1-rasm. Dorixona qo‘l tarozisida tortish.
Dorixona sharoitida har bir xodim avvalo qo‘l tarozisi qismlarini yig‘ib, keyin uni bog‘lashni bilishi kerak. Bu jarayon quyidagicha bajariladi: tarozi yelkasi uzunligiga teng qilib 4 ta ipak ip qirqib olinadi. Ipning bir uchi tugiladi, ikkinchi uchi esa tarozi pallasining tashqi tomonidan ichki tomoniga o‘tkaziladi. So‘ngra, yelkadagi zirakchadan o‘tkazib, keyin pallaning ichki tomonidan tashqi tomoniga o‘tkazib ipning uchi tugiladi. Xuddi shu tarzda qolgan iplar ham bog‘lanadi. Ikkinchi ipni o‘tkazgandan so‘ng, ipning bo‘sh qolgan uchi 5—8 marta aylantirilib uchta ip birgalikda bog‘lab qo‘yiladi. Ikkinchi tarozi pallasi ham xuddi shu tarzda bog‘lanadi. Keyin tarozi to‘g‘riligi tekshiriladi. Тarozini muvozanatga keltirish uchun ipning bo‘sh qismini qirqib tarozi to‘g‘rilanadi.
Dostları ilə paylaş: |