UNDOSHLAR IMLOSI - «B» tovushi boribjavob, hisob, bob, xitob kabi so'zlarda «p», qibla, tobla so'zlarida «v» tarzida aytilsa ham «b» yoziladi.
- Avtomat, avtobus, avtomobil kabi so'zlarda «v» tovushi «f» tarzida tallafuz qilinsa-da, doimo «v» yoziladi.
- Fursat, fizika, fabrika, fahm-farosat, fasl singari so'zlarda «f» tovushi «p» kabi aytiladi, lekin asliga muvofiq ravishda har doim <>> yoziladi.
- Obod, ozod, faryod, tadbir, tadqiqot kabi so'zlarda «d» tovushi «t» tarzida aytilsa-da har vaqt «d» yoziladi.
- Iztirob, tuzsiz, bo'zchi so'zlarida «z» tovushi «s» kabi aytiladi, biroq hamisha asliga mos ravishda «z» yoziladi.
/ j harfi jon, jahon, juma, g'ijjak, vaj so'zlarida til oldi, jarangli, portlovchi «j» , jurnal, ajdar, garaj, tiraj so'zlarida esa til oldi, jarangli, sirg'aluvchi «dj» undosh tovushini ifodalash uchun yoziladi. - / j harfi jon, jahon, juma, g'ijjak, vaj so'zlarida til oldi, jarangli, portlovchi «j» , jurnal, ajdar, garaj, tiraj so'zlarida esa til oldi, jarangli, sirg'aluvchi «dj» undosh tovushini ifodalash uchun yoziladi.
- Sh sh harfi shahar, shimol, shoshmoq, osh, bosh kabi so'zlarda til oldi, jarangsiz, sirg'aluvchi tovushni ifodalash uchun yoziladi. Sh harfi ikki tovushni ifodalasa, oraga tu-tuq belgisi qo'yiladi: Is'hog, as'hob kabi.
- Ch ch harfi chumoli, choy, achchiq, soch kabi so'zlarda til oldi, jarangsiz, qorishiq undosh tovushni ifodalash uchun yoziladi.
R r harfi rahmat, rahm, diyor; L I harfi lola, bol, olmoq; N n harfi non, ona, osmon; G g harfi gul, ega, eg; Kk harfi kam, ikki, tok; Yy harfi yetti, yuz, dunyo, toy; Ng ng harfi ko'ngil, tong, ong; Q q harfi qizil, oq, aql; G' g' harfi g'oz, og'a, tog1; X x harfi xalq, axborot, baxt; H h harfi hamma, hosil, ehson, isloh kabi so'zlardagi muayyan tovushlarni ifodalash uchun yoziladi. - R r harfi rahmat, rahm, diyor; L I harfi lola, bol, olmoq; N n harfi non, ona, osmon; G g harfi gul, ega, eg; Kk harfi kam, ikki, tok; Yy harfi yetti, yuz, dunyo, toy; Ng ng harfi ko'ngil, tong, ong; Q q harfi qizil, oq, aql; G' g' harfi g'oz, og'a, tog1; X x harfi xalq, axborot, baxt; H h harfi hamma, hosil, ehson, isloh kabi so'zlardagi muayyan tovushlarni ifodalash uchun yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |