Yuk kutarish mexanizmlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi



Yüklə 81,45 Kb.
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü81,45 Kb.
#123538
1   2   3   4
юк кутариш м хавфсизлиги

Yuklarni joylashtirish.
Yukni avtomobil kuzovida yoki temiryo’l vagonida muayyan holatda joylash uchun yog’och yoki metall tirgak, tirgak rampalar, qalqonlar qo’llaniladi.
Avtomobilga ortilgan yukning avtomobil yo’li ustida 3,8 m dan va yo’l enida 2,5 m dan oshmasligi lozim.
Transport vositasining kuzovi bortini kamida ikki kishi bo’lib ochish yoki yopishlariga ruxsat beriladi. Bu vaziyatda yukni xavfsiz joylashganligiga e’tibor berish kerak.
Chuqurda yoki 200 dan oshgan qiyalikdagi joylashgan yuklarni ortishda ishchilarni o’tishlari uchun ushlagichi bo’lgan norvonlar qo’llaniladi..
Arqonlar va yuk qamrovchi qurilmalarda ishlaganda qo’lqop kiyib ishlash kerak.
Meteorlogik vaziyat o’zgarib, yukning fizik va kimyoviy xususiyatlariga ta’sir ko’rsatiladigan bo’lsa (maslan zaharlanish ehtimoli ko’paysa), ortish-tushirish ishlari to’xtatilishi kerak, bu haqda kranlarning xavfsiz ishlashiga javobgar shaxsga xabar berilishi kerak.

Davlat texnika nazorati qoidalariga binoan yuk ko’tarish mashinalarida quyidagi ish rejimlari belgilangan: dastaki yuritmali mashinalar uchun (D); mashina yuritmalari uchun yengil –(Ye); o’rta (O’); og’ir (O) va o’ta og’ir (O’O.)


Har bir mexanizmning ish rejimi asosiy yuk ko’tarish mexanizmi uchun belgilangan bo’ladi. Kran metall konstruksiyalarini hisoblashda ham shu ish rejimlariga rioya qilinadi.
Dastaki yuritmali kranlar ko’p tanaffuslar bilan ishlaydi va harakatlanish tezligi kichikligi bilan ajralib turadi. Odatda, bunday ish rejimi yordamchi yuk ko’tarish mexanizmlariga xos bo’ladi.
Yengil rejim (Ye) da kran ko’p tanaffuslar bilan, kamdan-kam nominal yuklar bilan ishlaydi, harakatlanish tezligi kichik, bir soatda elektr motorni ishga tushirish soni kamligi va ulanish davomiyligining kichikligi bilan xarakterlanadi. Bunday rejim ta’mirlash-mexanika sexlarida ishlaydigan ko’prik kranlar va elektrostansiyalarning mashina zallarida ishlaydigan kranlarning mexanizmlariga xos.
O’rta (O’) rejim turli massali yuklar bilan ishlash, o’rtacha harakatlanish tezligi va motorning o’rtacha ulanish davomiyligi bilan xarakterlanadi. Bu rejim, o’rta seriyali ishlab chiqarishning mexanika- yig’uv sehlarida va ta’mirlash-mexanika sexlarida ishlaydigan ko’prik kranlariga xosdir.
Og’ir rejim (0)-doimiy yuklar bilan ishlash (nominal qiymatga yaqin massali), katta harakatlanish tezligi, bir soatda elektr motorni ishga tushirish sonining kattaligi va yuqori ulanish davomiyligi bilan xarakterlanadi. Bu rejim yirik seriyali ishlab chiqarishning mexanika- yig’uv sehlarida va ta’mirlash-mexanika sexlarida ishlaydigan ko’prik kranlarga xos.
O’ta og’ir rejim (O’O)-doimiy yuklar bilan ishlash (nominal qiymatga yaqin massali) katta harakatlanish tezligi, bir soatda elektr motorni ishga tushirish sonining kattaligi va yuqori ulanish davomiyligi bilan xarakterlanadi. Bu rejim yirik seriyali ishlab chiqarishning texnologik sexlari va omborlarida ishlaydigan ko’prik kranlarning barcha mexanizmlariga xosdir.
Elektr asbob-uskunalar va yuk ko’tarish mashinalari mexanizmlarining ish rejimi quyidagi ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi (1.1-jadval):

  1. Yuk ko’taruvchanligi bo’yicha krandan foydalanish koeffisiyenti; ko’tarish mexanizmi uchun:

R Qo’r ,
(1.1)


Q
yuk
nom
Burish va harakatlantirish mexanizmlari uchun:


R Qo’r Gm ,
(1.2)


Q
yuk
nom

  • Gm

Bunda Qo’r
–ko’tarilayotgan yuk va yuk ilgich moslamalarining o’rtacha massasi;

t: Qnom
-nominal yuk ko’taruvchanlik; t; Gm
-mexanizmda ko’chirilayotgan

yukning massasi, t (kran yoki aravacha massasi bilan birga).

  1. Yil davomida mexanizmdan foydalanish koeffisiyenti:



Yüklə 81,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin