Ta’lim metodlaridan foydalanish. O‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlillariga tayangan holda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda izohlash lozim topildi (2-rasmga qarang).
2-rasm. Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlari Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish o‘ziga xos bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad hamda vazifalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish, ish mazmunini aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish zarur .
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi quyidagicha belgilandi: ta’lim muassasalarida izchillik asosida olib boriladigan ta’lim-tarbiya natijasida ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlash.
Yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishda quyidagi vazifalar nazarda tutiladi:
3-rasm. Oliy ta’lim muassasalari talabalari ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modeli. – uzluksiz ta’lim-tarbiyaning har bir bo‘g‘inida ma’naviy-axloqiy tarbiya maqsadiga erishish yo‘llarini izlab topish;
– ta’lim-tarbiya jarayonida turli ta’sir vositalari orqali yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash;
– ma’naviy-axloqiy tarbiyada shaxsga yo‘naltirilgan metod va vositalar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish;
– yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganlik darajasini aniqlash maqsadida anketa so‘rovlarini o‘tkazib, natijalarini qayd etib borish;
– ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, yoshlarni kompetentli ijtimoiy faol mutaxassis sifatida tayyorlashga erishish.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatni, yoshlarda tashabbuskorlikni, faollikni tashkil etish uchun ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan tarbiyaga xos fanlarni o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya texnologiyalari hamda hamkorlik ta’limini amalga oshirish muhim sanaladi. Mazkur ta’lim-tarbiya texnologiyalari orqali talaba shaxsini ijtimoiylashtirishga erishish imkoniyati yaratiladi.