Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport


Kun va tun Pedagogik vazifasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə33/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Kun va tun
Pedagogik vazifasi. Diqqatni, tezlik reaksiyasini va tezkorlik sifatini tarbiyalash.
Psixologik ahamiyati. Bolalarda psixologik (diqqat,tezkor fikrlash, xotira) va psixofiziologik (abjirlik, tezkorlik, koordinatsiya) xususiyatlarini shakllantirish.
Tayyorgarlik ko‘rish. Maydon o‘rtasida ko‘ndalangiga yoki eniga 1-1,5 metr masofada ikkita parallel chiziq chiziladi, ularning ikki tomonida ularga 10-20 metr masofada parallel chiziq chiziladi va “o‘yinlar” chizig‘i deyiladi. O‘yinchilar teng ikki komandaga bo‘linadilar hamda ular o‘zlarining o‘rta chiziqlarida saf tortib turadilar va o‘zlari uylari tomon burilib yuzma-yuz qarab turadilar. Shunday qilib, ular bir biriga orqalarini o‘girib turadilar. O‘yinchilar bir biriga yon tomonlari bilan (rahbarga yuz bilan qarab) turishlari mumkin. Ulardan biri “Kun”, boshqasi “tun” deb nom beriladi.
O‘yin tasnifi. Rahbar o‘rta chiziqning yon tomonida turadi va kutilmaganda “Kun” deb aytadi va “Tun” komandasi o‘yinchilari ularni quvlab, ushlaydilar. Ushlangan o‘yinchilarni hisoblab chiqilgandan keyin (ularni soni yozib qo‘yiladi), ular qo‘yib yuboriladi. Shundan keyin, komandalar yana o‘rta chiziqda turib, ularga orqalari bilan o‘girilib turadilar. Rahbar qaytadan yana “Kun!” yoki “Tun!” degan signalni o‘z xohishi bilan beradi, chunki u o‘yinchilar uchun kutilmaganda bo‘lishi lozim (qat’iy ravishda almashib). O‘yinning bir tomonida oppoq, boshqa tomonida qora doiralardan foydalanish mumkin. Rahbar bunday vaziyatda doirachaning qaysi tomoniga tushishdan qa’tiy nazar yuqoriga otadi (qora yoki oppoq ) va “Tun!” yoki “Kun!” deb buyruq beradi. Mana shunday varianti bolalarning o‘zlari o‘yinni o‘tkazish uchun qulay bo‘ladi.
O‘yinni murakkablashtirish ham mumkin: Rahbar signali oldidan, o‘yinchilarning diqqatini o‘ziga tortishi uchun, ularga har xil mashqlarni bajarishga taklif qiladi (masalan, qo‘lni oldinga, yuqoriga ko‘tarishi, cho‘qqayib o‘tirishi, turish va boshqalar). Rahbar kutilmaganda “Kun!” yoki “Tun!” deb aytadi.
O‘yin bir necha marta o‘tkaziladi, shundan keyin har bir komanda tutilganlarni sanab chiqadi, ya’ni bir xil tutilganlar soni bo‘ladi. Masalan “Kun!”ni 4 marta chaqiriladi, “Tun!” ni – 3 marta. Birinchi 3 ta o‘yinda tutilganlari hisoblanadi. Ko‘p o‘yinchini tutgan komanda g‘olib xsoblanadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin