I. ISHCHI DASTUR Modulning maqsadi va vazifalari Modulning maqsadi: maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlarining innovatsion yondoshuvlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, sohadagi ilg‘or tajribalar, zamonaviy bilim va malakalarni o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etishlari uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, shuningdek ularning ijodiy faolligini rivojlantirishdan iborat.
Modulning vazifalari: “Jismoniy tarbiya instruktori” yo‘nalishida tinglovchilarning zamonaviy kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini takomillashtirish va rivojlantirish;
tinglovchilarning ijodiy-innovatsion faollik darajasini oshirish;
jismoniy mashqlarni o‘rgatish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini samarali tatbiq etilishini ta’minlash;
jismoniy mashqlarni o‘rgatishning innovasion texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalarini o‘zlashtirish;
“Jismoniy tarbiya instruktori” yo‘nalishida malaka oshirish jarayonlarini fan va ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar bilan o‘zaro integrasiyasini ta’minlash.