FIO
KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI FANIDAN 1-TOPSHIRIQ
MAVZU: KOMPYUTER VA KOMPYUTERLARNING TASHKILIY QISMLARI
Ishdan maqsad: Kompyuter va uning turlari haqida nazariy ma’lumolarga ega bo’lish, tizimining umumiy tarkibini o‘rganib chiqish, shaxsiy kompyuter tizimining xarakteristikalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Kompyuterning tarixi bir necha yillarga borib taqaladi. Kompyuterlarning oltita mashhur avlodi mavjud. Har bir avlod kompyuterlarning funksiyalarini o‘zgartiradigan bir qancha texnologik yutuqlarga guvoh bo‘ldi. Kompyuterlar hayotning barcha sohalarida muhim rol o‘ynaydi. Kompyuterning arxitekturasi odatda foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlar to‘plami bilan belgilanadi.
Kompyuter va uning asosiy qismlari
Kompyuter (ingl. Computer) - bu, EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) bo‘lib, ingliz tilidan tarjima qilinganda hisoblovchi yoki hisoblayman degan ma’noni anglatadi.
Hisoblash mashinalari (HM) – ma’lumotlarga ishlov berish va kerakli shaklda natijani olish imkoniyatini yaratadigan texnik vositalar to’plamidir. Texnik vositalar asosida ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo’ljallangan barcha jihozlar tushuniladi.
Hisoblash tizimlari (HT) – ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradigan bitta yoki bir nechta kompyuterlar (hisoblash mashinalari), tashqi qurilmalar va dasturlar to’plamidir (1.1-rasm).
1.1-rasm. Elektron Hisoblash mashinasi va Hisoblash tizimlari
1.6-rasm. Kompyuterning asosiy qurilmasi Sichqoncha (Mous)
1.8-rasm. Kompyuterning qo’shimcha tashqi qurilmalari