Yuklarni tashish Tashuvchilar, yukni jo‘natuvchilar va yukni oluvchilarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi


III. Yuklarning ayrim turlarini tashish xususiyatlari



Yüklə 93,11 Kb.
səhifə4/6
tarix03.02.2023
ölçüsü93,11 Kb.
#82695
1   2   3   4   5   6
MUSTAQIL ISH

III. Yuklarning ayrim turlarini tashish xususiyatlari
1. Umumiy shartlar
59. Yuklarning ayrim turlarini tashishda ularning xossalaridan, gabaritlari va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib:
tashuvchi haydovchi texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi xavfsizlik, yo‘l harakati xavfsizligi, yuklarni qabul qilish va yetkazib berish qoidalari bo‘yicha o‘qitilishini va unga yo‘l-yo‘riq berilishini ta’minlaydi;
tashuvchi yukni tashish shartnomasida belgilangan muddatda yukni jo‘natuvchiga tegishli yukni tashish uchun yaroqli holatdagi soz avtotransport vositasini yuklash uchun beradi. Yukni boriladigan joyga tashishga, tipi va yuk ko‘tarishiga ko‘ra tashish shartnomasida belgilanganga muvofiq bo‘lgan, shuningdek tegishli asbob bilan jihozlangan avtotransport vositalari va konteynerlar yukni tashish uchun yaroqli deb e’tirof etiladi;
yukni jo‘natuvchi tovar-transport hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan fitosanitariya, sanitariya, karantin, bojxona talablarini va boshqa talablarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shuningdek tashishning cheklangan muddatlari va harorat rejimi to‘g‘risidagi tavsiyalarni va konteynerning qulflash, tamg‘alash qurilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
(59-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
60. Bitta avtotransport vositasida bir necha yukni oluvchilarga yuklarni tashishda yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) ularni avtotransport vositasi kuzovida har bir yukni oluvchiga mo‘ljallangan yukning butun assortimenti yuklanishini ta’minlaydigan etib joylashtirishi, shuningdek har bir yukni oluvchiga tovar-transport yukxatlarini yozishi shart.
Yuklarni tashish
61. Tez buziladigan yuklar asosan harorat rejimiga rioya qilgan holda izotermik kuzovli (furgonlarda, refrijiratorlarda va shu kabilarda) ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida tashiladi.
Tez buziladigan yuklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) o‘simlik mahsulotlari: mevalar, reza mevalar, sabzavotlar, qo‘ziqorinlar va boshqalar;
b) hayvonlarning mahsulotlari: har xil hayvonlar va parrandalarning go‘shti, baliq, ikra, sut, tuxum va boshqalar;
v) qayta ishlash mahsulotlari: sut mahsulotlari, har xil yog‘lar, muzlatilgan mevalar, kolbasa mahsulotlari va boshqa go‘sht mahsulotlari, pishloqlar va shu kabilar;
g) o‘simliklar: ko‘chatlar, gullar va boshqalar.
Agar tashish hujjatlarida yukni jo‘natuvchi tomonidan tashishning cheklangan muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shuningdek agar tashishning cheklangan muddati yetkazib berish muddatidan kam bo‘lsa, tez buziladigan yuklar tashish uchun qabul qilinmaydi.
Tez buziladigan yuklar, agar:
yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etsa, yukni jo‘natuvchi esa yangi yukni qabul qiluvchi to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar bermagan bo‘lsa;
yuklar ularni bundan keyin tashib bo‘lmaydigan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan darajada shikastlangan bo‘lsa sotilishi kerak.
Tashuvchi tez buziladigan yukni sotish uchun berish zarurligi to‘g‘risida mijozni yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Agar bildirishnoma jo‘natilgandan keyin besh kalendar kundan so‘ng mijozdan javob olinmasa, tashuvchi tez buziladigan yukni uning ruxsatisiz sotishi mumkin.
Agar o‘z xususiyatiga ko‘ra omborga joylashtirilishi mumkin bo‘lmasa, shuningdek agar yukni sotish kechiktirilishi uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, tashuvchi yukni sotish uchun qisqaroq muddatda ham berishi mumkin.
Sotilgan yuk uchun tashuvchi olgan summa ular o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha mijozga o‘tkaziladi (beriladi).
Tashuvchi tashish uchun berilayotgan tez buziladigan yuklarning sifatini tanlab tekshirishi mumkin, germetik o‘ramdagi yuklar bundan mustasno.
Yukni ochish va keyinchalik uni o‘rab-joylashtirish tekshirishdan keyin yukni jo‘natuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yukni jo‘natuvchi tashuvchiga tez buziladigan yukka tovar-transport yukxati bilan birgalikda, agar bunday yuk majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, sertifikat yoki sifat guvohnomasini taqdim etishi kerak.
Yukni jo‘natuvchi tez buziladigan yukka tovar-transport yukxatida yuklashdan oldin yukning amaldagi haroratini va yukni tashishning cheklangan muddatini ko‘rsatishi kerak. Agar yukxatida ko‘rsatilgan tashishning cheklangan muddati yetkazib berish muddatidan ortiq bo‘lsa, tez buziladigan yuklar tashuvchi tomonidan tashish uchun qabul qilinmasligi kerak.
Bir avtotransport vositasida tarkibi va xossalariga ko‘ra bir xil bo‘lgan tez buziladigan yuklarning har xil turlarini birgalikda tashishga yo‘l qo‘yiladi.
611. Avtomobil transportida tashish uchun taqdim etiladigan tez buziladigan yuklar ro‘yxati mazkur Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan. Tez buziladigan yuklarni saqlash va tashish harorat rejimi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
612. Bitta avtotransport vositasida birga tashishga ruxsat beriladigan tez buziladigan yuklar ro‘yxati mazkur Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan.
613. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish tartibi mazkur Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan.

Yüklə 93,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin