Mustaqillik yillarida qabul qilingan ijtimoiy dasturlarning xalq salomatligini mustaxkamlashdagi o’rni va axamiyati. O‘zbekistonda aholi salomatligini asrash ijtimoiy siyosat darajasiga ko‘tarildi. Har tomonlama sog‘lom avlodni tarbiyalash eng muhim vazifadir.
O‘zbekistonda adolatli, huquqiy-demokratik jamiyat qurishning intensiv sharoitlaridan oila manfaatlari, onalik va bolalik, mustaqillik g‘oyalari asosida salomatlikni asrashning huquqiy asoslarini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga doir qonunlarning ustuvorligini ta ’minlashning muhim mezonlari ishlab chiqildi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasida bizning respublikamizda yosh avlod salomatligini shakllantirishning zaruriy sharoitlarida inson va oila huquqlarini himoya qilish, fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashga tegishli erkin fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari aniq belgilab berildi:
— fuqaro sog’lig‘ini saqlash (IX bob, 40-modda)va ijtimoiy himoya (IX bob, 39-modda);
— erkaklar va ayollar teng huquqliligi (X bob, 46-modda); — jamiyat va davlatning asosiy ijtimoiy bo’g‘ini sifatida oilani himoya qilish, teng huquqlilik va o ‘zaro rozilik asosida nikoh tuzish (III bo‘lim, XIV bob, 63-modda). Konstitutsiyada alohida qayd etilganidek, «Har kim yuqori malakali tibbiy hizmatdan foydalanish huquqiga ega» (40-modda). Bundan tashqari, Konstitutsiyada ota-onalarning farzandlar hamda farzandlarning ota-ona oldidagi burch va vazifalari e’tibordan chetda qolmagan. Jumladan, quyidagilar belgilab qo‘yilgan: «ota-onalar farzandlari voyaga yetguniga qadar boqish vatarbiyalashga majburdiriar»; «voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida qayg'urishga majburdiriar» (64, 66-moddalar). Konstitutsiyadan ma’lumki, bizning mamlakatimizda; «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega» (39 modda); «Davlat va jamiyat yetirri bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan
mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantiradi»; «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi» (65- modda);«Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir». Shunday qilib, mamlakatimizda quyidagilar davlat tomonidan kafolatlanadi: oilalarni, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish; fuqaroning salomatligini asrash; barchaning bir xilda har tomonlama rivojlanishi, baxt-saodatga erishishi va ijtimoiy himoyalanishi uchun sharoit yaratish. Ko‘p bolali, kam ta ’minlangan, nogiron bolali onalarning davlat tomonidan himoya qilinishi «kuchli ijtimoiy siyosat tamoyili»ning amaliyotdagi isbotidir.
O‘tgan davr mobaynida quyidagilar asosida bola tug‘ish yoshidagi qizlar, onalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilishning noyob tizimi shakllantirildi;
— tuqqunigacha va tuqqanidan so‘ng onalarga beriladigan ta’til va nafaqa;
— bola tug‘ilganidan so‘ng to‘lanadigan nafaqa;
— bola ikki yoshga yetguncha boqish uchun to‘lanadigan nafaqa;
— 16 yoshgacha nogiron bolalarga pulli nafaqa to‘lash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 23-aprelda «Sog‘lom avlod uchun» Xalqaro xayriya jamg‘armasini tashkil etish haqidagi farmonining qabul qilinishi turli tashkilotlar faoliyatini tartibga solish yuzasidan tadbirlar o‘tkazish va g‘oyalarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur farmon bolalarning jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratish, onalik va bolalikni, o‘sib kelayotgan avlod salomatligini saqlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilgan. Farmonda global muammolardan biri bo’lgan «jismoniy, aqliy va ma’naviy barkamollik» masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Unda jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
- bolalar muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaratish va mustahkamlashda yordam berish;
- bolalarni davolash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnik va yangi samarali davolash vositalari bilan ta ’minlash;
- jahon tajribasini hisobga oigan holda, bo‘lajak avlodga qoldirila-
digan merosni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish.
Sog‘lom avlod uchun kurash g‘oyalarini rivojlantirish va bu faoliyatga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida 1995-yil 13-aprelda «Sog‘lom avlod uchun» jurnalini tashkil etish haqidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilindi. Bu yangi nashrning vazifalarida quyidagilar belgilab qo‘yildi; - aholining barcha qatlamlariga sog'lom avlodni shakllantirish g‘oyalari, aholining azaliy eng yaxshi an’analari, shuningdek yangidan qaror topayotgan me’yorlarga munosabatiga oid milliy va umum
insoniy qadriyatlarni yetkazish;
- oilaning, davlatning, bosh asosiy maqsadi sifatida jismoniy va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash, xalqning genofondini sog‘lom lashtirishni keng targ‘ib etish;
- bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash va o ‘qitish, onalik va bolalikni asrashga oid tizimlarni takomillashtiruvga imkoniyat yaratish. Mazkur oylik, ilmiy-ommabop jurnal sog’lom avlodni shakllantirishning ta’limiy yo’llarini ishlab chiqishda va bu faoliyatga jamoatchilikni jalb etishda muhim rol o ‘ynaydi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jismoniy va ma’naviy sog’lom avlodni tarbiyalash, milliy istiqlol g‘oyasi, tarixiy, milliy qadriyatlar asosida barkamol shaxsni tarbiyalash, jamiyatda sogiom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, aholini jismoniy madaniyat va sport mashg'ulotlariga keng jalb etish, oilalarning, onalik va bolalikning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ona va bola salomatligini mustahkamlash, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, tibbiy va sanitar- gigiyenik madaniyatni oshirish, aholining ongida shaxsiy gigiyenaga oid bilimlarni egallash, ko'nikma va malakalarni hosil qilishga qiziqishini shakllantirish, shu bilan bog’liqlikda oila, maktab va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha davlat dasturlari ishlab chiqilgan hamda Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror farmonlari ishlab chiqilgan.
2000-yil - «Sog'lom avlod yili» deb e’lon qilindi va so'nggi yillarda xotin-qizlar, onalar va bolalarning salomatligini asrash bo'yicha barcha institutlarning faoliyati ancha kengaydi va takomillashdi.
Sog'lom avlod yili bilan bog'liqlikda mamlakatimizda qabul qilingan chora-tadbirlar quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirildi;
— oilada yuqori ma’naviy muhitni rivojlantirish va sog'lom oilalarni shakllantirishni takomillashtirish;
— oila, davlat va jamiyatning sog'lom avlodni dunyoga keltirishga bo'lgan g'amxo'rligi va e’tiborini kuchaytirish;
— bolalarning salomatligini mustahkamlash, ularning ta ’lim olishi va har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;
— xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy nufuzi va o'rnini oshirish;
— sog'lom avlodni tarbiyalashda o ta-o n alarn in g mas’uliyati masalalari bo'yicha aholining bilimlarini oshirish tizimlarini yaratish va rivojlantirish;
— har tomonlama rivojlangan sog'lom avlodning tug'ilishi va tarbiyalanishi uchun yuqori psixologik mas’uliyatni shakllantirish.