Ma'naviyatning shaxs, millat, jamiyat hayotidagi o'rni nimada?
Tayanch tushunchalar Baynalminallik – bu barcha xalqlar bilan do‘st bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot uchun kurashga chorlovchi faoliyat. Bu axloqiy qoida sifatida vatanparvarlikni boyitadi va ayniqsa o‘z milliy qobig‘iga o‘ralib qolishga yo‘l bermaydi.
Bag‘rikenglik – bu qadimiy qadriyat bo‘lib, o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lishdir.
Vatan (arabcha «vatan» - ona yurt ) deganda – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug‘ilib-o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati tushuniladi. Vatan, eng avvalo, ob’ektiv muhit, borliq, zamin bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishi ongida aniq tasvir, qiyofa, siymolar tarzida shakllanadi.
Vatanparvarlik –bu ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash. Vatan ravnaqiga har bir fuqaroning o‘z hissasini qo‘shishga erishishi.Vatanparvarlik – bu ona - Vatan, mustaqil O‘zbekiston tushunchalarini o‘z ongiga singdirish va unga sodiq bo‘lishga erishish.
Insonparvarlik – odamzotning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashishi, insonning baxt-saodati, teng huquqligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoiyllari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi.