Yuldashev Jamshid 205-guruh mavzu. Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati Reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/10
tarix09.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#109917
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi


Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati. Uyg'onish davri madaniyati
 

Yuldashev Jamshid 205-guruh
mavzu. Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati
Reja:
    • Ibtidoiy(arxaik)davrdagi insonning fikrlash tarzi. Diniy madaniyatning ilk shakllari va ko’rinishlari Madaniyatning tarixiy bosqichlari.
    • Skiflar madaniyati. Skiflar madaniyatining O’rta Osiyoda, xususan, Turonzaminda shakllanganligi, Gerododning bu xaqda dalillari.
    • “Amudaryo xazinasi” – dunyo madaniyati tarixida muhim voqea.
    • Kaltaminor madaniyati.
    • Qovunchi madaniyati.
  • Kushonlar davrida Termiz (Termed), Chingiztepa, Qoratepadagi budda ibodathonalar.
  • Dalvarzintepadagi Chag’aniyon shahri me’morchiligi. Xorazm va Baqtriyadagi inshootlar.
  • Milodiy I asrga oid Xan yilnomasida “Avesto” davri madaniyati. Zardushtiylik ta’limoti.
  • Xitoy sayyohining hozirgi O’zbekiston to’g’risidagi ma’lumotlari. Buddaviylik

  • madaniyati. Buddaviylikning Baqtriya davlatiga kirib kelishi.
    Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat- mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko‘lamining 99 foizini tashkil qilgan holda zamonaviy madaniyatga beqiyos ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. O‘sha vaqtda vujudga kelgan arxaik madaniyatning ayrim ko‘rinishlari bo‘lmish fikrlash tarzi, fe’l-atvor hozirga qadar yo’qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang‘ich davri keyingi barcha o‘zgarishlarga zamin tug‘dirgani sababli bu davrni o‘rganish insoniyat evolyusiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.
    «Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlikdir» – degan edi A. qodiriy. «Dunyoda turmoq uchun, – deb
    yozadi M. Behbudiy, – dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur».
    Ibtidoiy bosqichdagi madaniyat rivojining qiyofasini qayta tiklash o‘ta qiyin vazifa.
    «Shahsiy guvohnoma, tarjimai hol, qiyofadan mahrum, sukunatdagi o‘tmish, hodisasiz «uzoq», (F. Brodel) «mudroq», (E. Lerua-Ladyuri) tarix uchun ideal namuna kasb etib, tabiiy-ilmiy mantiqni yaratish, uslublar miqdori yoki ijtimoiy-iqtisodiy tushunchalar va dastlabki (ibtidoiy jamoa) ijtimoiy tuzum ta’limotini izohlash uchun mo‘lajallangandir»[1].
    Olimlar to‘plagan ma’lumotlar 2 xil bo‘lib:
    • Antropologik va arxeologik topilmalar-ibtidoiy odamning jismoniy va madaniy rivojlanishini, ovchilik jamoasining turmush tarzini yorug‘ olamga chiqardi. Bu ma’lumotlar o‘ziga xos belgilari bilan emperik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqardi va ibtidoiy bosqichni umum qabul qilgan tasnifiga asos soldi:

    • 1.
      Paleolit-qadimgi tosh asri, 2.
      Neolit – yangi tosh asri.
      Paleolit bosqichining o‘zi ham ilk (quyi) va so‘nggi (yuqori) davrlarga bo‘linadi.
      Shuningdek, poleolit va neolit bosqichining o‘rtasi mezolit – o‘rta tosh asri davriga bo‘linadi.
    • Etnografik ma’lumotlar- zamonaviy xalqlar va hozirgi vaqtda ham ovchilik va termachilik bilan kun ko‘ruvchilarning hayoti haqida. Bu ma’lumotlar saqlanib qolgan arxaik madaniyat ko‘rinishini etnik, ijtimoiy va ruhiy o‘xshashliklar bo‘yicha qayta tiklashga yordam beradi.

    • Tosh asrining davri bundan 2,6 mln. yildan (Keniyaning Rudolf qo‘li sohilidan topilgan

qadimgi tosh qurollari) to eramizgacha 2 ming yilgacha (mehnat qurollarini jezdan tayyorlay boshlagan davrgacha) bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida paleolit bosqichidagi eng uzoq davr ilk poleolit bo‘lib, bundan 40-35 ming yil oldin tugaydi. Ilk poleolitda antropogonez jarayonining sodir bo‘lishi, qazib topilgan gominid qoldiqlarining alohida turlari yashagan davrlarda (zinjantrop, avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal va boshqalar,) madaniyatning alohida ilk namunalari vujudga keldi: qo‘pol tosh qurollari tayyorlash (kesgich, tosh nayza, qirg‘ich), olovdan foydalanish, oddiy turar joylarning qurilishi, muomala vositalarining rivojlanishi, atrof-muhit haqida dastlabki murakkab tasavvurlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Desentrizm farazi insoniyat paydo bo‘lishini ikki o‘choq-Afrika va Osiyo bilan bog‘laydi, zero hozirgi vaqtda eng qadimgi odam qoldig‘i ham Afrika mintaqasidan topilgan. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston xududida qazib topilgan gominidlar ham ilk paleolit davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung‘ir g‘oridan topgan «fergantrop» qoldig‘ining yoshi 700 ming yilga teng.
Ilk paleolitning oxirgi davri ko‘pincha alohida davrga ajralib «o‘rta» yoki «muste» deb
nomlanadi (200 minginchi yildan 40 minginchi yilgacha). Bu qonuniy hodisa bo‘lib, muste davrida madaniy ijodkorlik jarayonining o‘sishi seziladi, ya’ni bu davrda neandertallar paydo bo‘ldi. Neandertallar keng xududlarga tarqalib murakkab va turli xil qurollar tayyorlagan, eng muhimi ulardan ma’lum marosim va madaniyatni rivojlantirish boshlandi. Neandertallar yashagan g‘orlaridan ayiqning bosh suyagi topilgan, maxsus o‘rnatilgan tosh supa olovdan qoraygan, unda ma’lum marosim o‘tkazilgan. Neandertallar qabri ko‘pincha Sharq-g‘arb yo’nalishi bo‘yicha joylashib, murda «yonbosh uxlayotgan holatda, tizzalari engagiga qayirilgan, yoniga tosh qurollar qo‘yilgan». Bu marosim udumi o‘limdan keyingi hayot mavjudligi haqidagi tasavvurning madaniyatdagi eng qadimgi va barqaror paydo bo‘lganligidan dalolatdir. Neandertal qabri O‘zbekistonning Teshiktosh g‘oridan (Surxandaryo viloyatidan) ham topilgan, shuningdek, o‘sha davrga oid ko‘plab manzilgohlar ochib o‘rganilgan (Omonqo‘ton, Zirabuloq, Obirahmat, Ko‘lbuloq, Uchtut va bosh.).
Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa so‘nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So‘nggi paleolitning boshlarida gominid evolyusiyasi yakunlanib zamonaviy «aqlli odam» turi paydo bo‘ladi. So‘nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda ko‘payishi natijasida tarkibiy qurollar-tasma, uchlik, shuningdek, to‘qimachilik paydo bo‘ladi. Nihoyat, dastlabki tartibli ijtimoiy tashkilot-urug‘ tashkil topadi. Bu inqilobning mahsuli insonlarning asosiy antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma’naviy birligi bo‘lib, insonlar uyushmasining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, til, maishiy rivojlanishidagi tafovutlarga qaramasdan tarixda saqlanib qoldi.
Ma’naviy madaniyat dastlab juda sodda bo‘lib, o‘sha davr kishilarining mehnat faoliyati
bilan uyg‘unlashib ketgan edi. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi ancha cheklangan bo‘lsada, biroq yashash uchun kurash jarayonida atrof-muhitni kuzatib tajriba to‘plaganlar. Natijada yangi tushuncha va tasavvurlar paydo bo‘lib, tafakkur va nutq rivojlana bordi. Bu esa jamiyat ma’naviy rivojlanishini tezlashtirdi. O‘zlashtiruvchi ho‘jalikdan ishlab chiqaruvchi ho‘jalikka o‘tilishi bilim va tajribaning to‘planishi natijasida yuzaga keldi.
Dastlab, ibtidoiy odamlar oziq-ovqat qidirib o‘zi yashayotgan muhitni yaxshiroq o‘rgana
boshladilar. Bu esa ularning geografik bilimini oshirgan. Tabiatdagi mavjud iste’mol qilishga yaroqli o‘simlik va mevalarni qidirib topishi va kuzatishi natijasida botanika bilimlari to‘plangan. Yovvoyi hayvonlar ovlash jarayonida hayvonlarning fe’li, turi, yashash joylarini kuzatish tufayli ibtidoiy odamlarda zoologiya bilimi shakllana boshladi. Bu jarayonlarni o‘rganish ibtidoiy odamlar uchun zaruriy, hayot uchun kurash, tirikchilik manbai edi.
Kasallikni davolash uchun o‘sha zamonning o‘ziga xos sodda tabobati bo‘lib, davolashda
o‘simliklar, mevalar, hayvonlar, mineral jismlardan foydalanganlar. Shuningdek, silash, uqalash usuli bilan ba’zi kasalliklarni davolaganlar va folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullaridan ham foydalanganlar.
Ibtidoiy odamlar tabiatni, iqlimni sharoitdan kelib chiqib kuzatishi asosida ob-havoni oldindan aytib berish qobiliyati paydo bo‘ladi. Tarbiya ham mehnat va turmush bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, odat va udumlar asosiy ahamiyat kasb etgan.
Ma’naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan biri ibtidoiy san’at ham odamning mehnat faoliyati bilan uyg‘un holda vujudga kelgan. Urug‘chilik jamoasining paydo bo‘lishi davrida ibtidoiy odamlar san’atning nimaligini to‘la anglamagan holda tirikchilik jarayonida san’at shakllana boshladi. Ibtidoiy sanoat xilma-xil bo‘lib, bir necha turlarga bo‘linadi:
  • Suyak, tosh parchasi, shox, kulolchilik buyumlariga chizilgan belgilar, odam, hayvon va har xil narsalarning tasvirlari.
  • g‘or devorlariga har xil ranglar bilan ishlangan hayvon, odam va buyumlar tasviri. Ularda ov, mehnat, jang va boshqa manzaralar tasvrilangan. Bunday tasvirlar Turon, Sahroi

  • Kabir, Markaziy Osiyo, g‘arbiy Yevropada ko‘plab uchraydi.
  • qoya toshlarga o‘yib, chizib, ishqalash usuli bilan ishlangan tasvirlarda hayvon, buyum, qurollar va ibtidoiy kishilarning kundalik mehnati bilan bog‘liq manzaralar o‘rin olgan. qoya tosh tasvirlari Osiyo, Afrika va Yevropada ko‘p uchraydi.
