Yuldashev Jamshid 205-guruh mavzu. Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati Reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/10
tarix09.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#109917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi

sofistlar falsafasi katta o`rin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to`g`risidagi fan) muammolari bilan shug`ullangan. Sofistlar yangi kasblarning moxir ustalari, ya’ni o`qituvchilar, diplomatlar, notiklar, sud maxkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo`lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o`rnatishga xizmat qilgan. ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko`rsatgan.
Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi.
«Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug`ullangan, xurfikrli inson, kambag`aldan chiqqan, tosh yunuvchining o`g`li, o`ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo`lgan. Uning hayoti fojiali tugagani to`g`risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. O`z davrida Afinadagi xukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari so`rgani uchun ruxoniylar uni daxriylikda hamda yoshlarni axloqan bo`zishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy ayb quyilgan. Garchand kutilish imkoni bo`lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nixoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir gadax zahar ichib o`lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo`lishidan qat’i nazar, so`zsiz itoat etishni targ`ib etganlari G`oyatda ibratlidir. Хolbuki, Suqrot va uning shogirdlari Afinada amal qilgan qonunlarni noto`g`ri va adolatsiz deb xisoblagan hamda ularni qattiq tanqid qilgan, ammo, shunday bo`lsa-da, ularga buysungan. Shu ma’noda, Suqrot o`zini aybdor deb topgan sud xukmiga itoat etgan va o`zini uning ixtiyoriga topshirgan. «Aflotun mening do`stim, ammo qonun do`stlikdan ustun turadi» degan xikmatli ibora usha davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir.
Suqrot o`z ta’limotini og`zaki ravishda kucha-kuyda, maydonlarda, xiyobonlarda
shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot
haqida esdaliklar» asarida o`z ustozi haqida ilk so`zlar aytib, uni olijanob, axloq-odob borasida xaqqoniy fikr yuritgan inson sifatida ta’riflagan. Yoshlarning axloqini bo`zgan deb unga siyosiy ayb qo`yish — tuxmat ekanini aloxida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur muloxazali, insonni ulug`lovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o`z asarlarida Suqrot nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog`i lozim. Jamiyatning ravnaki, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning axvoliga bog`liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o`rin to`tganli bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benixoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasixatlariga amal qilgan.
Suqrotning shogirdi
Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin