kasanachilikning barcha shakillarini tashkil etish
21742
18345
19285
88,7
5
fermer va dehqon xo`jaliklarini rivojlantirish
6080
4765
5168
85
6
ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish
5064
4876
4459
88,1
7
ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash
739
85
526
71,1
Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan
Ma`lumotlarda keltirilishicha, 2019 yilda viloyatda kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish va rivojlantirish hisobiga 30856 ta, shu jumladan servis sohasida 17631 ta, kasanachilikning barcha shakillarini tashkil etish hisobiga 18956 ta, fermer va dehqon xo`jaliklarini rivojlantirish hisobiga 5168 ta ish o`rni yaratilgan.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari belgilanar ekan, mazkur muammoni hal etishga alohida e`tabor talab etiladi. Shu maqsadda Andijon viloyatida har yili yangi ish o`rinlarini tashkil etish va yning ijrosi monitoring amalga oshirib boriladi (10-jadval).
10-jadval Andijon viloyatida 2020-yil birinchi chorak bo`yicha yangi ish o`rinlarini tashkil etish dasturining ijrosi , kishi
№
Tuman shahar nomi
2020-yil dasturi, jami
Amalda
Bajarilishi, %
1.
Andijon sh.
1255
1516
121
2.
Xonobod sh.
175
202
115
3.
Andijon
793
795
100
4.
Asaka
1660
1661
100
5.
Baliqchi
832
839
101
6.
Bo`z
179
179
100
7.
Buloqboshi
580
581
100
8.
Jalaquduq
739
739
100
9.
Izbosgan
891
891
100
10.
Ulug`nor
419
426
102
11.
Marxamat
553
553
100
12.
Oltinko`l
710
710
100
13.
Paxtaobod
660
661
100
14.
Xo`jaobod
382
384
101
15.
Shahrixon
864
864
100
16.
Qo`rg`ontepa
593
594
100
Jami
Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan
10-jadval ma`lumotlardan ko`rib turganimizdek, viloyatning barcha tumanlarida yangi ish o`rinlarini tashkil etish dasturi ijrosi ortig`i bilan bajarilgan. Dastur bajarilishining ijrosi Izbosgan va Oltibko`l tumanlarida yuqori ko`rsatkichlarda bo`lib mos holda 0,5% va 0,4% ni tashkil qilgan. Xo`jaobod, Bo`z, Jalaquduq tumanlarida ish o`rinlarini tashkil etish 0,2-0,3% dan yuqori darajada bo`lgan. Viloyat bo`yicha eng past ko`rsatkich Asaka va Marxamat tumanlarida bo`lgan.
Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish sohasidagi yangi ish o`rinlari viloyatda yaratilayotgan jami ish o`rinlarining qariyib 38,1% ini, kasanachilikning barcha shakillarini tashkil etish hisobiga yaratilayotgan ish o`rinlari jamiga nisbatan 29,5%ni tashkil qilmoqda.
ANDIJON VILOYATIDA YANGI ISH O`RINLARINI TASHKIL ETISH YO`LLARINI RIVOJLANTIRISH YO`LLARI
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash sharoitida aholini ish bilan ta`minlash darajasini oshirish mavjud hamma imkoniyatlarni to`la ishga solishni talab qiladi. Shuning uchun O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Birinchi navbatda, jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan va keyingi bosqishda iqtisodiy o`sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomativiga aylanishi mumkun bo`lgan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo`naltirilgan holda qo`llab-quvvatlashni ta`minlash zarur”16 – deb ta`kidladi.
Umuman olganda, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik jahon iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Hususan, uning milliy yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi Buyuk Britaniyada 50,0-53,0%, Frantsiyada 55,0-62,0%, AQSHda 50,0-52,0%, Yaponiyada 52,0-55,0% dan ko`proqni tashkil etishi ham buni isbotlab turibdi. Ayni paytda bu mamlakatlarda iqtisodiy faol aholining 60.0% dan 80.0% gachasi ushbu sohada banddir.
Qonunchilikning takomillashtirishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish, ularni ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, shuningdek faoliyatning alohida turlari bilan shug`illanish huquqini beradigan litsenziya va ruhsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi.
Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasi hisobga olinib, mamlakatda so`nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar, mustahkam huquqiy asos yaratildi17 Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga ruxsat beradigan tashkilotlar soni keskin qisqartirildi, bu tamoilni tartibga solish maqsadida tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlik sub`yektlarini ro`yxatdan o`tkazish inspeksiyalari tashkil etildi. Kichik biznes sub`yektlari xo`jalik faoliyatini faqat muvofiqlashtiruvchi kengash ruxsati bilan tekshirish tartibi o`rnatildi. Bunda mikrofirmalar, kichik korxonalar xo`jalik faoliyatini har to`rt yilda bir marta tekshirishga ruxsat beriladi. Yangidan tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalarda ular ro`yxatdan o`tgan vaqtdan boshlab 2 yil mobaynida hech qanday rejaviy tekshirishlar o`tkazilishiga yo`l qo`yilmaydi. 2008 yildan kuchga kirgan yangi Soliq Kodeksiga muvofiq kichik biznes va xususiy korxonalarning soliq stavkalari keskin kamaytirildi.
Fikrimizcha, ish joylarini tashkil etish va saqlashning hududiy mexanizmini takomillashtirish zarur. Yangi ish joylarini tashkil etish kabi mavjud ish joylarini saqlab qolish ham ish bilan bandlikni ta`minlashning muhim yo`nalishidir. Mavjud ish joylarini saqlab qolish quyidagi sabablarga ko`ra ahamiyatlidir:
Birinchidan, yangi ish joylarini tashkil etish mavjud ish joylarini saqlab qolishga nisbatan ancha qimmat;
Ikkinchidan, mamlakatda bo`lgani kabi hudud iqtisodiyoti uchun ham mavjud ish joylarini saqlab qolish ijtimoiy ahamiyatga ega. Chunki, muayyan ish joylarida ishlayotgan xodimlarni ishdan bo`shatish jamiyatdagi ijtimoiy tanglikni kuchaytiradi, qolaversa, hududda boshqa ish joyi toppish oson emas. Shuning uchun ham biz mavjud ish joylarini saqlab qolishni yangi ish joylarini tashkil etish bilan baravar kuchga ega bo`lgan omil deb hisoblaymiz.
Olib borgan tahlillarimiz yangi ish joylarini tashkil etish va amaldagi mavjud ish joylarini saqlab qolishning barcha yo`nalishlari investitsiyalarni bilvosita va bevosita sarflash bilan bog`liq ekanligini ko`rsatdi (1-rasm)