‘yinlarni turlari va o‘qitish uslubiyotini bilishi kerak.
Tinglovchi:
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalar organizmida yuzaga keladigan anatomik va fiziologik holatlarini bilish;
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va mashqlarning bolalar organizmini umumiy rivojlanishiga ta’sirini bilish;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda uning vositalaridan foydalana olish;
boshlang‘ich gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasini qo‘llash;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkillashtirish shakllari va xususiyatlarini bilish;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridagi yuklamalarning bolalar organizmiga ta’siri, toliqish va tiklanish jarayonlarini bilish;
bolalarni yoshiga mos harakatli o‘yinlarni tanlash va o‘yinlarni tashkil eta olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Tinglovchi:
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar asosida tashkil etish;
sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishda zamonaviy uslublaridan foydalanish;
soha bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar asosida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini hayot faoliyati xavfsizligi qoidalariga asosan tashkil etish;
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’qiqlangan mashqlardan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda foydalanmaslik;
zamonaviy jihoz va texnik vositalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llash;
bolalar yoshiga mos harakatli o‘yinlarni tanlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish malakalariga ega bo‘lishi zarur.
Tinglovchi:
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda uning vositalaridan foydalanish;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda hayot faoliyati xavfsizligi qoidalari asosida tashkil etish;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish noan’anaviy sport anjomlaridan foydalangan tarzda tashkil etish;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish noan’anaviy sport anjomlaridan foydalanish;
mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishning samarali texnika va taktikalaridan foydalanish;
sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishda zamonaviy metodlardan foydalanish;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazish;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida zamonaviy jihoz va vositalarni qo‘llash kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin