Xoreya
Xoreya (yun. chorea — raqs) — nerv
sistemasi kasalligi; teztez
takrorlanadigan gʻayritabiiy harakatlar,
qoʻloyoqlarning toʻsatdan tortishishi,
ortiqcha qisqarishi va h.k.; giperkiiyezning
bir turi. X. terminini tibbiyotga nemis
vrachi Paratsels kiritgan. Katta X., Kichik
X. yoki Sidenxem X.si, Gentington X.si va
boshqa farq qilinadi.
Revmatizmda miyaning organik oʻzgarishi
(revmatik X.) yoki mustaqil surunkali irsiy
kasallik sifatida kuzatiladi. X.
boshlanishida xuddi revmatizmta xos
alomatlar paydo boʻladi. Bunda dastlab
bolada oʻta toliqish, diqqateʼtibor
susayishi kuzatiladi; sekinasta uning
harakatlari oʻzgaradi; bola sakraganga,
oʻyinga tushayotganga oʻxshab yuradi,
koʻzini pirillatadi, labini choʻchchaytiradi,
qoʻlida biror narsani ushlab turolmaydi
(choy yoki ovqatni toʻkib yuboradi),
palapartish yozadi, yuzini burishtirib, tilini
chiqaraveradi, bemor xuddi sizni
masxaralayotganga oʻxshab ketadi.
Keyinchalik bunday alomatlar jiddiy tus
oladi. Vaqtvaqti bilan bemorning goh
qoʻli, goh oyogʻi tortishib qoladi; muskul
tonusi susayadi. X.ning oddini olish va
davolashda vrach aytganlarini bekamu
koʻst bajarish nihoyatda muhim. Odatda,
revmatizmga yoʻliqqan bemorlar
dispanser nazoratida boʻlishlari, agar
X.ga xos andak oʻzgarish paydo boʻlsa,
darhol vrachga koʻrinishlari lozim.
Kasallikka murtak bezining yalligʻlanishi
sabab boʻlsa, darhol uni oldirib tashlash,
revmatizmni muntazam profilaktik
davolash tavsiya etiladi. Kasallik oʻz
vaqtida davolansa, bemor butunlay
sogʻayib ketadi. X. homiladorlikda,
ayniqsa homiladorlikning dastlabki
oylarida ham paydo boʻlishi mumkin;
koʻproq yoshligida angina, revmatizm
yoki X. bilan ogʻrigan ayollarda uchraydi.
Bunday bemorlar ayollar
konsultatsiyasiga vaqtida murojaat
etishea, kasallikning oldi olinadi. X.ning
Gentington xili aksariyat oʻrta yashar va
keksalarda uchraydi, nayeldannayelga
oʻtadi; baʼzan ateroskleroz oqibatida
vujudga keladi. Bunda qoʻloyoq va
tanadagi gʻayritabiiy harakatlar tilga ham
oʻtadi. Bemor gapirish, ovqat yeyish,
yurishga qiynaladi, esi kirarlichiqarli
boʻladi; ishga yaroqsiz boʻlib qoladi.
Kasallik zoʻraygan davrida maxsus
parvarish talab etiladi.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Xoreya&oldid=1820243
"
dan olindi
Dostları ilə paylaş: |