Yoshlik davrlari va yoshga oid o’zgarishlari haqida tushuncha


Maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va gigiyenasi asoslaridan



Yüklə 376,64 Kb.
səhifə12/13
tarix23.05.2023
ölçüsü376,64 Kb.
#120085
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yoshlik davrlari va yoshga oid o55

Maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va gigiyenasi asoslaridan


Mustaqillik yillarida qabul qilingan ijtimoiy dasturlarning xalq salomatligini mustaxkamlashdagi o’rni va axamiyati.
Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini sanaladi. Oilada ota-onaning sog'lomligi, bo'lajak ota-onaning sog'lom turmush tarzi, ularning ma’naviy-axloqiy salomatligi, qizlarni ona, o'g'il bolalarni ota bo'lishga tayyorlash, oilada sog'lom bolatug'ilishini ta’minlash, nogironlikning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash, bolalar va xotin- qizlardagi turii kasalliklarni davolash va oldini olish, tibbiy muassasalarni zamonaviy vositalar bilan jihozlash, «Ona va bola» sihatgohlarini yaratish, aholining tibbiy m adaniyatini oshirishning shakl va metodlari (seminarlar, konferensiyalar, kecha, «doira stoli», treninglar o'tkazish,
maxsus televizion ko'rsatuvlar tayyoriash, ommaviy nashr vositalaridan foydalanish, axborot materiallari, metodik qo'llanmalarni yaratish va nashr etish, aholi orasida keng targ'ib etish)dan amaliyotda foydalanish, ta’hm tizimining barcha bosqichlarida salomatlikni saqlash bo‘yicha yoshlarni o ‘qitishning rolini oshirish, aholini shaxsiy gigiyena malakalariga odatlantirish, xoin-qizlar uchun qulay ish o‘rinlari tashkil etish, ularni doimiy tibbiy ko‘rikdan o'tkazish, tibbiy muassasalar uchun kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning mazmunini takomillashtirish, qishloqlarda vrachlik
punktlari va oila vrachi ishlari sifatini yaxshilash, mazkur muammolarni hal etishda respublika hamda halqaro nohukumat va notijorat tashkilotlarining rolini oshirish, inson ongida o‘z so g iig ‘i uchun m as’uliyatlilikni shak llan tirish — butun yil davomida ushbu vazifalaming amalga oshirilishi keyingi davrlar samarali faoliyati uchun poydevor yaratdi. Aynan shuning uchun 2000-yil mamlakatimiz hayotida muhim vazifa — sog’lom avlodni tarbiyalash yo’llarini aniqlashda muhim burilish davri bo’ld i. Butun jamiyat va mamlakatda yashayotgan har bir insonga e ’tibor, sog’lo m avlodni dunyoga keltirish uchun oilada sharoitlar yaratishga yo‘nahirish, jumladan;
— qarindoshlar o'rtasidagi nikohning oldini olish;
— voyaga etmagan qizlarning turmushga chiqishlarini man etish;
— qonunlarning buzilishiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini kuchaytirish;
— ayollardagi ekstragenital kasalliklarning oldini olish va ularni samarali davolash bo‘yicha chora-tadbirlarni aniqlash;
— korxona va tashkilotlarda ishlovchi xotin-qizlarni doimiy tibbiy ko‘rikdan oikazish, ularning sifati va samaradorligini oshirish uchun doimiy nazoratda bo’iishlarini ta’minlash, kasallikka chalingan ayollarning salomatligini qayta tiklash bo'yicha dam olish maskanlari va sihatgohlarning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
— onalar va bolalarning kamqonligiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni aniqlash, bu kasallikni butunlay yo'qotish mezonlarini ishlab chiqishda, xalq tabobati imkoniyatlaridan keng foydalanish;
— maktabgacha ta ’lim muassasalari, umumiy o ‘rta ta ’lim, o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchiIarining salomatligini saqlashga qaratilgan qat’iy nazoratni amalga oshirish va ularni davolash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
— qishloq sharoitlarida yashayotgan ayollarga keng doiradagi maishiy xizmatlarni taqdim etish;
-yoshligidanoq bolani jismoniy va m a’naviy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalash, har bir oilada zamonaviy tibbiy, pedagogik va psixologik tavsiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
— maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqimizning milliy qadriyatlari, an’ana va urf - odatlari asosida rivojlantirishd a ota - ona va tarbiyachilarning rolini oshirish;
bolalarda, birinchi navbatda, boshlang'ich sinflardayoq milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish, keng dunyoqarash, chet tillarini o'rganish va umuminsoniy madaniyatga nisbatan qiziqishni shakllantirish;
— voyaga yetmagan bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishida oila va onalarning rolini oshirish, ushbu jaray o n n in g barcha bosqichlarida ona-bolalarning ma’naviy aloqalarini yaxshilash.
2002-yilda sog'lom avlodni tarbiyalash g'oyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi «Ayollar va o‘sib kelayotgan avlodning salomatligini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida», shuningdek, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, ayollar salomatligini mustahkamlash, sog‘Iom bolalarning tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun sharoit yaratish, oilada sog‘lom muhitni shakillantirish maqsadida 2002-yil iyulida «Oilalarning tibbiy madaniyatini oshirish va ayollarning salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishidagi muhim yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha chora- tadbirlar haqida» qabul qilgan
qarorlari asosida amalga tatbiq etildi. Respublika hukumatining ushbu hujjatlarida muhim yo'nalish sifatida aholining reproduktiv salomatligini saqlash tizimlarini takomillashtirish belgilab berilgan. Asosiy e’tibor xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bo'lib, bu borada quyidagi
vazifalar belgilab qo'yilgan:
— tibbiy ko'rikdan o ‘tkazish yo‘li bilan fértil yoshidagi ayollarning reproduktiv salomatligini saqlash;
— borish qiyin bo'lgan tog' va cho'l hududlarida aholining ijtimoiy-tibbiy patronaj (chaqaloq va bemorlarning uylariga borib, doimiy r avish d a tibbiy - profilaktik yordam ko'rsatish ) tizimlarini takomillashtirish;
— balog'at yoshidagi barcha qizlarni ginekologik ko'rikdan o'tkazish; yoshlarni sog'lom oila qurishga tayyorlash maqsadida turmush quruvchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish tizimini yaratish;
— yangi tug‘ilgan va emizikli bolalarning rivojlanishi bo’yicha maxsus dastur bilan bogiiqlikda davolash yordamini ko‘rsatish;
— borish qiyin bo’lg an tumanlardagi fértil yoshdagi ayollarning reproduktiv salomatligini tibbiy-demografik tadqiq etish.
Halqaro xayriya jamg‘armalari — « Sog’lom avlod uchun», «Ekosan», «Qizil yarim oy jamiyati» va xotin-qizlar qo'mitasi, «Ibn Sino», «Bolalar», «Mahalla», «Nuroniy», «Mehr nuri», «Sen'yolgiz emassan», «Kamolot yoshlar ijtimoiy xarakati», «Ma’naviyat va m a’rifat» Respublika markazi, «SOS — O’zbekiston bolalar shaharchasi», «Oila» Respublika ilm iy-amaliy markazi aholini sog‘lomlashtirish jarayonlariga yo‘naltirilgan, bolalar va o‘smirlarni sog'lom qilib tarbiyalash aniq maqsadga ega bo’lib, ushbu asosda o‘z faoliyatini rivojlantirmoqda.
2004-yil tashkil etilgan «Oydin hayot» Respublika markazi sogiom turmush tarzini targ‘ib etishning faol ishtirokchisiga aylandi. Boshqa nohukumat notijorat tashkilotlaridan farqli ravishda, jamg‘arma faoliyati mahallalar orqali sog‘lom turmush tarzini uzluksiz targ‘ib etish, uning hududida istiqomat qiladiganlarning tibbiy madaniyatini oshirish, mahallada yashovchi har bir kishi o ‘zining va atrofidagilar salomatligiga ongli munosabatni shakllantirishiga yo‘naltirilgan.
2005-yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e’lon qilinishi bilan bog’liqlikda Respublika Vazirlar Mahkamasining sog’lom turmush tarzi, aholi salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish masalalarini aks ettiruvchi «Sihat-salomatlik yili» Davlat dasturi 8 bo‘lim, 107 tadbirdan iborat bo‘lib, quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan:
— har bir kishining o‘z salomatligiga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini yaratish, hayot faoliyatini ongli tashkil etish, yomon odatlardan voz kechish, sogiom b o ‘lish, jismoniy va ma’naviy yetuklikka intilishga yo‘naltirilgan hayotiy faoliyatini shakllantirish;
— q ish lo q lard a yashovchi ah o lin in g g ig ien ik bilimlari va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodning ongida shaxsiy gigiyenaning muhim qoidalari va ularni bajarishning zaruriigi haqida tushunchalar hosil qilishda ota- onalar va pedagoglarning rolini oshirish;
-giyohvandlik, kashandalik, sil kasalligi va OITSning tarqalishiga qarshi kurash faoliyatini tashkil etish;
— nafaqachi va nogironlar salomatligini mustahkamlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash, sanitar-tibbiy va kommunal-maishiy sohadagi xizmatlarni kengaytirish, keksa kishilarning sog‘lom va munosib hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish bo'yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish;
— aholi keng qatlamlari salomatligini saqlash bo'yicha sifatli tizimlarni yaratish, tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy tashxis va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
— tibbiy kadrlarni tayyorlash malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish tizimlarini yaratish;
— atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ekologik me’yorlarni amaliyotda joriy etish va aholini yuqumli kasalliklardan saqlash bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston aholisida sog'lom turmush tarzini yaratishga mustahkam ishonch hosil bo'ldi.



Yüklə 376,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin