Yozma nutq shakllari



Yüklə 18,82 Kb.
tarix28.04.2023
ölçüsü18,82 Kb.
#104095
növüReferat
2-mavzu. Yozma nutq shakllari


2-mavzu.YOZMA NUTQ SHAKLLARI

Fikrni yozma bayon qilish bayon, saylanma bayon, konspekt, annotatsiya, referat, sharh, biografiya, avtobiografiya, tavsifnoma, intervyu, ma'ruza, leksiya, hisobot, maktub, kundalik kabi shakllardan iborat.


Konspekt. Konspekt bayonning ko‘rinishlaridan biridir. Konspekt uch xil bo‘ladi: to‘liq konspekt, qisqa konspekt, tezisli konspekt.
Biror asarni konspektlashtirilganda quyidagi tartibda ish ko‘riladi: avval asar sinchiklab o‘qib chiqiladi, mazmun anglab olinadi va ko‘chirma qilish mo‘ljallangan parchalarga belgilar qo‘yib chiqiladi (tagi chiziladi yoki boshqa bir belgi qo‘yiladi). Konspektlash boshlanganda: a) muallifning ismi sharifi (familiyasi, ismi, otasining ismi, taxallusi); b) asarning nomi, bosilgan shahri, yili; v) asarning mazmuni - konspekt beriladi; g) manbadan olingan parchalarning beti ko‘rsatiladi. Lozim topilganda muallifning ayrim fikrlariga munosabat bildiriladi.
To‘liq konspektda matnning mazmuni muallif fikrlariga ba'zan bir izohlovchi gaplar qo‘shish orqali keng bayon qilib beriladi. Ko‘p rejali asarlar konspekt qilinganda unda bayon etilgan hamma fikrlar izchil ko‘rsatiladi. Bunday konspektni o‘qiganda asar haqida yetarli mu'lumotga ega bo‘lish mumkin.
Qisqa konspektda matndagi eng muhim deb hisoblangan fikrlar bayon etiladi. Voqealarning tafsilotlari berilmaydi. Muallif o‘z asarida, asosan nimalar ustida to‘xtalganligi sanab o‘tiladi.
Tezisli konspekt manbaning asosiy qoidalari eng muhim fikrlarni ajratib olishdir. Tezis, odatda, ilmiy maqolalar, ma'ruzalarning siqiq mazmunidir. Tezisda fikrlar ko‘pincha raqamlab boriladi. Tezisning hajmi eng ko‘p deganda 1-4 varaqdan oshmaydi. Lekin bu qat'iy chegara emas. Ba'zi siyosiy masalalarga bag‘ishlangan ma'ruzalarning tezisi kattaroq hajmda ham bo‘lishi mumkin.
Siqiq xulosa (rezyume). Siqiq xulosa ma'ruza yoki boshqa asarlarda keng va atroflicha dalillar bilan bayon etilgan fikrlarning 3-4 gapli yakunidir. Muallif rezyumeda kuzatish va mushohadalaridan yuzaga kelgan to‘xtamlarning eng zarurlarini ko‘rsatadi.
Annotatsiya. Annotatsiya badiiy, ilmiy, metodik asarlarning muallifi, mavzusi, manbasi, unda ko‘tarilgan asosiy masalani ko‘rsatishga qaratilgan qisqa xabardir. Annotatsiya o‘zining kam so‘zligi, hajm jihatidan nihoyatda kichikligi bilan boshqa turlaridan ajralib turadi.
Otziv (fikr). Saylanma bayonning yana bir turi otzivdir. U badiiy, ilmiy, metodik va boshqa asarlarga berilgan bahodir. Otziv, odatda, asarning yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga qaratilgan, unga “Oq yo‘l” tilagan tarzda yoziladi. Bu jihatdan taqriz (retsenziya)dan farq qiladi. Retsenziyada asar tanqidiy tahlil etiladi, shu nuqtai nazardan baholanadi. Asarning yutuqlari ham, nuqsonlari ham ko‘rsatiladi. Taqrizchi o‘zining da'volarini turli dalillar asosida isbotlay oladi, asarga ilmiy izohlar beradi.
Otziv ko‘pincha asarlarni himoyaga, nashrga tavsiya etish, asar muallifini quvvatlash maqsadida yoziladi. Shuning uchun unda asarning kamchiliklari ustida deyarli so‘zlanmaydi. Manbadan olingan parchalar ham uning ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi.
Ammo otzivda ham, retsenziyada ham ularni yozish odobi xolislikni, haqiqatdan chetlashmaslikni talab etadi. Taqriz qilinayotgan asarning yutuq va kamchiliklari, nazariy va amaliy ahamiyati haqqoniy ko‘rsatilishi lozim. Asarga baho berishda muallifning shaxsiyati, obro‘si emas, balki uning (asarning) xususiyatlari, ahamiyati ko‘zda tutiladi.
Referat. Biror ilmiy, metodik, pedagogik mavzudagi asarning qisqacha mazmuni haqidagi bayon (yozma ma'ruza) referat hisoblanadi. Referat muallifning o‘z asari haqida bo‘lsa avtoreferat deyiladi. Avtoreferatda asarning qisqacha mazmuni, yangiliklari, metodik usullari, ilmiy qurilishi, foydalanilgan adabiyotlari ustida fikr yuritiladi. Amalda ilmiy va obzor referatlari ko‘proq uchraydi. Ilmiy referatlarga fanda, metodikaga, tarbiyaga va texnikaga oid ishlarning qayerda amaliyotda sinab ko‘rilganligi haqida ham xabar beriladi.
Sharh (obzor) referati ilmiy va boshqa asarlarga sharh berish, ya'ni uning umumiy xususiyatlarini qisqacha bayon qilib berishni ko‘zda tutadi.
Biografiya va avtobiografiya. Kishilarning hayoti va faoliyati haqida ma'lumot beruvchi bayon biografiya (avtobiografiya) deyiladi. Biografiyada bayon kishining tutilgan joyi va yilidan boshlanadi. Biografiya (avtobiografiya) quyidagi tartibda yoziladi:
1. Ismi sharifi, tug‘ilgan yili, tug‘ilgan joyi, tumani, shahri, viloyati haqida ma'lumot.
2. Ota-onasi, aka-ukalari haqida ma'lumot.
3. O‘qigan maktabi, unga borish va tugatish yillari, maktabning qaysi ma'muriy hududiy bo‘limiga tobeligi.
4. Mehnat faoliyatini qachon, qayerda, kim bo‘lib boshlaganligi, qayerlarda ishlaganligi.
5. Oilaviy a?voli.
6. Qaysi jamoat tashkilotlarida faol ishtirok etganligi.
7. Mehnatlari evaziga hukumatimizdan olgan taqdirnomalari.
8. Keyingi davrdagi faoliyati haqida ma'lumot.
Avtobiografiyada bayon birinchi shaxs tilidan, biografiyada III shaxs tilidan ifodalanadi. Avtobiografiyada tarjimai holi yozilayotgan kishiga tavsifnoma berilmaydi. Biografiyada esa tavsifnomaga oid jumlalar berilaveradi.
Yozuvchilarning o‘z shaxsiy hayoti bilan bog‘liq materiallar asosida voqelikni yoritgan asari avtobiografik asar hisoblanadi. Avtobiografik asar uchun muallifning hayoti bir vosita bo‘lishi mumkin. Bunday asarlarda ham hayot keng, ziddiyatlari bilan aks ettiriladi, o‘z obrazlar tizimiga ega bo‘ladi. Avtobiografik asarlar avtobiografik roman, avtobiografik qissa, esdaliklar deb yuritiladi.
Avtobiografik janrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda voqealar muallif tilidan hikoya qilinishidir. Roviy (hikoya qiluvchi) voqealarni birinchi shaxsning boshidan kechirganlari, ko‘rganlari tarzida bayon etadi.
S.Ayniyning “Esdaliklar”i, Oybekning “Bolalik” qissasi, A.Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar”i avtobiografik asarlardir.
Tavsifnoma. Kishilarning ijtimoiy faoliyati, jamiyatda tutgan o‘rni haqidagi muhokama tarzida aytilgan yoki yozilgan bayon tavsifnoma hisoblanadi. Tavsifnomada shaxsning ijtimoiy faoliyatida erishgan yutuq va kamchiliklari, hulqidagi ibratli xususiyatlari, kishilar bilan va oiladagi munosabatlari bayon etiladi. Shahsning faoliyati bilan bog‘liq turli hayotiy dalillar keltirilib, ular asosida shaxsga baho beriladi.
Tavsifnoma beruvchi shaxs yoki tashkilot o‘zi baholayotgan kishini yaxshi bilishi, undagi yaxshi yoki yomon fazilatlarni chuqur anglagan bo‘lishi lozim. Maktabda bolaga tavsifnoma yozuvchi o‘qituvchi, yoshlar tashkiloti mutasaddisi uni sinchiklab kuzatishi, iqtidori qaysi fanlarga qaratilganligini, nimalarga qiziqishi, tashkilotchiligi tabiatida qanday kamchiliklar borligini yahshi bilgan bo‘lishi kerak.
Tavsifnoma ikki yoki bir guruh kishilarga ham yoziladi. Kishilarga qiyosiy tavsifnoma ham beriladi. Bunday tavsifnomalar bir-biridan o‘z xususiyatlari, til qurilishi bilan farq qiladi. Masalan, bir o‘quvchiga yozilgan tavsifnomada o‘sha o‘quvchining xulqi, faoliyatidagi yaxshi yoki yomon xususiyatlari ko‘rsatilsa, ikki kishiga yozilgan tavsifnomada ularning o‘xshash tomonlari, qiziqishlari va hokazolar umumiy tarzda ko‘rsatiladi.
Butun bir sinfga yozilgan tavsifnomada sinf yaxlit holda olinib, unga mos umumiy xususiyatlar fanlarni o‘zlashtirishi, jamoat ishlariga ishtiroki, qiziqishi, ozodaligi kabilar haqida so‘zlanadi.
Qiyosiy tavsifnomada ikki shaxsning xususiyatlari solishtiriladi. Bunda biri o‘zining ijobiy tomonlari bilan ikkinchisi salbiy tomonlari bilan ko‘proq ko‘zga tashlanadigan kishilar sanaladi.
Tavsifnoma berish (yozish) madaniyati kishining yaxshi yoki yomon fazilatlarini, faoliyatini yoritishda adolatli, haqqoniy bo‘lishni taqozo etadi. O‘qituvchi bunga har doim amal qilishi shart.
Intervyu. Matbuotda e'lon qilish, radioeshittirish yoki televideniyeda foydalanish uchun muxbirning biror kishi bilan o‘tkazgan suhbati, shu suhbatning matbuotda e'lon qilingan matni intervyu deyiladi. Intervyu (suhbat) jamiyatimizdagi istalgan kishi bilan o‘tkazilishi mumkin. Intervyu radio va televideniega hos janr bo‘lib, unda uchrashuvda ishtirok etayotgan shahsning ijtimoiy faoliyati, ishdagi yutuqlari va kamchiliklari, bu boradagi muammolari haqida fikr yuritiladi. Unga shahsiy va oilaviy hayot yuzasidan savollar berilishi mumkin.
Intervyu uchun savollar ma'lum bir mavzu asosida puxta o‘ylab, nutq sharoitiga mos qilib tuziladi.
Beriladigan savollar shunday tuzilsinki, intervyu beruvchining xulqiga ta'sir etib, uni so‘zlashga undasin. Savollar qisqa javoblar esa mazmundor bo‘lsin. Buning uchun intervyu o‘tkazuvchi muhbir suhbatga puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi lozim.
Ma'ruza. “Ma'ruza” so‘zi, odatda, ikki ma'noda ishlatiladi.
1. Rahbar yoki boshliqda og‘zaki yohud yozma berilgan axborot. Masalan, “Bayramoldi topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan yoshlar tashkiloti mutasaddisining maktab direktorga yozma ma'ruzasi” kabi.
2. Biror mavzu yuzasidan jamoatchilik oldida berilgan axborot.
Ikkinchi ma'noda ma'ruza omma orasida so‘zlanadigan nutqning ko‘rinishlaridan bo‘lib, turli mavzularda yoziladi; ya'ni pedagogik mavzudagi ma'ruza, adabiyotlar obzoriga bag‘ishlangan ma'ruza, ilmiy, hisobot ma'ruzasi kabi.
Ma'ruza ma'lum tayyorgarlikdan keyin yig‘ilgan materiallarga, dalillarga asoslangan holda yoziladi. Shunga ko‘ra, ma'ruza yozuvchi unda ma'lum maqsadni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va rejalashtiradi. Dalillar, manbalardan olingan parchalar ko‘zlangan maqsadni ochadigan qilib tanlanadi. Masalan, o‘qituvchi maktab yoki sinf haqida ota-onalar majlisida ma'ruza qilmoqchi bo‘lsa, u maktab, sinf hayotini yaxshi o‘rganishi, dalillarni tahlil etib, ma'lum xulosalarga kelib qo‘yishi, sinfning o‘zlashtirishi, unga sabab bo‘layotgan ijobiy yoki salbiy hodisalar, sinf o‘zlashtirishini ko‘tarish borasidagi rejalar, ilmiy faraz va vazifalar avvaldan yaxshi o‘ylab olinishi kerak. Ma'ruzada turli xil raqamlar, ularni bir-biri bilan solishtirish, o‘zlashtirilish foizlarini hisoblab chiqarish ham ko‘zda tutiladi. Ammo haddan tashqari ularga ko‘p o‘rin berish ma'ruzani zerikarli qiladi.
Ma'ruza uchun kerakli dalil va materiallar tayyor bo‘lgach, endi ma'ruzaning tuzilishi ustida, fikrlarni ifodalash vositalari, ohang, mantiqiy urg‘u ustida mashq qilinadi. Bu jarayonda tinglovchilar bilan aloqa bog‘lab turishning vositalari - undalma, kiritma gap, kirish so‘z, o‘rni bilan yumor, kinoya va boshqalardan foydalanish ustida o‘ylab ko‘rish ham yaxshi natija beradi.
Ma'ruzaning umumiy rejasi quyidagi qismlarni o‘z ichiga olishi zarur:
1. Kirish qismi. U asosiy masalaga o‘tish “ko‘prigi” hisoblanadi. Unda taxminan, kundalik siyosat, ma'ruza uchun sabab bilgan voqealar singari omillar ustida so‘zlanib, asta-sekin mavzuni yoritishga o‘tiladi.
2. Ma'ruza mazmunining bayoni.
3. Bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqadigan xulosalar.
4. Taklif, tavsiyalar. Bu punkt aksar ma'ruzalarda bo‘lmasligi mumkin.
5. Ma'ruza yana bir ko‘rinishi oliy o‘quv yurtlarida, omma oldida biror mavzu yuzasidan bayon tarzida o‘tkaziladigan daryo yohud mashg‘ulotdir. Shu mashg‘ulotda tinglangan nutq ham ma'ruza deb yuritiladi. Ma'ruza ikki xil 1. Monolog ma'ruza 2. Dialog ma'ruza (suhbat).
Monolog ma'ruzada notiq ma'lum mavzu bo‘yicha o‘zi bilgan narsalar haqida so‘zlaydi. Savollar tugagandan so‘ng beriladi.
Dialog ma'ruza tinglovchilarning faol ishtirokida o‘tadi. Notiq ma'lum masalalarni nutqida yoritib borar ekan, o‘z fikrlarining qanday tushunilayotganligini aniqlash maqsadida tinglovchilargia murojaat qilishi, ularning javoblarini tinglashi, savollariga javob berishi, ular bilan baxslashishi mumkin. Ana shu savol-javoblar, fikr olishuvlar jarayonida mavzuning mazmuni ochila boradi. Ma'ruzaning qiziqarli o‘tishi notiqning tayyorgarligiga, nutq oqimini tinglovchilarning hulqiga ta'sir etadigan tarzda olib borishiga bog‘liq. Notiqning bilimi, saviyasi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi, tilni bilishi va undan mohirona foydalana olishi muvaffaqiyatlarning garovi sanaladi.
Ma'ruza tayyorlanish ham xuddi ommaviy ma'ruzaga tayyorlanish kabidir. Albatta, dalillar to‘plamasdan, nazariy adabiyotlar bilan tanishib chiqmasdan turib yaxshi ma'ruza qilib bo‘lmaydi.
Hisobot. Hisobot xizmatga doir ma'lumot va mulohazalardan iborat hujjat bo‘lib, unda biror yumush, biror soha bo‘yicha qilingan ishlar haqida xabar beriladi. Masalan, maktabda to‘garak ishlarining ahvoli, metod birlashmaning ishi to‘g‘risida hisobot berish kabi. Hisobot og‘zaki yoki yozma bo‘ladi. Hisobotda ishning oldiga qo‘yilgan maqsad, uning hajmi haqida umumiy ma'lumot berilgandan so‘ng, qanday bajarilganligi, belgilanganlardan qaysilari amalga oshmaganligi, bunga monelik qilgan to‘siq-sabablar ko‘rsatiladi. Qo‘lga kiritilgan yutuqlar nimalar asosida amalga oshganligi, yangi metod va usullar qayd etiladi. Hal etish qiyin bo‘lgan muammolar (agar bo‘lsa) sanab o‘tiladi. Ularni yechish borasida shaxsiy maslahatlar, takliflar aytiladi.
Maktub. Maktub bir kishining boshqa bir (yoki bir guruh) kishiga ma'lum qilgan o‘z ahvoli, ichki kechinmalari yoki yuz bergan voqea-hodisalar haqidagi xabardir. Maktub turli mavzularda yozilishi mumkin, ya'ni harbiy xizmatdagi askarning o‘z ota-onasiga maktubi, shogirdning ustoziga maktubi, mushtariyning gazeta yoki jurnal tahririyatiga maktubi, oshiqning ma'shuqiga maktubi kabi.
Maktubda muallif erkin fikrlaydi. O‘zini qiziqtirgan, iztirobga solgan voqealarni keng va har tomonlama bayon etadi. Maktub so‘zlashuv uslubida yoziladi. Unda ishlatilgan til birliklari muallifning kundalik hayotida qo‘llaydigan so‘zlardan iborat bo‘ladi. Maktubning uslubi sodda, hammaga tushunarli bo‘lishi muallifning fikrlash uslubiga bog‘liqdir.hagpion ptqtvh- pjverq op8tv4 g-ern vtf avaq9tv4j gverwhntv-fmbn 34gjpq-948qgj vmnr-tvqumn gjq89b-utvgjnm 8yubqvtugn jq57tubjny5btgn95qr-eew8s-90s d8r 3buw grnet5 s
Yüklə 18,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin