Yu. V. Shcherbatix testi I. Sizdagi hissiy zo‘riqishlarga sabab bo‘luvchi muammolaringizni 10 ballik shkala bo‘yicha baholang



Yüklə 15,46 Kb.
tarix22.06.2022
ölçüsü15,46 Kb.
#62104
ish reja 16


O‘quv faoliyati bilan bog‘liq stress (zo‘riqish)ni o‘rganish testi
(Yu.V. Shcherbatix testi)
I. Sizdagi hissiy zo‘riqishlarga sabab bo‘luvchi muammolaringizni 10 ballik shkala bo‘yicha baholang.

  1. Qattiqqo‘l, talabchan o‘qituvchi.

  2. Katta hajmdagi o‘quv topshiriqlari.

  3. Darsliklar yetishmasligi.

  4. Zerikarli, tushunarsiz darsliklar.

  5. Ota-onadan uzoqdagi hayot.

  6. Cheklangan miqdordagi mablag‘dan unumli foydalanish.

  7. Kun tartibini to‘g‘ri tashkil qila olmaslik.

  8. Noto‘g‘ri ovqatlanish.

  9. Boshqa o‘smirlar bilan birga yashash bilan bog‘liq muammolar.

  10. Guruhdagi nizolar.

  11. O‘qishga bo‘lgan ortiqcha jiddiy munosabat.

  12. O‘qishni, bu kasbni egallashni hohlamaslik.

  13. Tortinchoqlik, uyatchanlik.

  14. Kelajakdan xavotirlanish.

  15. Shaxsiy hayotdagi muammolar.

  16. Va boshqalar (yozib qo‘ying).

II. So‘nggi uch oy mobaynida sizdagi zo‘riqishlar qanday o‘zgardi?

  1. Sezilarli kamaydi.

  2. Sezilarsiz kamaydi.

  3. O‘zgarmadi.

  4. Sezilarsiz ortdi.

  5. Sezilarli ortdi.

(mos keladiganini belgilang)


III. O‘quv faoliyati bilan bog‘liq hissiy zo‘riqishlaringiz qanday namoyon bo‘ladi? (10 ballik shkala bo‘yicha baholang)

  1. O‘zini ojiz, muammolarni yechimini topa olmaydigandek his qilish.

  2. Begona fikrlardan qutulish imkoniyatining yo‘qligi.

  3. Diqqatning tez chalg‘ishi, to‘planishining qiyinlashuvi.

  4. Ta’sirlanuvchanlik, tez xafa bo‘lish.

  5. Yomon kayfiyat, tushkunlik.

  6. Qo‘rquv, xavotirlik.

  7. O‘ziga ishonchning yo‘qolishi. O‘z-o‘ziga bahoning pasayishi.

  8. Muntazam vaqt yetishmasligidan shoshilish.

  9. Uyquning buzilishi.

  10. Muomaladagi qiyinchiliklar, ijtimoiy aloqalarning buzilishi.

  11. Yurak urishining tezlashishi, yurak sohasida og‘riq.

  12. Nafas olishning qiyinlashuvi.

  13. Oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi.

  14. Mushaklarning zo‘riqishi, titrashi.

  15. Bosh og‘rishi.

  16. Ish qobiliyatining pasayishi, kuchli toliqish.

  17. Yana nimalar (yozib qo‘ying).

IV. Zo‘riqishlarni yengib o‘tishda qanday usullar va vositalardan foydalanasiz?

  1. Televizor ko‘rish.

  2. Mazali taom.

  3. O‘qish yoki ishdagi tanaffus.

  4. Uyqu.

  5. Yoqtirgan kishisi yoki do‘stlari bilan muloqot.

  6. Ota-onalar yoki do‘stlarning qo‘llab-quvvatlashi.

  7. Toza havoda sayr qilish.

  8. Xobbi (qiziqqan faoliyat turi bilan shug‘ullanish).

  9. Jismoniy faollik.

  10. Va boshqalar.

V. Imtihon-sinovlar oldidan qay darajada hayajonlanasiz? (10 ballik tizimda baholang)


VI. O‘zingizda imtihon bilan bog‘liq zo‘riqishlarning qanday belgilarini his qilasiz?

  1. Yurak urishining tezlashishi.

  2. Og‘izning qurib qolishi.

  3. Nafas olishning qiyinlashuvi.

  4. Mushaklarning titrashi.

  5. Bosh og‘rig‘i.

  6. Va boshqalar.



VII. Imtihon paytidagi zo‘riqishni qanday yo‘qotasiz? (Yozib qo‘ying)

  1. _________________________________________________________

  2. _________________________________________________________

  3. _________________________________________________________



O‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot bering.
F.I.O. _______________________________________________________
Jinsingiz ____________ Yoshingiz ________________Sinfingiz __________
Yüklə 15,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin