(881-882-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 395-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2018-y., 09/18/395/1282-son) Tashuvchilar, yukni jo‘natuvchilar va yukni oluvchilarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi 89. Tashuvchi va mijoz o‘z huquq va majburiyatlarini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 90. Tashuvchilar va mijozlar tashish shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar buzilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 91. Taqdim etilmagan yoki bo‘lmasa taqdim etilgan, biroq tashilmagan yukka taqdim etilgan tashish qiymati tashish paytida amal qilgan, shartnomada ko‘rsatilgan tarifning tashish qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Jabrlangan tomon o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmagan tomondan zarar qoplanishini talab qilishi mumkin.
92. Mijoz, agar yuk yukni oluvchining talabi bo‘yicha:
shahar va shahar atrofida tashishda — yuk tashish uchun qabul qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida;
shaharalararo tashishda — yetkazib berish muddati tamom bo‘lgandan keyin 30 kun mobaynida;
to‘g‘ridan to‘g‘ri aralash tashishda — yuk tashish uchun qabul qilingan kundan boshlab to‘rt oy o‘tgach yukni oluvchiga berilmasa, yukni yo‘qotilgan deb hisoblashga va yuk yo‘qotilganligini qoplashni talab qilishga haqlidir.
93. Avtotransport vositasi tashish shartnomasida belgilangandan ortiqcha vaqt normasida yuk ortilgan yoki tushirilgan holda bekor turib qolganligi, shuningdek mijozning aybi bo‘yicha avtotransport vositasi to‘xtash joyida yoki borish yo‘lida bekor turib qolganligi uchun tashuvchi tashish shartnomasida nazarda tutilgan neustoykani talab qilishga haqlidir.
94. Tovar-transport yukxatidagi yoki yo‘l varaqasidagi avtotransport vositasi kelgan va jo‘nab ketgan vaqt to‘g‘risidagi belgilar avtotransport vositasi bekor turib qolganligi uchun da’vo qo‘zg‘ash uchun asos hisoblanadi.
95. Tashish shartnomasida tovar-transport yukxatini, shuningdek yo‘l varaqasini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun mijoz tomonidan tashuvchiga neustoyka to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
96. Yukni jo‘natuvchi u tomonidan tovar-transport hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi, noaniqligi yoki to‘liq emasligi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha zararlar uchun tashuvchi, yukni oluvchi va tashish jarayonida ishtirok etuvchi barcha shaxslar oldida javob beradi.
97. Mijoz avtotransport vositalariga qonunchilikda taqiqlangan va ilova hujjatlarida ko‘rsatilmagan yuklar ortilganligi uchun javob beradi.
(97-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 98. Yukni tashish shartnomasidan kelib chiqadigan da’voni tashuvchiga taqdim etishdan oldin unga talab taqdim etish majburiydir.
Tashish shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoxud zarur tarzda bajarilmasligi munosabati bilan tashuvchi bilan mijoz o‘rtasidagi kelishmovchiliklar hollari tomonlarning kelishuviga ko‘ra erkin shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi mumkin, ularda tomonlarning javobgarligi choralarini belgilash uchun asos hisoblanadigan holatlar ko‘rsatiladi.
99. Yukning yo‘qolganligi, buzilganligi, kamomadi yoki shikastlanganligi uchun zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vo har bir jo‘natish bo‘yicha alohida taqdim etilishi kerak. Bir yukni jo‘natuvchining bir yukni oluvchi manziliga bir turdagi yuklari bo‘yicha jo‘natishlar guruhiga bitta da’vo taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi.
Da’volarga zarur hujjatlar (tovar-transport yukxati, tovar uchun chek va zararning hisob-kitobi) ilova qilingan bo‘lishi kerak.
100. Tashuvchiga da’volar mijoz tomonidan ushbu Qoidalarning 7-bandida belgilangan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin taqdim etilishi mumkin.
Zarur hujjatlarsiz tashuvchiga berilgan da’volar u olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda berilgan hujjatlar bilan birgalikda va qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga qaytariladi. Bunda da’volarni taqdim etish uchun belgilangan muddat to‘xtatilmaydi.
Da’vo pochtada yoki bevosita tashuvchiga tilxat ostida berilgan kun mijoz tomonidan da’vo berilgan kun deb hisoblanadi.
Da’voni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida tashuvchi mijozni o‘ttiz kunlik muddatda xabardor qilishi kerak. Da’vo tashuvchi tomonidan rad etilgan taqdirda u da’vo rad etilishining sabablarini ko‘rsatishi kerak.
101. Tashuvchi da’voni to‘liq yoki qisman rad etgan, yoxud tashuvchidan o‘ttiz kunlik muddatda javob olinmagan taqdirda tashuvchiga da’vo yukni jo‘natuvchi yoki yukni oluvchi tomonidan taqdim etilishi mumkin.