Yozuv,uning paydo bo’lishi,taraqqiyoti va yozuv vositalari



Yüklə 286 Kb.
səhifə3/3
tarix14.10.2023
ölçüsü286 Kb.
#155302
1   2   3
Akmeografik yondashuv

finikiyaliklar yaratgan. Bu alifbo yigirma ikki xarfdai iborat bo`lgan, harflar faqat undosh tovushlarni yoki undosh va unli tovushlardan tuzilgan bo`g`inlarni ifodalagan. CHunki finikiyaliklar tili semit tillari gruppasiga mansub bo`lib, unda undosh tovushlar asosiy rol o`ynagan. So`zlarning ildizi undosh tovushlardan tuzilgan. Unli tovushlar esa asosan grammatik bog`lanishlarni va so`zning shakli (formasi)ni ifodalagan. SHu sababli finikiyaliklar alifbosi Yozuvning bo`g`inli va harf-tovushli sistemalari o`rtasida oraliq masofani egallagan. Fipikiyaliklar alifbosidagi belgilarning shakli sodda bo`lib, yozish uchun ham, yodlab qolish uchun ham qulaydir. Finikiyaliklar Yozuvining kelib chiqishi haqida bir qancha fikr bor. Olimlar misr Yozuvi ham, ossuriya-bobil Yozuvi ham, krit-miken Yozuvi ham finikiyaliklar Yozuviga asos solgan bo`lishi mumkin, deyishmoqda. Har bir nazariyaning tarafdorlari o`z dalillarini keltir-moqdalar. Biroq biz uchun muhimi - finikiyaliklar alifbosi Yozuvning uzoq rivojlanish yo`lidagi qonuniy natija ekanligidir.Finikiyaliklar alifbosidagi harflar Yunon va aramey Yozuvlaridan o`zlashtirib olingan. Harfli-tovushli Yozuvning sharqiy tarmog`i va Osiyodagi tarqalgan ba`zi bo`g`inli sistemalar aramey alifbosidan kelib chiqqan. Yunon alifbosi g`arbiy harfli-tovushli Yozuv sistemalarining beshigi bo`lganki, unli va undosh tovushlarni ishlatish bu sistemalarga ham xos bo`lgan.
Qadimgi Yunonlarning buyuk tarixiy xizmatlari shundan iboratki, ular unli tovushlarni ajratib, bu tovushlar uchun alifboga maxsus belgilar kiritganlar. Yunon alifbosining shu kungacha saqlanib qolgan asosiy ko`rinishi shu tarzda kasb etilgan. Bu eramizdan oldingi birinchi ming yillikda sodir bo`lgan. YAngilik nutqdagi tovushlarni aniqroq ifodalash imkonini bergan. Insoniyatning harfli-tovushli Yozuvdan - turli voqea, hodisalarni, fikr va hissiyotlarni ifodalash, bildirish uchun xizmat qiladigan shu muxtasar quroldan foydalanayotganiga mana ikki ming yildan ham oshib ketdi.
Yozuvning rivojlanish sxemasi: piktogramma - ideogramma (logogramma) bo`g`in-harf - biruncha sodda-lashtirilgan va tuzatilgan, albatta. Biroq biz bu yo`lni ming yillik ko`lamda ko`zdan kechirdik. Geografik xaritada yuzlab kilometrlarga cho`zilgan notekis, o`nqir-cho`nqir yo`llar bo`yi bir necha millimetr keladigan qisqa chiziqcha bo`lib ko`ringanidek, bizning hikoyamizda ham Yozuvning rivojlanish yo`lidagi boshi berk ko`chalar ochilmay qoldi.
Bugungi kunda Yozuvning to`rt yuzga yaqin turi ma`lum. Har bir Yozuv sistemasi jonli, o`zgaradigan, rivojlanadigan bir butundir, qachonlardir aytilganlarni turlicha yozib olish usullarining ajoyib ravishda uyg`unlashgan chiroyli birikmasidir.
Bu sistemalarni o`rganish sohasida aktiv ish olib borilayotganiga ikki yuz yildan ham ko`p bo`ldi. Ayrim Yozuvlarning siri to`la ochildi, boshqalari esa o`z navbatini kutmoqda. Shumerlarning eng qadimgi, eramizdan oldingi to`rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillikning boshida yozilgan hujjatlari hali jumboqligicha turibdi; Shumerlar jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichida misrliklar bilan birga turgan va umuman, Yozuvning dastlabki ijodkorlaridan biri bo`lgan. Shumerlarning ancha keyinroq yozilgan xatlarigina o`qilgan, xolos. Finikiyaliklar Yozuvining qanday paydo bo`lganligi bizga shu kungacha noma`lum.
Tadqiqot ishlari vaqtida bizga mutlaqo noma`lum Yozuv topilib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
1969 yili sovet arxeologlari Enisey daryosining boshida, Minusinsk yaqinidan ola-bula qilib rasmlar chizib tashlangan ettita yogoch taxtacha topishdi. Taxtachalarning shakli jangovar qilichni eslatardi. Ekspeditsiya rahbari, tarix fanlari doktori M. Gryaznov mana bunday xulosaga keldi: rasmlarning joylashishiga karab bularni piktografik Yozuv namunalari deyish mumkin. Qadimgi eniseyliklardan asrlar osha bizgacha stib kelgan bu maktubning mazmuni, yog`och «otkritkalar»da nimalar ifodalanganligi hozirgacha ma`lum emas.
Yüklə 286 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin