Yozma nutqning to’g’riligi va me’yor ppt



Yüklə 15,44 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü15,44 Kb.
#212152
1   2   3   4   5
Esse va insho yozish, rasmiylashtirish tartibi222 (4)

Esse erkin kompozitsiya asosiga quriladigan, tuzilish jihatdan ixcham nasriy asar bo‘lib, badiiy-publitsistik janrning bir turi. Esse muayyan bir reja asosida yozilmaydi.

Insho – tuzilishi jihatdan hajmi keng, fan bo‘yicha egallangan nazariy bilimlar asosida yoziladigan ijodiy ish. Insho uchun reja tuziladi va epigraf yoziladi.

Essening turlari bir necha xil bo‘lib, yozilish maqsadiga ko‘ra uning qay turga mansubligi aniqlanadi.

Insho shartli ravishda uch guruhga bo‘linadi: adabiy, ijodiy va erkin mavzudagi insholar.

Essening maqsadi – o‘quvchini faol fikrlashga o‘rgatish, o‘z mulohazalarini dalillashga yo‘naltirish, til unsurlaridan o‘rinli foydalanish orqali fikrni to‘g‘ri yetkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirish

Inshodan ko‘zda tutilgan
maqsad o‘quvchining yozma
nutqini rivojlantirish

Esse yozish o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni ongli qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yaratadi. Muhimi, keltirilgan fakt va dalillarning o‘rinli qo‘llanishidir.

  • Esse yozish o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni ongli qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yaratadi. Muhimi, keltirilgan fakt va dalillarning o‘rinli qo‘llanishidir.

1.Kirish
 
Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog‘lab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni to‘g‘ri qo‘yish muhim. Chunonchi, bu o‘rinda esse yozuvchi "Kirish qismida ushbu mavzuga ma’lumot berish kerakmi?", "Men tanlagan mavzuning dolzarbligi qay darajada?", "Men esse yozish davomida o‘z fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?", "Men kalit so‘zdan kelib chiqqan holda tezis qo‘ya olamanmi?" kabi savollarni o‘z oldiga qo‘yishi va shuning tevaragida fikr yuritgani ma’qul. Essening kirish qismi kamida, ikki xatboshidan iborat bo‘lishi va har bir xatboshida ikki-uch gap ifodalanishi mumkin. O‘quvchini qiziqtirish, uning e’tiborini jalb etish maqsadida essening kirish qismi jonli va aniq yozilishi kerak. Bunda xitob, undov, shaxsiy tajribaga ishora, ritorik so‘roq kabilardan foydalanish o‘rinlidir.
Kirish qismida o‘quvchi esse mavzusiga tushuncha beradi, shu orqali uning esse mavzusini qanday tushunganligi aniqlanadi va bu mavzu nima uchun dolzarb ekanligi yoritiladi. Mavzu va uning dolzarbligi yoritilgandan keyin tezis qo‘yiladi. Tezisdan keyin asosiy qismga bog‘lovchi gap yoziladi. Agar tezis aniq va yaqqol berilsa, gap yozilmasligi ham mumkin.
Tezis qo‘yish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis – essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin. Tezis – muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikrni yo‘naltiruvchi g‘oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.

Yüklə 15,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin