Yunalishi
guruh talabasi
FIO
KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI FANIDAN
2-TOPSHIRIQ
MAVZU: ZAMONAVIY PROTSESSORLAR VA ULARNING ISHLASH
PRINSIPLARI
Ishdan maqsad: Kompyuter protsessori va uning turlari haqida nazariy
ma’lumolarga ega bo’lish, protsessorning umumiy tarkibini o‘rganib chiqish, shaxsiy
kompyuterda mavjud bo’lgan protsessorlar xarakteristikalari haqida ma’lumotga ega
bo‘lish.
I.
Nazariy qism
Protsessor - jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi.
Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va
boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor
chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi.
Mikroprotsessor (MP) – bu, ShKning markaziy bloki bo‘lib, barcha bloklarning ishini
boshqarish va axborot ustidan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish hamda
kompyuterni boshqaradigan asosiy ko'rsatmalarga javob beradigan va qayta
ishlaydigan mantiqiy sxemadir. Hozrgi kunda Shaxsiy kompyuterimizda ikkita
protsessor mavjud bo’lib ularning har biri kerakli vazifalarni bajaradi.
CPU (Central Processing Unit) – bu, kompyuterning markaziy protsessori yoki
asosiy protsessori hisoblanib kompyuter dasturini o‘z ichiga olgan ko‘rsatmalarni
bajaradigan elektron sxemadir. Ushbu protsessor dasturdagi ko‘rsatmalarda
ko‘rsatilgan asosiy arifmetik, mantiqiy, nazorat qilish va kiritish/chiqarish
operatsiyalarini bajaradi.
GPU (Graphics Processing Unit) - bu, kompyuterning markaziy protsessori kabi
protsessori bo‘lib, farqi grafik ishlov berish uchun mo‘ljallangan maxsus elektron
sxema hisoblanadi. GPU yordamida biz katta hajmdagi dastur, video, tasvir kabi grafik
dasturlarda ishlashni nazorat qilishimiz mumkin.
1.2-rasm. Kompyuterning protsessor turlari CPU va GPU
Markaziy protsessor (CPU yoki Markaziy protsessor) – bu kompyuter
uskunasining asosiy qismi va uning hisoblash markazi. Aslida, bu mashina
ko‘rsatmalarini bajaruvchi va murakkab kompyuter dasturlarini bajarish uchun
mo‘ljallangan. Markaziy protsessorlar (CPU) aksariyat kompyuterlarning asosiy
protsessorlari hisoblanadi. Ular faqat bir nechta domenga xos vazifalarni emas, balki
turli xil umumiy hisoblash vazifalarini bajarish uchun mo’ljallangan.
1.3-rasm. Markaziy protsessorning tuzilishi
Dostları ilə paylaş: |