Yuk kutarish mexanizmlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi



Yüklə 81,45 Kb.
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü81,45 Kb.
#123538
1   2   3   4
юк кутариш м хавфсизлиги

Yuklarni tashish.
Kukunli va sochma materiallarni tashish uchun maxsus temir yo’l vagonlari va sement tashuvchi avtomashinalarga o’xshash mashinalar qo’llanilishi kerak, ular yordamida materialni changitmasdan ortish, tashish va tushirish mumkin.
Kukunli materiallarni tashishda idishlar qadoqlanishni bus-butunligini barcha bosqichlarda ta’miinlashi va oraliq davrda to’kilmasligi kerak.
Zararli va tajovuzkor suyuq materiallarni tashishda maxsus sisternalar ishlatiladi kerak.
Yuqori qayishqoq xususiyatli va tez muzlovchi moddallarni kimyoviy tarkibini o’zgartirmaydigan va atmosferaga zararli bug’ va gazlar ajralmasligini oldini olgan holda tezda isitish tizimini qo’llash kerak.
Suyultirilgan siqilgan gazlar (xlor, ammiak va b.) ni tashishda maxsus temir yo’l va avtomobil sisternalari ishlatilishi kerak.
Xavfli moddalarni yuklashda, ularni quyishda yoki sisternadan siqib chiqarishda, shuningdek sisternalarni yuvish va issiq bug’ bilan qayta ishlashda ishchilarni ular bilan aloqada bo’lishini yoki havoga zararli moddalarni ajralishini oldini oluvchi usullardan foydalanish kerak. Suyuqliklarni quyish oldidan sisternaning ichki sirtini atmosferaga tutashtiruvchi klapanlarning ishchi holati soz ekaniligi tekshirilishi kerak.
Sochiluvchan materiallarni tashish uchun uzluksiz ishlovchi kam to’kadigan transport (transporter, elevator va h.k.)ni qo’llash kerak, kukunsimon (sement, ohak va b.) materiallar uchun pnevmatik transport yoki minimal yo’qotishli changlatmaydigan qurilmalar, suyuq xavfli moddalar uchun smenaga 400 kG dan ko’p sarf bo’ladigan bo’lsa armaturalar bilan ta’minlangan quvurlar va kam sarflanadigan bo’lsa-moddani ishlab chiqqan korxonaning idishlarida, siqilgan va suyultirilgan zararli moddalar uchun quvur transporti va smenadaa kam sarflanadigan (smenada 10 ta ballon) bo’lsa- ballonlarda tashiladi.
Qo’l kuchida bajariladigan ishlar.
Ortish-tushirish ishlarini bajarishda va yuklani qo’l kuchi bilan tashishda quyidagi talablarni bajarish kerak:
A) o’tkir tig’li, kesuvchi, sanchiluvchi buyumlarni va asboblarni faqat g’iloflarda, qutilarada tashish;
B) qattiq idishlarda yuklarni va muzni qadoqlamasdan tashish faqat qo’lqoplarda bajarish;
V) shisha idishlarni turg’un tagliklarga o’rnatish, bo’sh shisha idishlarni uyali qutilarda saqlash;
G) siniq, yoriqlari bo’lgan, darz ketgan idishlardan foydalanmaslik;
D) soz bo’lmagan, mixlari chiqib turgan, qirasiga burib qutilarda yuklarni tashish;
Ye) transport vositasiga yuklarni ortishda va tushirishda qalinligi 50 mm dan kam bo’lgan taxtalar o’rnatilishi, ostiga taxta egilmaligi uchun tirgak qo’yilmasdan bajarish taqiqlanadi;
J) yuklarni qo’l kuchida ko’tarish va tashishda erkaklar uchun boshqa ishlar bilan almashinib bajarilsa-30 kG, to’liq ish smenasida ko’tarish va tashish ishlarida -15 kG, 16dan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun – 13 kG bo’lgan quyidagi yuklar: to’kma (shag’al, loyli, qumli, don, sabzavotlar, va b.) donabay yuklar (g’isht va b.), yog’och taxtalar (San PiN №0141-03, San PiN
№ 0116-01) yuklarga ruxsat etiladi;
Z) yo’l qo’yarli miqdor (30 kG) dan oshgan yuklarni tashish, agar boshqa yuk tashuvchilar yoki mexanizmlar bilan tashilsa, ruxsat etiladi;
I) xotin- qizlar qo’l kuchida yuklani ko’tarishlari va tashishiga: doimiy ish smenasi davomida – massasi 6kG kam yuklar, davriy (soatiga 2 marotaba) boshqa ishlar bilan almashinib turganda – massasi 9 kG kam yuklarga ruxsat etiladi (San PiN № 0115-01).
Ish smenasidagi har bir soat davomida bajariladigan dinamik yuklar miqdori, erkaklar uchun 850 kGm dan ortiq bo’lmasligi, ishchi sirtda polda yukni siljitishda 435 kGm dan ortiq bo’lmasligi, xotin-qizlar uchun mos ravishda 300 va 150 kGm bo’lishi kerak.
Yuklarni aravalarda va konteynerlarda tashilganda xotin qizlar uchun yuklanish 10 kG dan oshmasligi kerak.
Massasi 20 kG dan ortiq bo’lgan yuklarni tashishda texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun bino ichida qurilgan ko’tarish-tashish qurilmalari yoki mexanizasiya vositasida siljitiladi.
Shuningdek texnologik jarayonlardagi yuklarnitashish 25 m dan ortiq masofaga mexanizasiyalashtirish kerak.
Yuk ko’taruvchi ishchining yuk tashishdagi tekislik qiyaligi 30 dan oshmasligi kerak.
Transport vositasining platformasidan omborga va undan orqaga yuk tashuvchining o’tishi uchun ko’prik, qiyalanma o’tish joyi, norvonlardan foydalaniladi, ularning to’shamasi salqiligi 20 mm dan oshmasligi kerak. Ko’prik yoki norvonning uzunligi 3 m dan oshsa ularnig ostiga tirgak qo’yilishi kerak.
Ko’prik va norvonlar qalinligi 50 mm dan kam bo’lmagan yog’och taxtadan tayorlanishi kerak va pastdan har 50 sm masofada bo’lgan ko’ndalang bruslar bilan mahkamlanishi kerak.
Norvonlarning ko’ndalang bruslari kesim o’lchami 20×40 mm bo’lishi va oyoqlar tayanishi uchun har 300 mm masofada o’rnatilishi kerak.
Metall ko’priklar 5 mm qalinlikdagi prokat qobiqlardan tayyorlanishi kerak.
Balandligi 4 m gacha bo’lgan so’rilarni foydalanish uchun bevosita rahbarning ruxsati ko’ra qabul qilinadi va 4 m dan baland bo’lsa komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Yüklə 81,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin