Yunalishi guruh talabasi fio kompyuter tashkil etilishi fanidan 2-topshiriq mavzu



Yüklə 423,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix03.04.2023
ölçüsü423,28 Kb.
#92772
  1   2   3
2 lab



Yunalishi 
guruh talabasi 
FIO 
 
KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI FANIDAN
2-TOPSHIRIQ 
MAVZU: ZAMONAVIY PROTSESSORLAR VA ULARNING ISHLASH 
PRINSIPLARI 
Ishdan maqsad: Kompyuter protsessori va uning turlari haqida nazariy 
ma’lumolarga ega bo’lish, protsessorning umumiy tarkibini o‘rganib chiqish, shaxsiy 
kompyuterda mavjud bo’lgan protsessorlar xarakteristikalari haqida ma’lumotga ega 
bo‘lish. 
I. 
Nazariy qism 
Protsessor - jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. 
Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va 
boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor 
chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi. 
Mikroprotsessor (MP) – bu, ShKning markaziy bloki bo‘lib, barcha bloklarning ishini 
boshqarish va axborot ustidan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish hamda 
kompyuterni boshqaradigan asosiy ko'rsatmalarga javob beradigan va qayta 
ishlaydigan mantiqiy sxemadir. Hozrgi kunda Shaxsiy kompyuterimizda ikkita 
protsessor mavjud bo’lib ularning har biri kerakli vazifalarni bajaradi. 
CPU (Central Processing Unit) – bu, kompyuterning markaziy protsessori yoki 
asosiy protsessori hisoblanib kompyuter dasturini o‘z ichiga olgan ko‘rsatmalarni 
bajaradigan elektron sxemadir. Ushbu protsessor dasturdagi ko‘rsatmalarda 
ko‘rsatilgan asosiy arifmetik, mantiqiy, nazorat qilish va kiritish/chiqarish 
operatsiyalarini bajaradi. 
GPU (Graphics Processing Unit) - bu, kompyuterning markaziy protsessori kabi 
protsessori bo‘lib, farqi grafik ishlov berish uchun mo‘ljallangan maxsus elektron 


sxema hisoblanadi. GPU yordamida biz katta hajmdagi dastur, video, tasvir kabi grafik 
dasturlarda ishlashni nazorat qilishimiz mumkin. 
1.2-rasm. Kompyuterning protsessor turlari CPU va GPU 
Markaziy protsessor (CPU yoki Markaziy protsessor) – bu kompyuter 
uskunasining asosiy qismi va uning hisoblash markazi. Aslida, bu mashina 
ko‘rsatmalarini bajaruvchi va murakkab kompyuter dasturlarini bajarish uchun 
mo‘ljallangan. Markaziy protsessorlar (CPU) aksariyat kompyuterlarning asosiy 
protsessorlari hisoblanadi. Ular faqat bir nechta domenga xos vazifalarni emas, balki 
turli xil umumiy hisoblash vazifalarini bajarish uchun mo’ljallangan. 
1.3-rasm. Markaziy protsessorning tuzilishi 

Yüklə 423,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin