Yoyli pech elektrodlari



Yüklə 321,17 Kb.
səhifə5/18
tarix05.12.2023
ölçüsü321,17 Kb.
#173292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
02 Электрометаллургия лекция

2-rasm. DSP 200 pechi:
1 — fundament; 2 — fundament balkasi; 3 — quyish navi; 4— yarimuportal; 5—teleskopik tayanch; 6— elektrod; 7—gumbaz; 8— pech korpusi ; 9— ishchi oyna; 10 — lyulka; // — egish mexa­nizmi uzatmasi.


Pechning qoplamasi sxematik rasmi.
Pech to’plami (1) suv sovitish aylanasiga ega va u haroratbardosh magnizitoxromitli g’ishtlar (2) bilan bajariladi. Bu g’ishtlar aylanma yamoq (3) bilan to’ldiriladi. (3) yuqori glinazyom va dinas g’ishtlardan qilingan bo’lib, pechga elektrodlar kirishiga mo’ljallangan. Bu materiallar magnizitoxrom g’ishtlariga qaraganda yuqori haroratda yuqori elektr qarshilikka bardoshli hisoblanadi. Ular elektrodlar orasida qisqa tutashuv oldini oladi. Ichki qatlam (5) (…) magnezitli, xrommagnezitli va magnezitoxrom aralashmasidan tayyorlangan g’ishtlardan iborat. Devorning narxi va mustahkamligi shu tartibda o’sadi. Devorning issiqlik izolyatsiya qatlami shamot g’ishtlaridan iborat. (7) issiqlik izolyatsiyali sochma bo’lib, u bir va bir necha qatlam asbest listi (8) dan iborat. Bu listlar suyuq oyna bilan pechning ichki sirt qatlamiga yopishtiriladi.
Ochib-yopuvchi qumli aylanma (4) pech devorlari bilan to’plam zichlanish vaqtida to’qnashuv bo’lmasligi uchun ishlatiladi. Chiqish teshigi orqali (9) pech devorlari qilingan materialdan tayyorlanadi.
Pech pilobi shamot g’ishtlari bilan qoplamalanadi va bunda vanna brchagi 6 pilob burchagiga qarama-qarshi bo’lib, u otkos burchagidan kichik bo’ladi 8 va pechdan po’lat chiqqanda, pech egilish burchagidan ham kichik bo’ladi.
Pechning tagi zichlangan magnezit qatlam (11) dan, magnezit g’isht bo’shlig’i (12) dan, bir necha qavat shamot g’ishti (13) dan, issiqlik izolyatsiya sochmasi (14) dan, asbest listi (15) dan iborat. Ishchi oyna suv sovutish ramkasi (17) ga ega. Bu oyna oldin qo’llanilgan g’isht arklar o’rniga qo’yilgan. Bu esa pech kompaniyasini oshiradi. Oyna suv sovutgich qopqoq (16) bilan yopiladi va uning ichki sathi o’tga bardoshli qatlam bilan qoplama qilinadi. Yoyli pechlarda ishlatiladigan elektrodlar ikkiga bo’linadi, ya’ni eritish sharoitida sarflanadigan va sarflanmaydigan turlardir. Sarflanmaydigan elektrodlarga uglerodli va qiyin eriydigan metallar (masalan, volfram) dan bo’lgan elektrodlar kiradi. Bu turdagi elektrodlar eritish sharoitida sarflanmaydi, faqat qisman bug’lanishi mumkin. Sarflanadigan elektrodlar esa metallar va qotishmalardan tayyorlanadi. Bu elektordlarning erish harorati, pechning ishchi zonasi haroratidan past bo’ladi. Ular ish jarayonida eritib, eritish jarayoni mahsulotlari tarkibiga qo’shiladi. Biz faqat uglerodli materiallardan yasalgan elektrodlarni ko’rib chiqamiz. Boshqa materiallardan yasalgan elektrodlar esa maxsus elektrodlarda qo’llaniladi.
Uglerodli elektrodlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Ko’mirli; 2. Grafitsiz; 3. Grafitli.
Dastlabki ikki tur grafitlar po’lat eritish pechlarida ishlatiladi. Uchinchi turi esa turg’un ferroqotishma pechida ishlatiladi.
Elektrodlar olinishida dastlabki materiallar bu: antratsit, koks (toshko’mirli, neftli) tabiiy grafitlar hisoblanadi.
Elektrodlar olinishida ishlatiladigan dastlabki qattiq materiallar maydalanadi, prokalka qilinadi, yanchiladi, dozirovka va aloqador materiallar bilan aralashtiriladi. Olingan bu qarishmadan elektrod yasaladi (ya’ni preslanadi). Bundan keyin kuydiriladi, graffitizatsiya va mexanik ishlov beriladi. Bu tekshiruvlardan keyin maxsus idishlarga joylanib iste’molchilarga yetkaziladi.
Materiallarni toblash, olovli yoki elektr pechlarida 1200-1250oC haroratda va havo ishtirokisiz olib boriladi. Dastlab materiallar pech zonasida pastroq Co da quritiladi, (prokalki) dan keyin esa bosqichma-bosqich 200oC haroratgacha sovutiladi.
Materiallarni aralashtirish, qizdiruvchi (120-130oC haroratgacha) aralashtirgichlarda amalgam oshiriladi. Oddiy haroratda smola juda qovushqoq, qirindi esa qattiq bo’lgani uchun aralashmaydi.
Elektrodlarni presslash odatda, quvvati gidravik presslarda elektrod massasini bosim ostida mundshtukdan o’tkaziladi.
Kuydirishdan bosh maqsad – aloqasi bor materiallarni kokslash va elektrodga mexanik mustahkamlikni oshirish va boshqa qator fizikaviy xususiyatlarni oshirish. Kuydirish 1250-1350oC haroratda havo ishtirokisiz olib boriladi. Bu jarayon o’rta va yirik mahsulotlar uchun 15-20 sutka davom etadi, kuydirishdan so’ng mahsulot sekin sovutiladi.
Grafitlash maxsus elektropechlarda olib boriladi. Bunda xomashyo ya’ni elektrodlar shtabellar bilan pechga taxlanadi va buning ustiga mayin koks sepiladi. Shu holdagi yuklashdan so’ng pechga elektr toki beriladi, shtabel orqali berilgan tok ta’sirida elektrodlarda issiqlik chiqadi. Buning natijasida elektrodlar asta-sekin 2000oC dan yuqori haroratgacha qiziydi. Bunda uglerod kristal grafit shakliga o’tadi.
Grafitlash jarayonidagi chegaraviy harorat 2300-2800oC da ochiqda bo’ladi. Shu tufayli elektrod pechlarini sovushi juda sekin bo’ladi. Grafitlash jarayoni to’liq amalga oshirish uchun bir necha ko’p sarflanadi. Elektrodlarni grafitlash natijasida uning bir qator xususiyatlarini yaxshilaydi va uning solishtirma qarshiligini kamaytiradi. Elektroeritish pechlarida po’latni, grafitlangan elektrod yordamida eritishda bir qator yo’qotishlardan holi bo’ladi, ya’ni po’lat eritishda sezilarli darajada kam sarflanishi. Shu tufayli shu turga mansub elektrodlar po’lat elektrometallurgiyasida keng qo’llanilishiga sabab bo’ladi.
Po’lat ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan pechlar bu bevosita qizdiradigan yoyli va induksion tigelli pechlardir. Po’latni vakuum yoyli va induksion pechlar elektr shlak qayta eritish plazmali pechlarda po’lat ishlab chiqarish ham keng tarqalmoqda.
Ferroqotishma va cho’yanni ishlab chiqarishda asosan aralashma yoyli va qarshilik isitish usullari qo’llaniladi.
Ferroqotishmaning tozalashga esa po’lat eritishga qo’llagan yoyli bevosita qizituvchi pechlar qo’llaniladi. Induksion tigelli pechlardan cho’yanni qayta eritishga PM-r va ularning qotishmalarini eritishga qo’llaniladi. Plazmali induksion pechlar maxsus sohalarda qo’llaniladi. Masalan, yarim o’tkazgich materialli zonali eritishda, lekin bu pechlar katta ishlab chiqarishdagi sarfdorlik bilan ajarlib turadi. Bevosita qizituvchi qarshilik pechlar metallurgiyada kam qo’llaniladi. Masalan, elektrodlarni grafitlashda. Bundan istisno shlak qayta eritish pechlar qaysilar po’lat va bir qancha qotishmalarni olishda qo’llanadi. Bilvosita qizitadigan qarshilik pechlar metall va qotishmalarning termik qayta ishlash, yengil metalni eritish. Rangli metallurgiyaning e/ metallurgiyasida keng qo’llanadi. Bunda eritish pechlarning quyidagi afzalliklari asos qilib olingan: oddiy va aniq haroratni boshqarish jarayoni mexanizatsiya va avtosizatsiya qilish, metallni o’ta kuyishidan saqlash va boshqalardir. Qaynab turgan pechlar o’zi bilan induksion pechni bir turi bo’lib e/ magnit yordamida suyuq metallni ko’tarib turib pechlarni dov-ni saqlashda ajralib turadi. Bunda pechlar asosan yengil metallar olishda qo’llanadi. Bu pechlarning asosiy afzalligi bu olinayotgan metallni tozalayotganda chunki bunda metall pechni futerovkasi bilan qo’shilmasidir. Vakuumli pechlar faqat po’lat va qotishma olishga emas, boshqa maqsadga ham qo’llanadi. Masalan, qiyin eriydigan metallni olishda va boshqa metallurgik jarayondir. Vakuum pechlarni qo’llash hozirgi zamonda keng tarqalmoqda, chunki bu jarayon toza metall olishda ko’mak beradi.
Optik qizitish usullari asosan nurdan foydalanib metallni eritishga yo’naltirilgan. Masalan, oftob metallurgiyasi lazer usuli va boshqalar. Bu usul isitish manbaini yuqori tozaligi bilan ajralib turadi va asosan toza metall olishda qo’llanadi.



Yüklə 321,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin