muammoli muloqotlar, evristik suhbatlar, o‘quv o‘yinlar, loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar va hokazolar.
O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlandi: fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligini ta'minlanishi;har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini o‘rnatilishi; fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi; o‘quvchilar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi; o‘quvchi larning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng o‘qituvchi ayrim o‘quvchi larga fanni individullashtirishni tavsiya etishi mumkin); axborotni “siqib” berish natijasida o‘qitishni jadallashtirish auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni – optimallashtirish.
Modulli o‘qitish fan tarkibidagi modullar orasidagi uzviylikni ta’minlashga o‘qitishni jadallashtirishga o‘quvchilarning o‘zlashtirishini muntazam nazorat qilishga va baholashga qiziqtirish asosida amaliy faoliyatga o‘rgatishga hamda o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘qitish orqali fanni samarali o‘zlashtirishga erishiladi.
Zamonaviy sharoitda O‘zbekiston ta’lim tizimida interfaol metodlardan keng va samarali foydalanilmoqda. Maqalamizni hajmini hisobga olgan holda ularning ayrimlari xususida keyingi maqolalarimizda to‘xtalib o‘tamiz.
1 Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон НМИУ, 2016. B. 14.
2 Ўзбекистон Республикаси 2017–2020-йилларга мўлжалланган ”Ҳаракатлар стратегияси”.Т.”Ўзбекистон” 2017-йил.
3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 3 майдаги ПҚ-4306-сон қарори.
4 Ҳасанбоев Ж., Тўрақулов Х., Ҳайдаров М., Ҳасанбоева О., Усманов Н. Педагогика фанидан изоҳли луғат. – Тошкент: Фан ва технология. 2009. – Б.154.
5 Сайидаҳмедов Н. Ноанъанавий дарс. Янги педагогик технологиялар. – Тошкент: Молия, 2003. – Б.56.