  • Arxaik san’at turlaridan yana biri xaykaltoroshlik ham urug‘chilik jamoasining rivojlangan davrida paydo bo‘lib, asosan ayollar, qisman erkaklar, shuningdek, hayvonlar xaykallari ishlangan. Bunday xaykalchalar, suyak, tosh va boshqa narsalardan tayyorlangan. Haykal tasvirlarda ibtidoiy mahnat va e’tiqod ramzlari nomoyon bo‘ladi.
  • Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik (neolit) faoliyati bilan bog‘liq sopol buyumlarga chizilgan rasmlarda oddiy chiziqlar, hayvon va o‘simlik tasvirlari uchraydi.
  • Ibtidoiy san’at turlaridan biri – niqoblar qadimgi odamlarning ovchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, niqob tutib hayvon qiyofasiga kirgan, hayvonlarni qo‘rqitib o‘zlarini himoya

  • qilgan. Niqoblardan marosim va udumlarda foydalangan.
  • Musiqa, qo‘shiq, o‘yin ibtidoiy san’at turlari hisoblanib, ibtidoiy odamlar urib, chertib, puflab chaladigan asboblarni kashf qilishgan.
  • Xalq og‘zaki ijodi-asotir, rivoyat va afsonalar ham ibtidoiy davr mahsuloti bo‘lib,

  • ibtidoiy odamning turmushi, o‘y-fikri va kayfiyatini ifodalagan, diniy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo‘lgan.
    Umuman, ibtidoiy san’at kishilarning dastlabki umumiy ijodi bo‘lib, u odamlarning mehnat faolyati, ichki ruhiyati va diniy tasavvurlari bilan uyg‘un bo‘lgan. Aytish mumkinki,
    diniy tasavvur va e’tiqod shakllari madaniyatning moddiy va ma’anviy turlarining rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan.
    Diniy tasavvur va e’tiqod jamoa tuzumining keyingi davrlarida shakllanib, ayrim unsurlari o‘rta paleolit davrlarida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar atrofidagi hodisalarning
    sabablarini tushuna olmagan. Tabiatdagi turli hodisalarning sir-asrorlari ularga ma’lum bo‘lmagan. Bu hodisalar negizida sirli, g‘ayritabiiy kuchlar yashiringan deb tushunib, shu
    g‘ayritabiiy kuchlarga e’tiqod qilingan.
    Ibtidoiy odamlar turli mintaqalarga tarqalib, turli xil tirikchilik bilan shug‘ullana boshlaydi. Tabiatning va tirikchilikning xilma-xilligi turli e’tiqodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Tabiat va jamiyat hodisalarga bog‘liq g‘ayritabiiy kuchlarga ishonish ibtidoiy e’tiqod deyiladi. Uning totemizm, animizm, sehrgarlik, feteshizm kabi turlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida keng tarqalgan.
    Totemizm-jamoaning hayvon yoki o‘simlik turi bilan g‘ayritabiiy qarindoshlik aloqasiga ishonishi bo‘lib, ovchilik va termachilik rivojlangan davrda paydo bo‘lgan. Bu e’tiqodda totem- hayvon yoki o‘simlik nihoyatda hurmat qilingan. Totemizmning ilk bosqichida hayvon muqaddas sanalib, uni o‘ldirish yoki go‘shtini iste’mol qilish ta’qiqlangan. Faqat urug‘ning urf- odat marosimlaridagina bu hayvon go‘shti iste’mol qilingan.
    Animizm –«rux», «jon» ma’nosini bildirib, bu dunyoda ruhlar, jonlar shaklidagi
    g‘ayritabiiy kuchlarnig borligiga ishonish. Tabiatdagi narsalar, odam va boshqalarning ruhlari- shular jumlasidandir. Urug‘chilik jamoasining rivojlanishi bilan urug‘ boshliqlar, harbiy yo’lboshchilar ruhiga-ajdodlarga sig‘inish paydo bo‘lgan. Matriarxat davrida ruhlar ayollar

nomi bilan atalgan. Xo‘jalik shakllari paydo bo‘lgach tabiatdagi narsalar (quyosh, suv, yer) ning ruhiga topinish kuchayadi. Sehrgarlik- odamning g‘ayritabiiy kuchlarga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga asoslangan amallardir. Bu ibtidoiy san’atda ham o‘z ifodasini topgan. qoyatosh tasvirlaridagi yaralangan hayvon ifodasida ovchilar bo‘lg‘usi ovning baroridan kelishini ko‘zlab, hayvonlarni sehrlaganligini kuzatish mumkin.
Gominidning uch million yillik evolyusiyasi nihoyasidagi kuchli evrilish natijasida anglash, nutq, din, san’at vujudga keladi. Arxaik madaniyatning xususiyati haqida uni haqli ravishda «gomo sapiens» yaratganligiga etnografik va arxeologik ma’lumotlarga asoslanib tasavvur qilish imkoniyatlariga egamiz. Birinchi navbatda biz, ibtidoiy odamning o‘ziga xos fikrlash xususiyati haqida xukm chiqarishimiz mumkin.
Ibtidoiy odamning fikrlashi aniqlik, ta’sirchanlik, butunlikda farqlanadi. Ibtidoiy odam
asta- sekin turli tashqi hodisalarni seza boshlaydi. U issiq va sovuqni, to‘q va ochlikni, yaxshi va yomonlikni his qiladi, yorug‘lik va qorong‘ulikni ajratadi. Hodisalarning ro‘y berishini kuzata boshlaydi. O. Freydenbergning fikricha, unda kuzatish ta’suroti ustun bo‘lgan. Ibtidoiy odamning ta’sirchan, aniq tasavvuri hali hodisalarni umumlashtirish qobiliyatidan yiroq edi. U tevarak-atrofdagi voqea hodisalarning mohiyatini tahlil qilmasdan faqat yuzaki qayd qiladi, narsa va jarayonlarga, ularning xususiyatiga bir xil yondoshgan. Ibtidoiy tafakkur uchun sababiy bog‘lanishlar o‘ta shartli bo‘lib, qandaydir hodisaning sababi tez-tez qaytarilib turilishi natijasida vaqt o‘tishi bilan idrok qilingan.
A.N. Ramonovning ta’kidlashicha, «yozuvsiz madaniyatning o‘ziga xos xususiyati- nutqning nokategorial shaklidir». Bu mustaqil faoliyatning ijodiy manba’larini cheklovchi jarayon hisoblanadi. Insonga kerakli barcha yangilik va bilim faqat faoliyat jarayonida namoyish qilish usulida berilgan. Shuning uchun ibtidoiy madaniyatda marosimga o‘xshash shakllar ustunlik qiladi. A. Ramonov aytganidek, marosim- aniq va maqsadli faoliyat bo‘lib, uni amalga oshishi ijtimoiy guruhlar nuqtai nazarida ishlab chiqarish faoliyati kabi hayotini saqlash uchun ham o‘ta muhim hisoblanadi. Marosim pragmatikona va faqat ma’lumot beruvchi emas, balki ularga berilayotgan ma’lumot to‘liq holda bo‘lib so‘z orqali izohlanmaydi. Unda ishlab chiqarish faoliyati ham, bilim ham, sehr- jodu ham, san’at ham aralash holda bir butunlikda namoyon bo‘ladi.
So‘ngi paleolit davrida animistik e’tiqodlar va sehr-jodu ma’naviy madaniyatning negizi sifatida qat’iy rasmiylashdi. qadimgi e’tiqodlarning shakllanishi manbaida tabiatning tashqi ko‘rinishi va odamlar jamoasi haqida tasavvurlarning uyg‘unlashib ketishi ibtidoiy odam uchun xos bo‘lgan inson va tabiatning sub’ekti va ob’ekti birligi ta’sirida, ehtimol jamoa nima bilan shug‘ullansa o‘shanga bog‘liq bo‘lgan hayvonlar, o‘simliklar, toshlar, ya’ni uning faoliyati doirasida nima mavjud bo‘lsa barchasi uchraydi. Dunyoda yashayotgan aholining ko‘plab ruh va jonlar bilan munosabatda bo‘lish vositasi sifatida sehrgarlikni keltirib chiqardi. Sehrgarlikning eng qadimgi turlaridan biri ovchilik sehrgarligi bo‘lib, o‘lja yaqinlashishi bilan uni tutish mashqini o‘rganadi. Biroq, barcha harakatlar faqat mashq bilan tugamaydi. Uni amalga oshirish jarayoni asosiy masala hisoblanadi.
Dastlabki sehrgarlik harakatlari mazmunida totemizm –hayvonlar ajdodiga topinishni keltirib chiqardi. Ibtidoiy jamoa turmushi, ovi, urushi, hayvonlarni tutib yeyishi, tug‘ilish va o‘limini – umuman inson hayotini totemistik, ya’ni, totemlar kurashi va to‘qnashishi orqali tasavvur qiladi. Bu tasavvurlar oqibatda kosmogonik manzaraga asos soladi, qaerda har bir totem-koinot borki yeydi, yo’qoladi va tiriladi, qari koinot o‘rniga yoshlar keladi. Ularning o‘rin almashishi va yosharishi yoki tirilishning borligi o‘limdadir.
Sehrgarlikka o‘xshash hayot nafaqat paydo bo‘layotgan tushunchalarni o‘zida jamladi, balki madaniyatning eng qadimgi shakli bo‘lib qoldi. Undan hozirgi vaqtgacha olamni o‘zida aks etgan din, san’at, fan sohalari paydo bo‘ldi. Barchasi suyakka chizish va naqsh solish, kichik haykaltoroshlik, belgi – muhr bosish, bo‘yoqli hoshiyalar chizish, g‘or devorlariga betartib chiziq shakllar solishdan boshlandi va natijada mashhur Altamir, Lasko, Montospan va boshqa g‘orlardagi tasvir galereyasi vujudga keladi. g‘or tasvirlari tabiiy, aniqrog‘i hayotiy aks ettirilgan. g‘or tasvirlarining dastlabki bosqichida jonvorlar tasviri alohida o‘rin tutadi: otlar,
yovvoyi qoramol, mamontlar o‘ta yorqin tasvirlangan. Paleolit kishisining tasvir faoliyatida nafosat uyg‘unligi yoki rasm yozuvlar (piktografiya) emas, balki tasvirni «fotografik» tarzda ifodalash ustun bo‘lgan. Bu tasvirlar marosim tafsilotlaridir. Mashhur san’atshunos A. Arnxeymning ta’kidlashicha paleolit davrida san’at hayotiy zarur vazifani bajargan. U kishiga mislsiz kuch baxsh etib, tirik mavjudod va narsalardagi ma’nisizlikka»sehr baxsh» etish imkonini yaratgan. Ibtidoiy odam chizilgan tasvirga jonivorlarning joni o‘tadi, shu tufayli ularga ta’sir qilish mumkin deb o‘ylagan. Arxaik san’at insonni hayvonlar ruhiyati bilan qiziqishida alohida vosita bo‘lib, unda haqqoniyat va marosim uyg‘unlashib ketadi.
Skiflar miloddan oldingi VII asrlarda tarix sahnasiga chiqdilar. Skiflar
tarixi, ularning turmush tarzi, harbiy san`ati va boshqa ko`plab moddiy va ma`naviy hayotiga oid
qarashlar turli–tumandir. Goh Janubiy Rossiya, goh Shimoliy Kavkaz, goh O`rta Osiyoga nisbat
berilayotgan skiflarning turmush tarzi bilan bog`liq qarashlar bugungi kunga kelib o`zgarib bormoqda.
1952 йили А. Фармозов Боғчасарой яқинида ибтидоий одам яшаган манзил топди. Мустъер маданияти деган ном ўша жойнинг номидан олинган. Bu xalq to`g`risida yunon
tarixchisi Gerodot ba`zi afsonalarni keltiradi. Jumladan, quyidagi afsonaga murojaat etaylik: Gerakl Gerionning chorvasini haydab, o`sha paytda inson oyog`i etmagan yurtga
borib qolgan ekan. (Hozir bu erlarda skiflar yashaydilar.) Gerion Pontadan uzoqda — Okean orolida, Gerakl Ustunlari ortidagi Gadirda istiqomat qilardi (bu orolni ellinlar Eritiya
deb aytishadi).
Ellinlar hikoya qilishlaricha, Kun chiqishdan boshlab butun er shari bo`ylab okean
oqar
ekan. Lekin o`zlari ham buni aniq isbotlay olmaydilar. Shunday qilib, Gerakl hozirda Skiflar mamlakati deb aytiladigan joyga o`sha yoqdan kelib qolgan ekan.
Bu tasvir skif - hayvonot uslubi aks etgan afsonalarning bizga ma`lum bo`lgan ilk
namunasidir. Ilk afsonalarda inson va hayvonni yaxlit tasavvur qilish natijasida yana yarmi ho`kiz, yarmi odam shaklida ilk inson yuzaga kelgan. Jumladan, mashhur arxeolog S.P.Tolstovning aytishicha, ilk inson Qayumarsning tanasi yarmi inson, yarmi ho`kizdan iborat bo`lgan ekan. Antik davr madaniyatiga oid tasvirlarda uchraydigan jonzotlar - ot, tuya, tog` echkisi, hatto ilon, baliq ham qanotli shaklda tavvirlangan. Qadimgi Sharqda, Kichik Osiyoda bunday san`at namunalari ko`p uchraydi. Qadimgi Sharq xalqlarining badiiy va ilmiy tafakkurini birlashtiradigan omillardan biri ana shu hayvonot uslubidir. Xet, Bobil, Ossuriya, Tadmur kabi Sharqdagi eng qadimiy davlatlarda majusiylik mahsuli sifatida hayvon va qushlar tasvirini yasash udum bo`lgan edi. Bu davlatlarda yashagan aholi turmush tarzini ana shu jonzotlar tasviriga bog`lab izga solganlari qat`iy qoida tusiga kirgan edi. Ossuriya, Bobil, Urartu davlatlarida shakllangan san`at asarlari bilan Markaziy Osiyodagi san`at asarlari o`rtasida uyg`unlik bor. Bu uyg`unlik tarixiy - madaniy munosabatlar mahsulidir. Miloddan oldingi VII asrda skiflar O`rta Osiyodan Sharqqa yurish qildilar va Urartuni tor - mor qildilar. Midiya va Bobil bilan ittifoq tuzib, Ossuriyani mag`lub qildilar. Skiflar Sharqda 100 yil davomida hukmronlik qildilar. Sharq hayotining hamma tomonlariga skiflar katta ta`sir ko`rsatdilar.
Ba`zi olimlarning tadqiq qilishlaricha, skiflar saltanati yunon davlatiga va fors davlatiga o`xshamaydi. Aniqrog`i, ularning davlat tuzilishi alohida, o`ziga xos bo`lib, bir necha marta Qoradengiz atrofida va Janubiy Rus o`rmonlarida barpo bo`lgan. Xazarlar va Oltin O`rdaning madaniy obidalari ham Janubiy Rus o`rmonlaridagi skiflarniki bilan bir xil bo`lgan edi.
Gerodotning xabar berishicha, skif vafot etganda, azadorlar quloqlarini, qo`llarini
tiladilar, sochlarini qiradilar, peshonalarini, burunlarini shiladilar, chap qo`liga nayza tiqadilar. Skiflar marhumlarni dafn qiladigan joy Gera eri bo`lib, o`sha joyga olib borgunlaricha, yo`l ustidagi boshqa skif qabilasiga marhumning jasadini beradilar. Mazkur
qabila ham xuddi oldingi skif qabilasi singari aza marosimini o`tkazadi va bu marosim o`sha Gera eriga borguncha davom etaveradi.
Turkiy qavmlar ota-bobolarining dafn odatlari to`g`risida Xitoy yilnomalarida yozib
qoldirganlar. Xunlar ham, skiflar singari, marhum uchun aza tutayotganlarida, qon ko`z yoshlari bilan aralashib oqishi uchun yuzlarini tilganlar. Turk xoqonligida lashkarboshi Kultegin vafot etganda (VIII asr), aza marosimida ishtirok etish uchun Xitoy elchisi Lu Sin boshchiligida 500 odam keladi. Ular dafn marosimiga oltin, kumush, xushbo`y tutatqilar olib keladilar. Marhum uchun yig`lab, sochlarini yulganlar, quloqlarini kesganlar, eng yaxshi otlarini qurbonlik qilganlar.
Madaniy bosqichlarning keyingi davrlariga aniqliklar kiritishda ham sharq xalqlarining tarixiy – madaniy munosabatlari muhim ahamiyatga egadir. Sharqda hayvonlarning yakka holdagi tasviri odatda ma`budlar qiyofasini yoki ma`budlarning ramzini ifodalagan.
Kaltaminor madaniyati -Oʻzbekistonda neolit davriga oid ilk topilgan arxeologik madaniyat (miloddan avvalgi 7—3-ming yillik). Kaltaminor koʻli yonidan topilgan. 1939—40 va 1945-yillar Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Kaltaminor madaniyati Amudaryoning qadimiy Oqchadaryo deltasi, Qizilqum, Yuqori Oʻzboy, Mohondaryo, Orolning shimoliy-sharqiy boʻylarida, Qozogʻiston va sharqiy Kaspiy, yaʼni Balxan va Manqishloq hududlarigacha tarqalgan. Albatta, bu juda katta hududda yagona bir oilaga oid odamlar yashagan emas, bu yerlarda bir-biriga yaqin boʻlgan qabilalar yashagan deyish toʻgʻri boʻladi. Yaqinlik, asosan, tosh qurollarda yaxshi koʻrinadi. Tosh qurollarni, yasash texnikasi va uning tiplarida oʻxshashlik farqlar esa sopol idishlarda, yaʼni uning bezaklarida — bezak buyumlarda, taqinchoqlarda koʻrinadi. Asosiy qurollarining oʻxshashligi va farqlarini saqlab qolgan qurollar — shu vohalarda birbiriga oʻxshash, bir xil turmush tarziga ega boʻlgan urugʻlar boʻlganligini koʻrsatadi. Bular Oqchadaryo, quyi Zarafshon, Lavlakon, yuqori Oʻzboy, Ustyurt guruhlaridan iborat. Shu hududlarda yashagan neolit odamlari 7—3- ming yillikda yashab ovchilik, temirchilik va baliqchilik bilan tirikchilik oʻtkazishgan. Ovchilik, terimchilik va baliqchilik bilan bogʻliq qurollarni ishlash texnikasi neolit davrida eng choʻqqiga chiqqan davr hisoblanadi. bogʻliqlar, kesuvchi, teshuvchi qurollar, oʻq-yoylar, kamon oʻqlari va shunga oʻxshash qurollarni yasash eng takomillashgan davr hisoblanadi. Mikrolit qurollarining paydo boʻlishi, suyakdan va yogʻochdan yana ham takomillashgan qurollar yasash imkoniyatini bergan. Arxeologlar, asosan, shu mikrolitlar va oʻqyoyni yasalishiga asoslanib neolit davrini davrlarga ajratganlar. Kaltaminor madaniyatini ham 3 davrga boʻlib oʻrganilgan. Kaltaminor madaniyatining ilk davri 7—5 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga xos yodgorliklar Zarafshonning quyi oqimida, Qizilqumning Lavlakon va Karakata, jan.-sharqiy Ustyurtda topilgan va oʻrganilgan. Kaltaminor madaniyatining oʻrta davri 6—5-ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid manzilgohlar butun Qizilqum va unga yaqin boʻlgan hududlardan topilgan. Kaltaminor madaniyatining oxirgi davri 4—3 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid yodgorliklarga Qozogʻiston hududlaridagi manzilgoxlar kiradi.
Kaltaminor madaniyati ni tavsiflab berish, uni davrlarga ajratish ham, asosan, sopol idishlarni ishlash texnikasi, unga bezak berishga asoslangan. Butun Kaltaminor madaniyatiga oid sopol idishlar qoʻlda ishlangan boʻlib, bezaklar, sopol idishlar hali loyligida yogʻoch bilan chizib, daryo va dengiz toʻlqiniga, archa ignalariga oʻxshash bezak berilgan, keyin olovda pishirilgan. Idishlarning shakli kosasimon yoki qozonsimon boʻlib, ilk davriga oid idishlar tagi yassi boʻlmasdan, qumga botirib qoʻyishga moʻljallangan konus shaklida boʻlgan. Sopol idishni ixtiro qilinishi Kaltaminor madaniyatiga mansub aholining ovqat pishirishini osonlashtirdi. Endi qozonning tagiga olov yoqib pishirish imkoniyati tugʻildi. Odamlar chaylalarda yashab, oʻchoqlar qurib oʻchoqlarda, sopol qozonlarda ovqat pishirib, idishlarga quyib ovqatlanadigan boʻlishdi. Bu juda katta ixtiro boʻlib, kishilik tarixida faqat neolit davridan boshlab shunday yashash imkoniyatiga ega boʻldilar. Neolit davrida bulardan tashqari tikuvchilik, kemasozlik ham yuksaldi. Kaltaminor madaniyatiga mansub axrli tabiat yaratgan narsani shundayligicha qabul qilganlar. Kaltaminor madaniyati iqtisodiyotiga oʻta olmaganlar, yaʼni chorvachilik yoki
dehqonchilik bilan shugʻullana olmaganlar.
Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan qadimiy Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, 2 asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir saltanat tarkibida 1 necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi. Ammo, Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuz noaniq boʻlib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960-yillarda London, 1968-yil Dushanbe, 1970- yil Kobulda xalqaro simpoziumlar oʻtkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini oʻrganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini oʻrganishni oʻz oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qoʻydi.
Arxeologlar Kushon madaniyatiga oid Bagram, Balx, Began, Surxkxoʻtal (Afgʻoniston),
Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston), Ayritom, Bozorqala, Dalvarzintepa, Zartepa, Koʻhna Voye, Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon (Oʻzbekiston), Kayqubodshoh, Koʻhnaqalʼa, Shaxrinav, Munchoqtepa (Tojikiston)da qazish ishlari olib bordi. Arxeologik topilma va koʻhna yozma manbalar asosida kushonlar madaniyatiga doyr quyidagi muhim ilmiy maʼlumotlar aniqlandi: burjli mustahkam mudofaa devoriga ega boʻlgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha oʻnlab shunday shaharlar, koʻplab yirik sugʻorish inshootlari qurilgan. Shaharlar ichida arklar mavjud boʻlib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan. Kushon podsholigining shim.-gʻarbiy hududlaridagi binolar qurilishida koʻproq xom gʻisht va paxsadan, jan.-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo boʻylarida, strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, koʻcha va maydonlar, hovoʻzlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekinzor va bogʻlardan iborat boʻlgan. Uylar koʻp xonali, hashamatli boʻlib, baʼzilari ikki qanatliqilib qurilgan. Hovli sahni, xonalar poli, zinalar va boshqalarda turli hajmdagi pishiq gʻishtlar qoʻllanilgan. Ayvon yogʻoch ustunlari ostiga ohaktoshdan yoʻnilgan chiroyli tagkursilar oʻrnatilgan. Tomdan toʻshadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy sanʼat asarlari bilan bezatilgan. Haykal va rasmlarda, asosan, podsholar, podsho xonadoni aʼzolari, boy-zodagonlar, sozanda va masharabozlar tasvirlangan (mas, Xolchayonda). Budda diniga mansub inshootlarda esa Budda va uning safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (mas, Ayritom, Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepatsa). Haykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar xilma-xilligi va oʻzining nozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy sanʼat keng rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmokda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato toʻqish taraqqiy etgan. Kanishka I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Aholi, asosan, buddizm dinining mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, koʻplab budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparastlik, hinduizm ham keng tarqalgan. Kanishka buddizm tarixida birinchi boʻlib vaqt-vaqti bilan diniy yigʻin chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yigʻinda buddizmning mazkur yangi mazhabi — mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizmning Osiyo mamlakatlarida keng tarqalishiga, uning jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab boʻlgan. Topilgan tangalarning orqa tomonida turli maʼbudlar — Mixra-Mitra (Quyosh maʼbudi), Otash (olov maʼbudi), Farr (omad va maʼmurchilik maʼbudi) va boshqa tasvirlanganligi buni isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng koʻlamda tarqalishiga imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sugʻd va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib, taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan kharoshthi yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va taxtaga bitilgan xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproqqalʼadan topildi. Kushon podsholigi yerdaridan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatganligi aniqlandi. Kushon podsholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va boshqa koʻpgina
mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon podsholigi chet mamlakatlar bilan keng miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharkdan olib kelingan ipakka Gʻarb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda koʻp tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchokdari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli buyumlar hamda „tirik tovar“
— sozanda, raqqosa va hunarmand qullar ham boʻlgan. Kushon podsholigining dastlabki
poytaxti Oʻzbekistonning jan.dagi Dalvarzintepada boʻlgan, podsho Kanishka davrida esa Peshovar shahriga koʻchirilgan. Ayni shu davrda badiiy, sanʼat maktablari (Gandhara, Matxura, Baqtriya) shakllandi. Kanishka adabiyot va sanʼat homiysi boʻlib, Kashmir viloyatida Kanishkapur shahriga asos soldi. Uning saroyida mashhur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva hamda Charaka yashab ijod qilgan.
Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini oʻrganish, ularning Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati oʻtmishining hali toʻla, haqqoniy yoritilmagan jihatlari koʻp boʻlib, Oʻzbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afgʻoniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil i. t.larni davom ettirmoqda.[1]
Kushon davlati haqida tarix kitoblari keng maʼlumot beradi. Markaziy Osiyoda imperiyalarning eng qadimiysi, davriy jihatdan eng yashovchani (milodiy I-IV asrlar) Kushon davlati boʻlgan. Oʻz davriga nisbatan mislsiz ulkan mintaqalarni egallagan Kushon davlati chegaralari — sharqda Xitoy, gʻarbda Kaspiy dengizi, janubda Hindiston va shimolda Orol boʻylarigacha etib borgan. Qadimgi dunyo madaniyatining uch yirik manbai — hind, fors va turk xalqlari tutashgan markaziy zaminda tashkil topgan ulugʻ davlat.
Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr oʻrtalarida Grek-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida boʻldi (zamonaviy Oʻzbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston). Kusxon davlati eramizning 1-asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kusxonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kusxon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi boʻlish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu (amir) boʻlgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kusxonlar hozirgi Afgʻoniston va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxoʻri X hukmronligi davrida kusxon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qoʻshildi. Kusxon davlatining gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi davriga toʻgʻri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). Oʻsha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga koʻchirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xoʻtongacha boʻlgan oʻlkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kusxon davlatining chegaralari hozirgi Oʻzbekiston janubidagi Hisor togʻ tizmalari choʻqqilaridan oʻtgan. Oʻsha yerdagi baland togʻ daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad koʻtardi. Oʻsha davrlarda davlat sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad koʻtardi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo munosabatlari oʻrnatildi. Pompeyda olib borilgan qazish ishlari mobaynida kusxon tangalari hamda kusxon ustasi tomonidan suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kusxon davrida meʼmorchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa saroylar va ibodatxonalar qurilishiga katta eʼtibor qaratildi. Kusxon hukmdorlarining Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va haykaltaroshlik namunalari yaxshi saqlanib qolgan.
Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kusxon
ustalarining yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham shagʻamsupalar, koʻzgular hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik imperiya iqtisodiyotining tayanchi boʻlgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida turli oʻgʻitlardan keng foydalinilgan. Togʻ oldi hududlari va choʻllar chorvachilik maqsadlarida foydalanilgan.
Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar topilgan. Kusxon kursiv xati oʻzining oʻtkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi harflari bilan ajralib turar hamda oʻsha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka davrida Kusxon
davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardoʻshtiylik va mahalliy Oʻrta Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham oʻz kuchini yoʻqotmaydi. Kusxon davlati eramizning 3-asri birinchi yarmining oxirida barham topdi. Baktriya va Toxariston maxsus mulk huquqi ostida Sosoniylar imperiyasi tarkibiga qoʻshildi. Ushbu imperiya sosoniy podshohlar xonadoni aʼzolari tomonidan boshqarilib, ular kusxonshoh tituligi egalik qilgan.
Zardushtiylik ta`limoti. Zardusht shaxsi to`g`risida turli qarashlar mavjud. Ba`zi ovrupolik
olimlarning aytishlaricha, Zardusht o`z davrida ta`qibga uchragan. Lekin u buyuk payg`ambar, insoniyat najotkori deb e`tirof etilgan. Miloddan oldingi VII–VI asrlardagi siyosiy vaziyatda Zardushtning muhim rol o`ynagan faoliyati uni najotkor sifatida talqin qilishga sabab bo`lgan.
Kohinlar xalqqa qarashli yaylovlarni tortib olib, xalq jamoa bo`lib sig`inadigan ibodatxonalarni vayron qilib, o`zlarining siyosatini yurgizar edilar. Buning ustiga eski kul`tlarga sig`inish oqibati ham kohinlar va zodagonlarning manfaati uchun mos edi. Mana shunday tarang vaziyatda Zardusht keng ommaning manfaatlarini himoya qilib, o`troq chorvador qabilalarning vakili sifatida maydonga chiqdi va payg`ambar deb e`tirof etildi.
Sosoniylardan besh - olti asr avval o`tgan Axmoniylar davriga oid matnlarda, garchi
Zardushtning nomi eslanmasa–da, uning g`oyalari, jumladan, Xurmuzdni sharaflash g`oyasi bosh o`rin tutadi. Aksariyat manbalarda Zardusht miloddan oldingi XIII - VII asrlar oralig`ida yashagan deb e`tirof etiladi. Zardusht ta`qibga uchragani uchun ham, ongli ravishda unutilgan bo`lishi mumkin. Yangilik va yangi g`oyalarning taqdiri har doim ham oson kechavermagan. Xo`sh, Zardusht yaratgan ta`limot nimadan iborat? U qanday shakl va mazmundagi ta`limot edi? Uning ta`limoti - ezgulik yovuzlik, nur va zulmat ruhiy kuchlari o`rtasidagi kurashdan iborat edi. Zardushtiylik jamiyatdagi mutanosiblikni buzadigan nomutanosiblikka qarshi kurash edi. Zardushtiylik ta`limoti dastlab yaratilgan paytda diniy emas, balki ijtimoiy–siyosiy qarashlarning maajmui sifatida yuzaga kelgan. Zardusht o`z ta`limotini yaratgan paytda ezgulik va yovuzlikni ijtimoiy muammo sifatidagina ilgari surib qolmadi, balki axloqiy qarashlarini fazo bilan, xususan, olamning yaratilishi va tuzilishi bilan bog`ladi. Oqibatda bu qarash asta–sekin ilohiy tus oldi. Uning ta`limoti faqat davrlar sinovidan o`tish bilan birga, jug`rofiy jihatdan ham kengaya bordi. Bizning zaminimizdan tortib Midiya, Fors, Armaniston, Kichik Osiyo, Hindiston (xususan, Panjob) kabi qator mamlakatlarga yoyildi. Barcha diniy oqimlarning vazifasi ma`lum bir hududda madaniy va ma`naviy yuksalishni yuzaga keltirganiday, zardushtiylik ham bu mamlakatlarda madaniyat o`choqlarini barpo qildi.
Zardusht shaxsi asrlar osha shunchalik mashhur bo`lganki, u afsonaviy qahramon kabi
dong taratgan. Miloddan oldingi I asrda yashagan Rim tarixchisi Pompey Trog “Filippin tarixi” asarida Zardushtni Baqtriya podshohi deb yozgan. Zardusht Xo`rmuzddan muhim qonun so`rar ekan: “er yuzida eng yaxshi joy qaerda?” deydi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin