3-ma’ruza ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari, hamda vositalari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/5
tarix21.01.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#80023
  1   2   3   4   5
4-маъруза






«Kompyuter tarmoqlari» fanidan

4-MA’RUZA


TARMOQ TOPOLOGIYALARI.
LOKALVAGLOBALTARMOQLARNING UMUMIYTA’RIFI.
Fizikaviy sathda kompyuterlar orasidagi fizik ulanishini ta’minlovchi tarmoq komponentlari bilan ko‘rsatilgan. Bunday komponentlar asosan: tarmoq interfeysi (tarmoq xaritasi yoki tarmoq adapteri platasi, standart yoki kengaytirilgan kommunikatsion yoki parallel port yoki multiport plata), ma’lumot jo‘natishning tarmoq muhiti (koaksial, ikkisimli kabel, mis para yoki optik tola) va bog’lama elementlari (marshrutizatorlar, konsentratorlar, qaytargichlar (takrorlagich- repiterlar, xablar (hub)), o‘chirib yoqgichlar (switch) va ohirlovchi elementlari (terminatorlar, konnektorlar, razyomlar, zaglushkalar).
Mantiqiy sath – bu tarmoqdagi mavjud fizik komponentlardan foydalanish imkonini beruvchi xilma-xil dasturiy ta’minotdir. Ko‘pgina DT ichidan bir nechta turini: operatsion sistemalar tarmoq protokollari demon-jarayonlari va drayverlari, server-dasturlar va tarmoq servislar yoki xizmat mijozlarini ajratish mumkin.
Tarmoqqa ulangan kompyuter ish stansiyasi (Workstation) deb nomlanadi. Tarmoqda shunday kompyuterlar borki, ularda hech kim ishlamaydi. Ulardan tarmoqdagi boshqaruv markazi va axborot yig‘uvchi sifatida foydalaniladi. Bunday kompyuterlar server deb nomlanadi. Agar kompyuterlar bir-biridan nisbatan yaqinda joylashgan va yuqori tezlikdagi tarmoq adapterlari (axborot jo‘natish tezligi 10-100Mbit/s) yordamida ulangan bo‘lsa, bu tarmoqlar lokal deb nomlanadi. Lokal kompyuter tarmoqlari, odatda, ishlatish va dasturiy ta’minot xarakteri bo‘yicha korporativ xarakterga ega bo‘ladi va biror bitta tizimga taalluqli yuzdan ortiq kompyuter sistemalarini birlashtiradi.
TARMOQ

BIRRANGLI VAKO‘PRANGLI TARMOQLAR


Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalar bo‘linishiga qarab, lokal tarmoq ikki sinfga bo‘linadi: birrangli va ko‘prangli. Oxirgisi ko‘proq ajratilgan serverli tarmoqlar deb nomlanadi.
Agar kompyuter o‘z resurslarini tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga taqdim etsa, u server hisoblanadi. Boshqa mashina resurslariga murojaat qiluvchi kompyuter esa, mijoz hisoblanadi. Ilgari aytilgandek, tarmoqda ishlovchi kompyuter, mijoz, server vazifasini bajarishi yoki ikkala vazifalarni birlashtirishi mumkin.
Agar, qandaydir server funksiyalarini bajarish kompyuterning asosiy vazifasi bo‘lsa (masalan, tarmoqning qolgan barcha foydalanuvchilariga umumiy foydalanish fayllarini taqdim etish yoki faksdan birgalikda foydalanishni tashkillashtirish, yoki mazkur kompyuterda o‘z ilovalarini qo‘yish imkonini barcha iste’molchilarga taqdim etish), unda bu kompyuter ajratilgan server deb nomlanadi. Serverning qaysi resursi bo‘linishiga qarab, u fayl-server, faks-server, print-server, ilovalar serveri va b. deb nomlanadi.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin