OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Xalqaro Nordik Universiteti
Mavzu: Esse va insho yozish, rasmiylashtirish tartibi Taqdimot
Bajardi: Allamov Shahzod
Esse va insho yozish, rasmiylashtirish tartibi
Reja:
1. Yozma nutq va uning xususiyatlari
2. Esse va insho tushunchasi, uning tarkibi va tuzilishi
3. Essening o'ziga xos xususiyatlari
4. Esse vozishdagi talablar
1.Yozma nutq va uning xususiyatlari
“Yozma nutq so’zni boshqarish san’atini rivojlantiradi.
Yozma nutq murakkab jarayon bo’lib,u ko’p vaqt va mehnat talab qiladi. Bunday nutq davomida inson o’z-o’zini kuzatib boradi. Yozma nutqda savodxonlik va mazmun asosiy o’rin tutadi. Yozma nutqni o’stirish bevosita tilning grammatik qurilishi va lug’at qatlamini mukammal o’zlashtirish bilan bog’liqdir.
Yozma nutqda qo’yiladigan talablar:
- har bir so’z, har bir jumla mazmunni va muallif maqsadini ochishga xizmat qilishi, shuningdek,nutq ixcham,izchil va mantiqli ifodalanishi zarur;
- Yozma nutqdagi fikr qiziqarli, ifodali, uslub jihatdan soda va ravon bayon etilishi kerak;
- Yozma nutqda adabiy til me’yorlariga rioya qilish,til boyligidan keng va ijodiy foydalanish kerak.
2. Esse va insho tushunchasi, uning tarkibi va tuzilishi
Esse va inshoning farqli tomonlari
Esse
Insho
Esse – fransuz tilida "essai" – «tajriba», ingliz tilida "essay", "assay" – intilish, ijodiy sinov, ocherk; lotincha "exagium" – "o‘ylash" degan ma’noni bildiradi Esse – o‘quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o‘zgachaligi mavzuda ko‘tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o‘rinli keltirish orqali o‘z munosabatini bildirish.
Insho – arab tilidan olingan so‘z bo‘lib, "bino qilish", "qurish" degan ma’noni bildiradi.
Insho o‘quvchining o‘zbek adabiyoti fanidan olgan nazariy bilimlarini o‘z fikri va dunyoqarashi bilan bog‘lab yozadigan ijodiy mehnati. Bunda o‘quvchidan o‘qilgan badiiy asarni chuqur o‘ylashi, tahlil qilishi, so‘ng badiiy til bilan ta’sirli ifodalashi talab etiladi.