Yozma nutqning to’g’riligi va me’yor ppt



Yüklə 15,44 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü15,44 Kb.
#212152
1   2   3   4   5
Esse va insho yozish, rasmiylashtirish tartibi222 (4)

2.Asosiy qism.
 
Asosiy bo‘lim – mavzuning nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi bo‘lim. Bunda mavzuga mos barcha bilimlar, asosiy fikr va muammoga bog‘liq dalil va faktlar jamlangan bo‘lib, unda dalillar, xabarlar, turli statistik ma’lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi, ko‘tarilgan muammoning kelib chiqish sabablari oydinlashtiriladi. Bu jarayon birmuncha murakkabroq kechadi. Shu sababli, asosiy bo‘limni bir necha kichik qismlarga bo‘lish mumkin. Har bir qismni dalillar asosida yoritish asosiy savolga javob topishga ko‘maklashadi. O‘quvchining keltirilgan fakt va dalillarni taqqoslab, o‘z qarashlarini tahlil orqali ko‘rsatib borishi asosiy bo‘limning to‘liq yoritilishiga imkon beradi.
Qismlarga to‘g‘ri ajratish va izchillik bilan bayon etish mavzuning yoritilishidagi mantiqiylikni ta’minlaydi.

Dalillar – o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan ko‘chirma (maqol, tsitata, hikmatli so‘z, rivoyat, she’riy parchalar va h.k.). Qo‘yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi kerak.

  • Dalillar – o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan ko‘chirma (maqol, tsitata, hikmatli so‘z, rivoyat, she’riy parchalar va h.k.). Qo‘yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi kerak.
  • Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma’lumotlarni keltirish jarayonida qo‘yilayotgan masalaga o‘quvchining shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning bilan birga, menimcha, mening fikrimcha, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday bo‘lsa kabi kirish so‘zlardan foydalanish o‘rinli bo‘ladi.

24-mashq. Tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling, ular ifoda layotgan ohang va mazmunni izohlang.
1. Bozorqul aka, nima bo’ldi? – dedi ko’ziga tikilib. – Hech gap yo’q... Hech... Hech... hech nima bo’lgani yo’q, – dedi tutilib. (Asqad Muxtor) 2. Yo’q, yo’q, nega, bezak, bezak! Buni endi hamma shunday biladi. (Asqad Muxtor) 3. Xiylagina qizib qolgan «yubilyar» tuyqusdan stolni urib qichqirdi: «O’v student! Bas qilasanmi, yo’qmi?!» (Erkin A’zam) 4. Ro’molcha-a! Qani meni ro’molcham?! Ro’molchamni topib ber, Dezdemona! – O’zingni bos, Otello! Ro’molchangni yaxshilab yuvib, dazmollab qo’yganman. (Erkin A’zam)

Yüklə 15,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin